1- mavzu: Xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi kursining shakllanish tarixi. Rеja


Baxt va tinchlik-xotirjamlikni barqarorlashtirish



Download 247,54 Kb.
bet44/46
Sana27.05.2022
Hajmi247,54 Kb.
#610928
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
Кулыкы бузылган балалар психологиясы лекциялар (1)

Baxt va tinchlik-xotirjamlikni barqarorlashtirish funktsiyasi ham o’ta muhim bo’lib, aynan oila har bir a’zosining muammolarini yechish, uni tashqi turli ta’sirotlardan himoyalash, kerak bo’lsa, unda himoya immunitetini shakllantirishga yordam beradi.

  • Iqtisodiy xo’jalik funktsiyasi – uy xo’jaligini yuritish, oila a’zolarining moddiy, ma’naviy ehtiyojlarini qondirish.

    Er-xotin orasidagi emotsional munosabatlardan biri bo’lgan erxotinning bir-biriga bo’lgan muhabbat teng ko’rinishda bo’ladi. Lekin otaona va bola orasidagi munosabatlarda ota-ona va bola muhabbati har xil ko’rinishda bo’ladi. Ota-ona tomonidan emotsional aloqa ota-ona (roditelьskoy lyubvi) muhabbati, ya’ni onalik muhabbati mehri, otalik muhabbati ko’rinishida, bola tomonidan esa avval bog’lanish ko’rinishda, so’ng o’g’il yoki qiz (farzandlik) muhabbati ko’rinishida namoyon bo’ladi.
    Ota-onaning bolaga bo’lgan muhabbati o’zini tarixiga ega. XVIII asrgacha “roditelьskaya lyubovь” alohida xislat sifatida ko’rilmagan. Ota-ona munosabatlari jamiyat tomonidan o’rnatilgan ijtimoiy-madaniy talablar ko’rinishida bu tarbiya, bolani ruhiy va jismoniy sog’lomligi, bolani nazorat qilish va jazolash ko’rinishida namoyon bo’lgan. Buning sababi tug’ilish va bolalarni o’limining yuqori bo’lmaganligidadir. O’rta asrlarda 5 yoshgacha bo’lgan bola orasidagi o’lim 30%ni tashkil etgan Yevropada. Bolalar ko’p bo’lganligi uchun ota-onalar har bitta bolaga alohida mehr bera olishmagan faqat XVIII asrdan boshlab Yevropada onalik mehri majburiy xislat deb tan olingan.
    Ota-onaning bolaga bo’lgan emotsional munosabati quyidagi variantlarga bo’linadi:

    1. SHartsiz emotsional qabul qilish-hech narsaga qaramay farzandni yaxshi ko’rish;

    2. SHartli emotsional qabul qilish- bolani xulq-atvori, yutuqlariga qarab yaxshi ko’rish;

    3. Ambivalent emotsional munosabat - bolaga nisbatan ijobiy va salbiy munosabatlarning qo’shilib ketgani. Masalan: muhabbat va nafrat;

    4. Indifferent munosabat-befarqlik, sovuqqonlik, masofa saqlash, past empatiya;

    5. Emotsional inkor etish.

    Onalik mehri- bu tabiatan berilgan biologik instinktdir. Lekin boladan voz kechish holatlari ham uchrab turadi. Bunday ayollarni psixologik xususiyatlari o’rganilganda bu holatni yuzaga kelishiga ayolning emotsional holatini krizisi, ehtiyojini buzilishi, ijtimoiy holatlar sabab bo’ladi. Bolani qabul qilish yoki inkor etish shaxs tipining turlariga bog’liq. Rus olimlari M. Rodionova, F.E. Vasilyuklar shaxs tiplarini 4ga ajratishgan:

    1. infantilь

    2. realistik

    3. qadriyatli

    4. ijodiy

    infantilьy tip lichnosti vыstupaet faktorom riska otkaza materi o rebyonka, otkaz nositь impulьsivnыy xarakter i predstavlyaet soboy deystvie zaщitnogo tipa. Bu tipdagi ayollar bolaga nisbatan keskin qarshi qaraydi, ya’ni, “mening baxtslizligim sababchisi - bola” deb qabul qiladi. Agarda bolani qabul qiladigan bo’lsa ham, unda u “bolani- tanamning bir qismi”- degan munsabatda bo’ladi. Bunaqa onani anamnezi so’ralsa, u yoshligida ona tomonidan inkorlik va ona mehrini ko’rmaganligi kelib chiqadi. Bunday ayollar homiladorlik paytini ahamiyatsizlik bilan o’tkazadi, “nima bo’lsa bo’lar” degandek. Tug’ishdan avval yoki tuqqandan so’ng onsongina rad etadi, bunda una hech qanday kechinmalar, vijdon azobi kuzatilmaydi.
    Realistik tip-bolani rad etish- maqsadga qaratilgan hodisa bo’ladi. Bu tipdagi ayollar hammasini ma’qul va qarshi tomonlarini o’lchab ko’radi. Bunda u o’zini manfaatini birinchi o’ringa qo’yadi. Bolaga asbobga qaraganday munosabatda bo’ladi: kerak bo’lsa qoldiradi, faydasi bo’lmasa inkor etadi. Masalan, bola uy-joy masalasi bo’yicha foyda bersa, ular vijdon azobisiz tug’ruqxonaga qaytib kelib bolani qaytarib oladilar. Bu tipdagi ayollarni psixologik xususiyatlari: ularda tabiiy onalikka bo’lgan ehtiyoj past darajada va odatda empatiya ham past darajada bo’ladi. Apamnezida-o’zi voyaga yetgan oilasiga nisbatan sovuqqon, bosiq. Bolani hech qanday emotsional kechinmasiz oson rad etadi.
    Qadriyatli tip-onalik qimmati juda yuqori, ular uchun ijtimoiy holati, mablag’i katta ahamiyatga ega, shuning uchun bu tomoni to’g’ri kelmasa konfliktli kechinmalarga olib keladi. Bu holat homilador davrida va bola dunyoga kelgandan so’ng ham davom etadi. Oqibatda onada aybdorlik hissi, xavotirlik paydo bo’ladi, bu esa o’zini himoya qilish uchun bolaga nisbatan bo’lgan munosabati yaxshi bo’lmaydi. Ularda doimiy motivlar kurashi, qaror qabul qilish qiyin bo’ladi.
    Ijodiy tip- bu tipdagi ayollarda bolani inkor etish darajasi judayam past, agar ijtimoiy ahvoli og’ir bo’lganda ham. Ularda tabiiy onalik instinkti kuchli, bolaga mehri kuchli.
    E.Fromm kontseptsiyasi bo’yicha onalik va otalik muhabbati bir-biridan farqli; yuzaga kelishi, ko’rinishi va bolani rivojlanishida farqli ta’siri bo’ladi.
    Onalik mehri- tabiatan shartsiz bo’ladi, bolani yutuqlariga bog’liq emas, ko’zlari ko’r, va odalatli bo’lmaydi.
    Otalik mehri esa-shartli, talabchan ko’rinishida bo’ladi, otasini muhabbatini bola erishish kerak. Ota ijtimoiy kontrolь vazifasini bjaradi: bolani tekshirish, intizom talab qilish, o’zini qonun-qoidalariga bo’ysindirish. Tadqiqot shuni ko’rsatganki o’smirlar ota tomonidan olidagina jazoni to’g’ri qabul qiladilar; onani jazosini esa – rad etish, yaxshi ko’rmaslik, adovat (vrajdebnostь) deb qabul qiladi. Tarbiya jarayonida ota va onaning ota-onalik xulq- atvori modeli bolani jinsiga qarab o’zgaradi, bu esa bolani jinsiy mosligini shakllanishida muhim shart hisoblanadi. Tadqiqotlarda o’g’il va qizlarni tarbiyasida otaning hulqatvorida ko’rinarli farqlar ko’ringan. Otalar bolani go’dalik va ilk bolalik davrida qiz va o’g’ilni jinsiy farq qilmagan holda munosabatda bo’ladilar. Jinsiy farqlash tarbiyada, bolani bog’cha yosh davrida boshlanadi. Ota o’g’illarda maskulin sifatlarini, qizlarda esa femin sifatlarini shakllanishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Maskulin sifatlarga: avtonomlik, mustaqillik, konkurentlik, maqsadga erishish kiradi; femin sifatlarga – yuqori darajadagi empatiya, g’amho’rlik, kommunikativlik kiradi.
    Otaning yoki onaning o’g’ilga va qizga bo’lgan munosabati: ota-onaning yoshiga, er-xotinni o’zaro munosabatiga, oiladagi bolalar soniga, bola oilada nechanchi farzandligiga va bolani shaxs hususiyatlariga bog’liq. Agar erxotin munosabatlari yaxshi bo’lsa, ota bolalar tarbiyasiga ko’proq ahamiyat beradigan bo’ladi. O’zi namuna sifatida o’g’il va qizida jins mosligiga xos xususiyatlarini shakllanishida yordam beradi. Agarda er-xotin munosabatlari yaxshi bo’lmasa, unda oilada “ona bilan qiz otaga qarshi”, yoki “ota bilan o’g’il onaga qarshi” kabi vaziyatlar yuzaga keladi, bu esa o’z navbatida farzandlarda shaxs rivojlanishidagi buzilishlarga olib keladi. Yana ota-onalarni ko’pincha oilada qizlarda nisbatan o’g’illarga ko’proq e’tibor berishi kuzatiladi. Evolyutsiya davomida qizlar o’g’illarga nisbatan ancha jiznestoykiy, ustoychivыy bo’lgan. SHuning uchun ham biologik tomondan o’g’illarga ko’proq e’tiborli bo’lish oqlangan. Hozirgi zamonda ota-ona o’rni o’zgarib bormoqda: bunga sabab, ota-onani teng huquqligi, onalarni ishlanshi. Buni ham olbatta oilaga, farzandlarga yaxshi tomoni ham, yomon tomoni ham bor.
    Oila muhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlamchi, dastlabki ijtimoiylashuv o’chog’i, maskani hisoblanadi. Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlari ham mavjudki, unga Mehribonlik uylari, maxsus internatlar hamda harbiy bilim yurtlari kiradi. CHunki u yerda nisbatan uzoq vaqt mobaynida bola tarbiyalandi, o’sha yerning normalari, qadriyatlari va talablari ta’sirida dunyoqarashi shakllanadi, shaxs bo’lib yetiladi. Agar dastlabki yoki ikkilamchi sotsializatsiyadan chekinish, undan mahrum bo’lish yoki xulqning tashqi salbiy ta’sirotlar natijasida deviant shaklga kelishi qayd etilsa, unda ilmiy tilda aytganda, resotsializatsiya deb nomlangan jarayon nazarda tutiladi.
    Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o’ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkichnchidan, har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, soh va salomat shaxs bo’lib yetishish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ya’ni, oila va uning sog’lom ma’naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga, o’ziga o’xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo’lish, muomalada ahloq-odob normalariga bo’ysunishga o’rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi.
    Rus sotsiolog olimi A.Antonovning ta’kidlashicha, oila ijtimoiypsixologik yaxlitlik sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta’sirlarini ko’rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi. Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo’lsa, uning normativ ta’siri ham shunchalik samarali bo’ladi. Bunday oilada o’zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat qilinadi, bola boshidan jamiyatda yashashga o’rgatilgan bo’ladi. Uning ahamiyati shundaki, farzand maktabgacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, kollej yoki litseyda o’qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni mas’uliyat bilan vijdonan bajdaradigan bo’lib, bolalar jamiyatida hamisha o’zining o’rniga ega bo’la oladi. Bunday farzanjdga turli bid’atlar, bemaza chaqiriqlar, da’vatlar ta’sir etmaydi, mustqil fikrli, pok vijdonli inson bo’lib yetishadi. CHunki, oila bu kichik jamiyat, jamiyatning kichiklashgan andozasi, oila mustahkam bo’lsa, jamiyat ham mustahkam bo’lishini o’zbek xalqi juda yaxshi biladi, shuning uchun ham ayniqsa, mustaqillik yillarida oila bizning Vatanimizda qadrlanadi, nikoh muqaddas rishta sifatida e’zozlanadi.
    Albatta, bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatuvchi boshqa ijtimoiy omillar ham mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatning yoshlar siyosati, ta’lim muassasalari va u yerlardagi ta’lim va tarbiya standartlari, diniy muassasalar (machitlar), bozor munosabatlari kabi qator jarayonlar ushbu masalaning mazmun va mohiyatini belgilaydi. Yuqorida aytilgan resotsializatsiya jarayonidan tashqari, oila muhitining o’zi ham ayrim holatlarda salbiy ma’nodagi ijtimoiylashuvga aloqador bo’lib qolishi mumkin. Olimlar o’tkazilgan qator tadqiqotlar asosida ana shunday omillarning to’rt guruhini ajratganlar:

    • ota-onalar o’rtasida murosaning yo’qligi, oilaviy o’zaro munosabatlarni mustahkamlash borasida aniq belgilangan ahloqiy tamoyillarning mavjud emasligi;

    • ota-onalarning ruhiy nosog’lomligi va qonunbuzarligi;

    • yashash sharoitlarining yaxshi emasligi, bolaning to’laqonli o’sishi, dars tayyorlashi, jismonan chiniqishi uchun sharoitlarning yetarli emasligi;

    • maktab sharoitining talab darajasida emasligi;

    • mahalla xududida oila obro’sining yaxshi emasligi, notinch, noqobil oila maqomiga egalik;

    • global axboratlashuv sharoitida turli axborot manbalari, jumladan, Internet tarmog’i orqali bola ongiga yetib kelayotgan turli ma’lumot, ig’vo, uydirma, mish-mish, oila qadriyatlariga zid axloq namunalari va boshqalar oxirgi yillarda bola ijtimoiylashuviga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan ijtimoiy omillar jumlasidandir.

    Yuqoridagi holatlar ayniqsa, globallashuv davrida oila institutining bola sotsializatsiyasi va ijtimoiy tarbiyasidagi o’rni nechog’li sezilarli ekanligini isbotlamoqda.

    Download 247,54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish