Siyosatchi I.A.Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan kadrlar tayyorlash milliy modeli qator noyob, takrorlanmas oʻziga xos xususiyatlarga ega. U Oʻzbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini taʼminlay oladigan dadil, mustaqil fikrli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda ezgu insoniy sifatlarga ega kadrlarni tayyorlash maqsadini koʻzlaydi. K.t.m.d. I. Karimov tomonidan ijtimoiy ongga kiritilgan, davlatni, jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan tamomila yangi tushunchadir. Dastur 5 boʻlimdan iborat: Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari; Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni roʻyobga chiqarish bosqichlari; Kadrlar tayyorlashning milliy modeli; Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari; Milliy dasturni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar. Dasturning 1-boʻlimida OʻzR davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning oʻziga xos yoʻlini tanlashi kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini qayta tashkil etish zarurligi, bu hol qator chora-tadbirlar koʻrishni taqozo etishni, lekin sodir etilgan oʻzgartirishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq boʻlishini taʼminlay olmagani qayd etildi. Shuningdek, bu boʻlimda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari bayon etilgan. Siyosatchi I.A.Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan kadrlar tayyorlash milliy modeli qator noyob, takrorlanmas oʻziga xos xususiyatlarga ega. U Oʻzbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini taʼminlay oladigan dadil, mustaqil fikrli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda ezgu insoniy sifatlarga ega kadrlarni tayyorlash maqsadini koʻzlaydi. K.t.m.d. I. Karimov tomonidan ijtimoiy ongga kiritilgan, davlatni, jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan tamomila yangi tushunchadir. Dastur 5 boʻlimdan iborat: Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari; Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni roʻyobga chiqarish bosqichlari; Kadrlar tayyorlashning milliy modeli; Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari; Milliy dasturni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar. Dasturning 1-boʻlimida OʻzR davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning oʻziga xos yoʻlini tanlashi kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini qayta tashkil etish zarurligi, bu hol qator chora-tadbirlar koʻrishni taqozo etishni, lekin sodir etilgan oʻzgartirishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq boʻlishini taʼminlay olmagani qayd etildi. Shuningdek, bu boʻlimda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |