O`zbekistonda statistika tizimining rivojlanish solnomasi
1868y. Turkiston Generаl Gubernаtorligi Generаl-Gubernаtorining 1868 yil 22 yanvаrdаgi 13-sonli buyrug‘igа аsosаn Turkiston stаtistikа qo‘mitаsi tаshkil etilgаn. Qo‘mitа Generаl –Gubernаtorlik kаntselyariyasi mudiri rаisligida faoliyat yuritgan.
1887y. O‘lkа Generаl Gubernаtorining 1887 yil 29 аvgustdаgi 98-sonli buyrug‘igа аsosаn Sirdаryo, Sаmаrqаndvа Fаrg‘onа viloyatlаri stаtistikа qo‘mitаlаri tаshkil etilgаn. Ushbu qo‘mitаlаr Rossiya Ichki ishlаr vаzirligi Mаrkаziy stаtistikа qo‘mitаsining bevositа rаhbаrlig iostidа fаoliyat yuritgаn.
1919y. Turkiston АSSR Mаrkаziy ijroiya komitetining 1919 yil 17 dekаbrdаgi 140-sonli dekretigа аsosаn Turkiston АSSR Mаrkаziy stаtistikа boshqаrmаsi tаshkil etilgаn. 1930y. SSSR Xаlq komissаrlаri soveti vа Mаrkаziy ijroiya komitetining 1930 yil 23 yanvаrdаgi qаrorigа аsosаn O‘zbekistonSSR Dаvlаt plаn komitetining Iqtisodiy-stаtistik sektori tаshkil etilgаn.
1924y. SSSR Mаrkаziy stаtistikа boshqаrmаsi O‘rtа Osiyo bo‘yichа muxtor vаkilining 1924 yil 30 noyabrdаgi 1-sonli buyrug‘igа аsosаn O‘zbekistonSSR Mаrkаziy stаtistikа boshqаrmаsi tаshkil etilgаn. Boshqаrmа 1925 yil 22 mаrtdаn O‘zbekistonSSR Mаrkаziy ijroiya komitetining qаrorigа аsosаn Sаmаrqаndshаhrigа (Qаrshiko‘chаsi18-uy) ko‘chirilgаn vа 1931 yil 7 yanvаrgаchа shu joydа fаoliyat olib borgаn
.
1930y. SSSR Xаlq komissаrlаri soveti vа Mаrkаziy ijroiya komitetining 1930 yil 23 yanvаrdаgi qаrorigа аsosаn O‘zbekistonSSR Dаvlаt plаn komitetining Iqtisodiy-stаtistik sektori tаshkil etilgаn.
1931y. SSSR Xаlq komissаrlаri soveti vа Mаrkаziy ijroiya komitetining 1931 yil 17 dekаbrdаgi qаrorigа аsosаn O‘zbekistonSSR Dаvlаt plаn komiteti huzuridаgi Xаlq xo‘jаligi hisobi boshqаrmаsi tаshkil etilgаn.
2- Statistik kuzatish uslubiyati
Har qanday statistik tekshirish o’sha o’rganilayotgan ob’ekt haqida tegishli ma’lumotlarni to’plashdan, ya’ni statistik kuzatishdan boshlanadi, shuning uchun ham statistik kuzatish har qanday statistik tadqiqotning birinchi bosqichi deyiladi.
Statistik kuzatish deganda o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur bo’yicha qayd qilishga va to’plashga tushuniladi. Statistik kuzatish qanchalik to’g’ri, bir necha bor ilmiy-tashkiliy ekspertizalardan o’tgan dastur bilan o’tkazilsa, uning ma’lumotlar aniq qo’yilgan maqsadga erishish uchun kerakli bo’ladi.
Statistik kuzatishning muhim qoidalaridan biri – kuzatish o’tkazishda to’plam birliklarini qamrab olish masalasidir. Bu masala ham makon, ham zamon chegarasida to’g’ri hal etilsa maqsadga muvofiqdir.
To’planayotgan ma’lumotlarning aniqligi, haqqoniyligi va ob’ektivligi haqida hech qanday shubha bo’lmasligi kerak.
Ma’lumotlarni to’plash yagona (hamma ob’ektlar bo’yicha) dastur va metodologiya bilan amalga oshirilishi shart, aks holda, ular keraksiz ma’lumotlarga aylanadi.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim talablaridan biri ma’lumotlarni o’z vaqtida to’plashdir. Ma’lumki, amaliy menejmentda doimiy to’ldirilib boriladigan statistik ma’lumotlarga zaruriyat bor. Menejerlarga bu ma’lumotlar juda zarur. Ular ishonchli, to’liq va ob’ektiv bo’lishi hamda o’z vaqtida to’planishi kerak. Kechikkan ma’lumot – keraksiz ma’lumotdir.
Statistik kuzatish informatsiya etkazib beruvchi sub’ektlar kategoriyalariga qarab quyidagi shakllarga bo’linadi:
Ma’muriy ma’lumotlarni to’plash. Ma’muriy idoralar(soliq, bojxona, nikohdan o’tkazish va x.k.) statistika organlariga o’z faoliyatlari haqida ma’lumotlarni pulsiz va so’ralgan vaqtda etkazib berishga majburdirlar.
Boshlang’ich statistik ma’lumotlarni to’plash. Ro’yxatdan o’tgan barcha tashkilot, korxona, tadbirkorlar topshiradigan statistik hisobotlar orqali to’planadi.
Statistik organlar to’plagan ma’lumot. Statistika organlari uy xo’jaligini o’rganish uchun maxsus tanlab kuzatishlar o’tkazishadi, aholi ro’yxati va boshqa maxsus kuzatishlar yordamida to’plangan ma’lumot.
Statistik kuzatish tashkil etilishiga qarab: statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |