Hamkorlik marketingi Internet-marketingning ushbu turi tasviriy reklama yoki reklamaning boshqa turlaridan sayt egasi yoki kompaniya va foyalanuvchilar o‘rtasida reklamani joylashtirish bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda hamkor (yuridik yoki jismoniy shaxs) kompaniya brendini va ayrim jihatlarini o‘z sayti orqali targ‘ib qiladi va reklamani joylashtirish hisobiga kompaniyaga ko‘maklashadi. Agarda foydalanuvchilar hamkorning saytiga kirsa va sayt havolalariga murojaat qilsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompaniya manziliga kirib boradi. Bu jarayon uchun hamkor kompaniyadan komissiya to‘lovini oladi.
Homiylik Odatda homiylik asosida reklama beruvchilar boshqa OAV qo‘llash orqali kompaniya mahsulot va xizmatlarini, veb-sayt, tijorat faoliyati yoki veb kontentlarni qo‘llab-quvvatlab turishi mumkin.
Subarenda Bu ijaraga taalluqli bo‘lib, reklama beruvchi yoki brend saytining bir qismini ijaraga olish, keyinchalik esa olinga foydaning turidan qat’iy nazar elektron muhitdan foydalanganlik uchun to‘lov to‘lashni bildiradi.
Podkasting Podkasting veb-saytlar orqali yuklab olish mumkin bo‘lgan audio-kontentlar tayyorlash jarayoni bo‘lib, asosan mp3 formatida saqlanadi. Onlayn audio kommunikatsiyalari bugungi kunda shakllanish bosqichida bo‘lib, hozircha reklama sifatida qaralmaydigan xabar yoki axborot tashuvchi sifatida qo‘llanilmoqda. Anglining Family Holiday Association (http://www.fhaonline.org.uk/default.asp) onlayn audio va video kontentlardan juda samarali foydalangan holda oilaviy dam olishda zarur bo‘ladigan jihozlarni mutaxassislar bilan hamkorlikda siljitishda qo‘lladi. (HTTP://www.sounddelivery.org.uk/index.php). Bu OAV vositasi ham hisoblanib, kuchli emotsional hissiyotlarni uyg‘otuvchi xabarlarni samarali va arzon narxlarda yetkazib berishda qo‘l keladi. Onlayn-kommunikatsiyaning bu turi tez rivojlanmoqda. Tashkilot bayram tadbirlarida, masalan o‘z videopodkastlarini onlayn broshyura sifatida, saytdagi voqelar tarixiga joyshtirdi. Videolar shuningdek, YouTube saytiga ham joylashtirildi. Bunday yondashuv iste’molchilar uchun qulaylik yaratib, o‘z ta’tillarini internet asosida rejalashtirishga imkon beradi, shuningdek qiziqarli tarzda maqsadli auditoriya bilan samarali aloqa o‘rnatishni ham ta’minlaydi (WWW. Travelweekly.co.uk).
Video axborot almashinuvini ta’minlovchi so‘ngi texnologiyalar kelgusida onlayn audio va video marketing kommunikatsiyalari yanada taraqqiy etishidan dalolat bermoqda. Internetga ulanish tezligining ortishi va mikroprotsessor texnikasi sohasidagi yutuqlar bu jarayonni rag‘batlantiradi.