1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари


O‘zbekistonda er-suv islohotlarining o‘tkazilishi va uning ijtimoiy - siyosiy oqibatlari(1917-1940 yy)



Download 199 Kb.
bet10/13
Sana20.02.2022
Hajmi199 Kb.
#460632
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
O’zbekiston tarixida yer –suv munosabatlarining rivojlanishu va taraqqiyot bosqichlari (2)

2.2. O‘zbekistonda er-suv islohotlarining o‘tkazilishi va uning ijtimoiy - siyosiy oqibatlari(1917-1940 yy).

Birinchi jahon urushi, 1917 yildagi fevral va oktyabr inqiloblari, 1918-1920 yillardagi fuqarolar urushi bilan bog‘liq vayronagarchiliklar mamlakat iqtisodiyotini izdan chiqardi. 1918 yildan boshlab, Harbiy kommunizm siyosati amalga oshirilishi natijasida harbiylashgan jamiyat vujudga keldi. Uning asosiy belgilari mutloq markazlashtirish va yalpi davlatlashtirish; 2. xususiy mulkni bekor qilish; 3. xo‘jalik yuritishning musodara usullari, jazo choralari bilan mehnatga majbur qilish; 4. mavjud bozor iqtisodiyoti tizimini barbod qilish; 5. milliy va insonparvarlik qadriyatlarini markscha sinfiy qadriyatlar bilan zo‘ravonlarcha almashtirish.


Bu rejani amalga oshirish Sovet hokimiyati vujudga kelgan dastlabki kunlardan boshlanib, fuqarolar urushi yillarida mahalliy o‘ziga xoslikni hisobga olmay, hamma erda davom ettirildi. Iqtisodiy qonunlarga nisbatan bepisandlik, xo‘jalik organizmini boshqarish, harbiy davrning favqulodda tadbirlari bilan kuchaytirilgan mamuriy choralar iqtisodiy mamlakatdagi, xususan, mayda tovar qishloq ishlab chiqarishi ustunlik qiladigan hamda mayda tovar qishloq ishlab chiqarishi ustunlik qiladigan hamda yuz minglab xususiy ishlab chiqaruvchilarning faoliyati bozor bilan chambarchas bog‘liq qishloq axolisi orasida bo‘lgan24.
Turkistondagi g‘oyat og‘ir ahvolning ilk sabablari ana shular edi. Fuqarolar urushi tugagach sovet hokimiyati oldida xalq xo‘jaligini tiklash bo‘yicha shoshilinch vazifalar ko‘ndalang bo‘ldi. 1921 yilning bahoriga kelibgina siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, dehqonlarning ko‘plab ko‘tarilishlari tufayli avvalgi siyosatni (harbiy kommunizm) qayta ko‘rib chiqish, sanoat bilan qishloq xo‘jaligi o‘rtasida tasirchan iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish zarurligi tushunila boshlandi. YAngi siyosatning mohiyati qishloq xo‘jaligini yuksaltirishdagi dehqonlarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirishdan iborat bo‘ldi. Oziq - ovqat razverstkasining oziq - ovqat solig‘i bilan almashtirilishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ko‘paytirishning iqtisodiy rag‘batlarini vujudga keltirishda yagona to‘g‘ri g‘oya ediki, bunda dehqon hosilning qatiy belgilangan qismini topshirgach, unga o‘z mehnatini o‘zi istagancha tasarruf etish xuquqi berilar edi.
YAngi iqtisodiy siyosatning muhim bo‘g‘inlari oziq - ovqat razvyorstkasini oziq - ovqat solig‘i bilan almashtirish, savdo - sotiqni erkinlashtirish, sanoatda, xizmat ko‘rsatish va mayda hunarmandchilik sohalarida xususiy tadbirkorlikka ruxsat etish, bozorni tartibga solish mexanizmlaridan qisman foydalanish, ijaraga olish va yollanma mehnatning cheklanishini bekor qilishdan iborat bo‘ldi. YAngi iqtisodiy siyosatga o‘tilishi munosabati bilan agrar ishlab chiqarishni yuksaltirishga qaratilgan xo‘jalik tadbirlari zanjirida mustaqil ish olib boruvchi, mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka dehqonning manfaati oldingi o‘ringa qo‘yildi.
Respublikada dehqonlarga yordam berish maqsadida irrigatsiyani qayta tiklash, sug‘orish tarmoqlarini tamirlash muammolari o‘ta qiyinchilik bilan hal qilinayotgan edi. Hokimiyat organlari suv xo‘jaligini tiklash ishlariga keng dehqonlar ommasini majburan jalb qilishga asosiy etibor berdilar. 1921 yil 11 mayda Turkiston Avtonom Respublikasi XKK Moskvaning talabi bilan o‘lkadagi irrigatsiya ishlarini harbiylashtirish to‘g‘risida dekret qabul qildi. Ayni vaqtda to 1923 yilga qadar dehqonlar zimmasida mehnat va ot - ulov majburiyati saqlanib qoldi. Keyin u natura majburiyati deb qayta nomlandi. Dehqonlar 1921 yilda bu majburiyat hisobiga irrigatsiya tizimlarida 2 mln. kishi kunidan ortiq tiklash ishlarini bajardilar. Bu pul bilan hisoblaganda 2 mln. 390 ming so‘m oltinni tashkil etar edi25.
Turkistonlik dehqonlarning majburiy bepul mehnati irrigatsiya shoxobchalarini tamirlash masalalarini qisman hal qilishga yordamlashdi. Lekin suvdan foydalanish tizimini tamirlash va tartibga solish sohasidagi asosiy ishlarni faqat aholining kuchi bilangina amalga oshirib bo‘lmas edi. Davlat buni his qilgan holda irrigatsiya ishlariga byudjetdan tobora ko‘proq mablag‘ ajrata boshladi. 1923 yilda bu mablag‘lar 5.567 ming, 1924 yilda esa 6.260 ming oltin so‘mni tashkil etdi. SHu bilan birga dehqonlarning bepul mehnatidan samarali foydalanishga qaratilgan yo‘l saqlanib qoldi.
1923 yilda qishloq ahli natura majburiyati hisobiga qariyb 3,6 mln. kishi kuni ishlab berdi, uning umumiy miqdori 3,8 mln. so‘mdan ortiq edi. YAngi iqtisodiy siyosatni isloh qilish yillarida agrar o‘zgarishlarning muhim yo‘nalishi muvofiqlashtirilgan er siyosatining o‘tkazilishi bo‘ldi. Biroq, unda avvalgi yillardagi agrar siyosatning ko‘pgina jiddiy nuqsonlari saqlanib qoldi. Ular jumlasiga sinfiy yondoshuvning ustuvorligi har tomonlama ijtimoiy tabaqalanishni kuchaytirish, Turkiston qishloqlarini sotsialistik asosda qayta qurish kirar edi. Bunday yondoshuv 1921-1922 yillarda amalga oshirilgan er-suv islohotida yaqqol ko‘rindi.
Agrar islohot yangi bosqichining umumiy vazifalari TKP V sezdi va Turkiston sovetlarining 9 qurultoyi 1920 yil sentyabr qarorlarida belgilab berilgan edi. Bu vazifalarni uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi - vazifa sotsialistik yo‘nalishda bo‘lib, u mehnat bilan shug‘ullanmaydigan boy quloq xo‘jaliklarini tugatish va ko‘chmanchi aholini o‘troq holatga o‘tkazish Ikkinchi - vazifa inqilobiy demokratik xususiyatga ega bo‘lib, u erlarni ersiz va kam erli dtoqonlar, batraklar, chorikorlar o‘rtasida mehnat normalari bo‘yicha taqsimlashni o‘z ichiga olar edi.
Uchinchi - ustuvor yo‘nalish chor rossiyasi mustamlakachilik siyosatining kuchli sarqitlarini engishga qaratilgan bo‘lib, bu sarqitlar shu narsada ifodalanar ediki, mahalliy aholi erlarinig ko‘pchilik qismi, ayniqsa, Stolipin islohotlari davrida chorizmning ko‘chirish siyosati natijasida rus dehqonlari tomonidan egallab olingan edi. Islohotlarning boshlang‘ich davriga kelib, qishloq xo‘jaligidagi ko‘chirib keltirilgan rus aholisining soni hammasi bo‘lib 8 foizni tashkil etar edi, lekin ular butun madaniy erlarning deyarli yarmini egallagan va mahalliy aholiga nisbatan er bilan 15 baravar ko‘p taminlangan edi26.
Islohotni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarishga 1921 yilning bahorida kirishildi. Islohot o‘tkazish uchun dastlab Ettisuv, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari olindi. Islohotning birinchi bosqichida asosiy vazifa ko‘chirib keltirilgan ruslarning erlarini tortib olishdan iborat siyosiy foydali ishni amalga oshirish bo‘ldi. Ko‘chirib keltirilganlarning asosiy qismi quloqlar deb elon qilindi. Ularning o‘z manfaatlarini himoya qilishga urinishlari, quloq mustamlakachi unsurlarning qarshilik ko‘rsatishi deb baholandi. Er-suv islohoti favqulodda tadbirlar shaklida o‘tkazildi. Islohotning asosiy vositasi - mamuriy tazyiq o‘tkazishdan iborat bo‘ldi. Vaqtning o‘tishi bilan islohotning strategik vazifalarga muvofiq ko‘chirib keltirilgan ruslardan erlarni musodara qilib olish bilan bir qatorda vaqf erlarini tortib olish, boylar, mannoplar, savdogarlar, diniy xizmatchilar va qishloq hamda ovullarning mehnat bilan shug‘ullanmaydigan yuqori tabaqalari degan boshqa vakillari erlarini kamaytirish yuzasidan jiddiy ishlar qilindi.
Bunda «Qo‘shchi» ittifoqi «agrar hujum» ning zarbdor kuchi bo‘lib maydonga chiqdi. Bu ittifoq 90 mingdan ortiq qishloq aholisini birlashtirgan bo‘lib, uning a’zolari tortib olingan erlarni birinchi navbatda o‘zlariga olishar edi. Ular «mehnat bilan shug‘ullanmaydigan xo‘jaliklar» ni aniqlar, badavlat xo‘jaliklarning er, chorva mollari, mehnat qurollarini hisobga olishar, «yashirib qo‘yish» ga urinishlarni fosh etishar edi. Umuman olganda, Turkiston Respublikasida «Qo‘shchi» ittifoqi yordami bilan bunday xo‘jaliklardan 8034 tasi tugatilgan edi.
Umuman, islohot jarayonida er tuzish jamg‘armasiga 1.722.626 desyatina er qo‘shildi. SHulardan ko‘chirib keltirilganlar posyolkalarini, xutorlar va birinchi kelib egallab olingan joylarni tugatishdan olingan erlar 205.059 desyatinani, Evropalik aholi posyolkalarida belgilangan me’yordan ortiqcha olingan erlarni tortib olishdan qo‘lga kiritilgan erlar - 85.107 desyatinani, erkin va ko‘chib kelganlar jamg‘armasini tugatishdan olingan erlar -1.321.720 desyatinani, «Mehnat bilan shug‘ullanmaydigan» xo‘jaliklardan tortib olingan erlar -40.835 desyatinani,monastirlar,cherkovlar va vaqf erlarini begonalashtirish natijasida qo‘lga kiritilgan erlar -27.106 desyatinani tashkil qilgan edi. Ana shu resurslardan mahalliy aholining 15.745 xo‘jaligiga qariyb 600 ming desyatina erni ekin ekish va yaylovlar uchun berildi, kam erli va ersiz o‘zbek aholisi uchun esa 117.512 desyatina er ajratib berilgan edi27.
1921-1922 yillardagi er islohoti har xil jarayonlarni keltirib chiqardi. Bir tomondan, u ma’lum ma’noda er masalasini hal qilishga yordam berdi. Biroq, ayniqsa, uning o‘zbeklar yashaydigan qismiga nihoyatda kam manfaat keltirdi CHunki ularga berilgan erlar qishloq ersizlarini er bilan ta’minlash sohasida ko‘rilgan bu tadbirlar Turkiston xo‘jaliklarining xo‘jalik mahsulotlari etishtiriladigan barcha erlarning 0,7% ni tashkil etar edi, xolos. Islohot qishloqdagi siyosiy vaziyatni jiddiy ravishda keskinlashtirib yubordi. Qishloqlar hayotida qat’iy sinfiy ziddiyatlar boshlanganligi ko‘zga tashlandi. Ko‘pgina tumanlarda mahalliy idoralar ish hayvonlari va qishloq xo‘jalik qurollarini umumiylashtirish yo‘li bilan aholini sun’iy ravishda dehqonchilik artellariga birlashtirishga urinar edi.
Masalan, 1921 yilning o‘rtalariga kelib, faqat Farg‘ona, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari hududlarida 8.745 xo‘jalikni birlashtirgan 275 ta jamoa xo‘jaligi tashkil etildi. Davlat xo‘jaliklari tarmog‘i ham kengayib bordi. 1923 yilda Turkiston Respublikasi Er ishlari komissarligi ixtiyorida 161 ta davlat xo‘jaligi bor edi.1 Er suv islohotlarining natijalari TASSR MIQ ning 1922 yil 20 sentyabrda qabul qilingan «Turkistonda erdan mehnat maqsadida foydalanish to‘g‘risida» gi qonunida mustahkamlandi.
1922 yilning 2 chi yarmida 1923 yilning boshlaridan e’tiboran xo‘jaliklar hayotida sezilarli o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Bu o‘zgarishlarning asosiy sababi yangi iqtisodiy siyosatni yanada amaliyroq ro‘yobga chiqarishga qaratilgan choralar bo‘ldi. Turkistonda yangi iqtisodiy siyosatni mustahkamlash sohasidagi qonunchilik majmuasida Turkiston Sovetlari MIQning 1922 yil 11 apreldagi «Natura solig‘i haqida» gi qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu qarorga ko‘ra dehqonlarning noroziligiga sabab bo‘lgan oziq-ovqat solig‘i belgilandi.2
Lekin oradan ko‘p o‘tmay xo‘jalikning katta-kichikligidan kelib chiqib soliqni tabaqalashtirish joriy etildi. Soliq quyidagi proporsiyalarda olinishi belgilab qo‘yildi: ikki desyatinagacha eri bo‘lgan xo‘jaliklardan hosilning 5 % miqdorida, 2-4 desyatinagacha eri bor xo‘jaliklardan-10% li, 6-8 desyatinagacha eri bor xo‘jaliklardan -14 %, 8-20 desyatinagacha eri bor xo‘jaliklardan hosilning 16 % i miqdorida va hokazo.3 Bu nafaqat qishloqdagi xo‘jaliklarning turli toifalaridan, ayniqsa, kambag‘al-batraklar qatlamlaridan olinadigan soliqni kamaytirdi, shu bilan birga ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy omillardan foydalanishga urinib ham ko‘rildi. Qishloq xo‘jaligining yuksalishini ta’minlashda iqtisodiy rag‘batlantirishning boshqa vositalari ham qo‘llanildi, bular qat’iy valyutaning joriy etilishi, qarz berishning yangi tartibining belgilanishi, dehqonlarga davlat tomonidan qarz berishni kengaytirish, imtiyozlar belgilanishi, qishloq kooperatsiyasini avj oldirishdan iborat edi28.
YAngi iqtisodiy siyosat paxtachilik siyosatiga ham muayyan o‘zgarishlar kiritdi. Lekin bu o‘zgarishlar cheklangan tarzda edi. YAngi iqtisodiy siyosatning chinakam mohiyatini namoyon qilish yo‘lidagi asosiy to‘siq TASSRda, keyinchalik O‘zbekistonda Ittifoq Bosh Paxta qo‘mitasining tashkil qilinishi bo‘ldi. Turkistonlik ko‘pgina arboblar paxtachilikda davlat monopoliyasini tugatish zarurligini bir necha bor ko‘tarib chiqqan edilar. Mazkur monopoliya paxtachilikda raqobat va sog‘lom tovar pul munosabatlarining namoyon bo‘lish imkoniyatlariga to‘siq bo‘lar edi.
Xususan, er ishlari xalq komissari O. Asfandiyorov Turkistonda paxtaning davlat monopoliyasini tugatish masalasini faollik bilan o‘rtaga qo‘ydi. YAngi iqtisodiy siyosat yo‘li garchi qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, odatdagi ma’muriy-buyruqbozlik vositalari «zaxirasi»ni qayta ko‘rib chiqishga majbur etdi. 1923 yil yanvarda SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashi qabul qilgan qarorga ko‘ra paxtaning qat’iy narxi bekor qilindi, chunki u paxta etishtirish xarajatlarini qoplamas edi. Paxtakorlarni tovarlar bilan ta’minlashga e’tibor kuchaytirildi. Ularga yollanma mehnatdan foydalanishga ruxsat etildi, suv bilan birinchi navbatda ta’min etiladigan bo‘ldi, ot - ulov solig‘idan, kam quvvatli xo‘jaliklar oziq-ovqat solig‘idan ozod qilindi. Bularning hammasi dehqonlarning kayfiyatida, ularning ko‘proq paxta etishtirishga bo‘lgan intilishida o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Afsuski, bozorni tartibga solishga doir ko‘pgina muammolar lozim darajada amalga oshirilmay qoldi. Xususan, Bosh Paxta qo‘mitasi o‘z faoliyatini bir muncha qayta qurgan bo‘lishiga qaramay, aslida monopoliyachi bo‘lib qolaverdi.
Turkiston qishloq xo‘jaligini tiklashda va yanada rivojlantirishda kooperatsiya sezilarli rol o‘ynadi. U o‘n minglab alohida mayda dehqon xo‘jaliklari bilan sanoat o‘rtasida mustahkam iqtisodiy aloqalar o‘rnatish, mehnat unumdorligini oshirishga, dehqonlarning moddiy ahvolini yaxshilashga, davlat korxonalarini zarur xom ashyo bilan ta’minlashga yordam ko‘rsatishi lozim edi. Kooperativ harakat qishloq xo‘jaligida ustivor rivojlanishga ega bo‘ldi29.
Xulosa qilib aytganda, YAngi iqtisodiy siyosatning dastlabki tadbirlaridayoq uning barcha murakkabligi va ziddiyatlari namoyon bo‘lishiga qaramasdan, qisman bo‘lsa-da, sog‘lom iqtisodiy munosabatni yo‘lga qo‘yishga, qishloq xo‘jaligining falajlik holatidan chiqishiga doir keskin muammolarni hal qilishga yordam berdi.

Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish