1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари


O‘zbekistonda ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda yangi erlarni o‘zlashtirish, qishloq xo‘jaligida noxush holatlarning kuchayishi



Download 199 Kb.
bet11/13
Sana20.02.2022
Hajmi199 Kb.
#460632
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
O’zbekiston tarixida yer –suv munosabatlarining rivojlanishu va taraqqiyot bosqichlari (2)

2.3. O‘zbekistonda ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda yangi erlarni o‘zlashtirish, qishloq xo‘jaligida noxush holatlarning kuchayishi.

Ikkinchi jahon urushi tugagach, qishloq xo‘jaligi oldida tobora yangi-yangi vazifalar ko‘ndalang turar edi. Biroq bu vazifalarni bajarish uchun yirik kapital mablag‘lar zarur edi. Biroq ular etarlicha berilmas edi. Urushdan keyingi davrda O‘zbekistonning agrar ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun umumiy mablag‘lar hajmining bor-yo‘g‘i 7 foizi ajratildi. Davlatning jamoa xo‘jaliklariga «yordami» asosan texnika etkazib berishdan iborat bo‘ldi. Bu texnikalar esa MTSlar tasarrufida edi. Jamoa xo‘jaliklari mahsulotlariga beriladigan xarid narxlari ham urushdan oldingi darajada saqlab qolindi. Vaholanki, dehqon xo‘jaliklari oladigan sanoat mahsulotlarining narxlari esa 20 baravar ortdi.


Davlatning dehqonlarni talashga qaratilgan siyosati ular to‘lashga qurbi etmaydigan soliqlar solish bilan birga qo‘shib olib borilar edi. Qishloq aholisi bittadan ortiq sigir saqlashi mumkin emas edi. Meva beradigan har bir tup daraxtdan ham soliq undirilar edi. SHu bilan shaxsiy tomorqa xo‘jaligi miqdori ham doimiy ravishda qisqartirib borildi. Agar 1950 yilga qadar shaxsiy tomorqa uchastkalari miqdori ham 0,15 ga dan 0,25 ga miqdor atrofida belgilangan bo‘lsa, 1950 yil yanvaridan boshlab tomorqa uchastkalari qisqartirilib, 012-015 ga keltirildi.
Dehqon xo‘jaliklaridan kesib olingan sug‘oriladigan erlar, bog‘lar, uzumzorlar jamoa xo‘jaliklariga berildi. Bunday munosabatda bo‘lish qishloq xo‘jaligi halokatli tarzda inqirozga uchrashi, qishloq aholisining qashshoqlashuvini, mehnat unumdorligining keskin pasayishini muqarrarlashtirar edi. Urush tamom bo‘lganidan keyin Markazning paxta etishtirishni ko‘paytirish sohasidagi siyosati o‘ta tajovuzkor xususiyat kasb etdi. Mustabid tuzumning paxta mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida ittifoq organlari 1946 yil fevralida maxsus qaror qabul qildi. Unda O‘zbekistonda paxta etishtirishni besh yillikda 2,5 baravar ko‘paytirish qat’iy talab qilindi. Markaz bu qaror qanday bajarilayotganligini doimiy ravishda nazorat qilib turdi30.
Respublika rahbariyatining paxta etishtirishni real muvozanatda saqlash uchun mardonavor urinishlariga qaramasdan uning salmog‘i yildan yilga ortib bordi. Aytaylik, uning salmog‘i, hatto, chor Rossiyasi hukmronlik qilgan (1913 yil) davrida 33,2 %ni tashkil etgan bo‘lsa, 1950 yilga kelib 56,6 % ga teng bo‘ldi. 1980 - yillarning o‘rtalariga kelib 75 % ga, bir qancha viloyatlarda esa undan ham yuqoriga ko‘tarildi. Vaholanki jahon tajribasining ko‘rsatishicha, paxta ekish nisbatan 60 foizdan oshmasligi lozim ekan. Biroq ittifoq siyosiy rahbariyati bunga amal qilmadi. Markaz O‘zbekistonda 2000 yilga borib paxtaning yalpi hosilini 8 mln. tonnaga etkazish dasturini ishlab chiqdi.
O‘zbekistonda bir tonna paxtani etishtirishga 340 kishi soat vaqt sarflangani holda bir tonna bug‘doyga nisbatan bu ko‘rsatkich faqat 12 kishi soatni tashkil etar edi. Sotish narxlari esa faqat 5 baravar farq qilar edi. Vaholanki, mehnat sarflash va narxlarni bunday nisbatda belgilash, paxta etishtiruvchi respublikalarda, shu jumladan O‘zbekistonda mehnat unumdorligi past, degan tasavvurni yuzaga keltirishi tabiiy edi. SHuni ham aytish kerakki, 1980 - yillarda o‘zbek paxtasining xarid narxi jahon narxlaridan 5 baravar kamroq edi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining paxta etishtirishga yo‘naltirilganligi jamiyat hayotining barcha sohalarida og‘riqli jarayonlarni kuchaytirdi. O‘zbekistonda paxta yakka hokimligini va O‘zbekistondagi ko‘p qirrali muammolarni hal etishda irrigatsiya va melioratsiya muhim rol o‘ynardi. Minglab kolxozchilar ketmon, cho‘kich, belkurak va aravachalar bilan kanallar va sug‘orish tizimlari qurilishida mehnat qilishdi. 1949 yil aprelda respublika hukumati tomonidan «Mirzacho‘lni yanada o‘zlashtirish tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qilinishi suv muammosiga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi. 1950 yilda o‘zlashtirilgan er maydonlari 281,4 ming ga ni tashkil etdi31.
O‘zbekiston rahbariyati qishloq iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantirishdan manfaatdor edi. SHuning uchun ham paxta etishtirish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini ma’lum darajada bir xil qiymatga ega bo‘lgan resurslar bilan ta’minlashga intildi. Irrigatsiya ishlarining qizg‘in tus oldirilishi 1955-1959 yillarda 160 ming gektar yangi erlarni ishga tushirishga imkon berdi. 1965 yilda O‘zbekistonning ekin ekiladigan maydonlari 350 ming gektarga ko‘paydi. SHu jumladan, sug‘oriladigan erlar 200 ming gektarga ortdi32.
Yirik qo‘riq va bo‘z erlar massivlarining qishloq xo‘jalik oborotiga kiritilishi respublikada paxta ekin maydonlarini kengaytirishga yordam berdi. Natijada paxta etishtirish hajmi 1953 yildan 1964 yilgacha 2.525.5 ming tonnadan 3.671.4 ming tonnaga etdi. Lekin hosildorlik pasayib ketdi. Masalan, 1956 yilda respublika bo‘yicha har gektar erdan o‘rta hisobda 22.0 sentner paxta hosili olingan bo‘lsa, 1962 yilda u pasayib 19,2 sentner tashkil etdi. Ko‘pgina xo‘jaliklarda hosildorlik bundan ham kamroq bo‘ldi.
Vaqt masofasidan turib nazar tashlaganda, shu narsa yaqqol ko‘zga tashlanadiki, O‘zbekistonda ham, umuman, butun SSSRda bo‘lganidek, qo‘riq erlarga ommaviy ravishda qilingan hujum rejalashtirish vaqtida mo‘ljallangan natijalarni bermadi. Qo‘riq erlarni o‘zlashtirish jamiyat taraqqiyotini ekstensiv rivojlanish bo‘yicha olib borishning yaqqol ifodasi bo‘ldi. U chuqur va har tomonlama ilmiy asosda ishlab chiqilmagan bo‘lib, ko‘p jihatdan sub’ektivizm asoratidan xolis edi. Amalga oshirilayotgan tadbirlarning ekologik oqibatlarini hisobga olmaslik ahvolni yanada mushkullashtirdi. Ekologiya muammolariga e’tiborsizlik bilan qarash darhol ko‘zga tashlanmadi. Lekin u sekin-asta avj olib, Orolning hozirgi vaqtdagi fojiasiga zamin hozirlab berdi33.
O‘zbekiston xalqlarining fidokorona mehnati tufayli 1985 yilda respublikada 900 ta sug‘orish tizimi, 92 ta gidrotexnika inshooti qishloq xo‘jaligi uchun ishlayotgan edi. 23 sun’iy dengiz-suv ombori kamsuvlikka mustahkam to‘siq bo‘lib, ularda erlarni sug‘orish uchun qariyb 10 mlrd. kub metr suv jamlangan edi. Bunday sun’iy dengizlar orasida Markaziy Osiyoda eng yiriklaridan hisoblangan CHorvoq suv ombori, Xorazm va Amudaryoning quyi oqimidagi Tuyamo‘yin suv ombori, Qoradaryodagi Andijon suv ombori va boshqalar bor edi. Bu vaqtga kelib juda katta er massivlari qishloq xo‘jalik oborotiga kiritildi. Masalan, 1946-1965 yillarda 600 ming gektar er o‘zlashtirildi. Bundan tashqari, 6,9 mln. gektar erdagi yaylovlarga suv chiqarildi.
Respublikaning qo‘riq erlarida 160 ta davlat xo‘jaliklari (sovxoz) tashkil etildi. 7,7 mln. kv metr uy-joy binolari, 37 ming o‘rinli maktabgacha bolalar tarbiya muassasalari, 102 ming o‘rinli umumta’lim maktablari barpo etildi. O‘zlashtirilgan erlarda asosan paxtazorlar, bog‘lar bunyod etildi, oziq-ovqat ekinlari etishtirildi. Qo‘riq erlarda yirik qishloq xo‘jalik tumanlari vujudga kelttirildi. YAngi shaharlar qad ko‘tardi. Masalan, faqat Mirzacho‘lning yangi o‘zlashtirilgan erlarida Paxtakor, Ilich, Do‘stlik, Arnasoy, Oqoltin, Mehnatobod va boshqa tumanlar bilan bir qatorda YAngier, Guliston, Paxtakor, Do‘stlik, SHirin, Baxt kabi shaharlar paydo bo‘ldi.
Respublikaning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish, uning moddiy bazasini yaratish va mustahkamlashda qo‘riq erlarning ahamiyati katta bo‘lganligini ta’kidlab, I.Karimov bunday degan edi: «Mirzacho‘l, Qarshi, Jizzax, YOzyovon, Surxon-SHerobod cho‘llarini o‘zlashtirish O‘zbekistonning kelajagi bilan bevosita bog‘liq edi. Kechagi qo‘riq cho‘llar bugungi kunda O‘zbekiston mustaqilligi uchun ishlab turibdi»34.
Yigirma yil mobaynida Sovet davlatida go‘sht, baliq, yog‘, shakar, donni chetdan keltirish 10 baravardan ziyod oshdi. Lekin, shunga qaramasdan, vaziyat sezilarli ravishda jiddiylashib bordi. 1982 yilda bo‘lib o‘tgan KPSS MQning may plenumida sovet qishloq xo‘jaligi samaradorligining past darajada ekanligi sabablari yana bir bor mulohaza qilib ko‘rildi. Unda maxsus oziq-ovqat dasturi qabul qilindi. Biroq ushbu dastur tub o‘zgarishga olib kelmadi. Avvalgidek bu dastur ham boshqaruvning eskicha tizimi andozasida ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘zida turg‘unlik davri izlarini saqlab qolgan chala-yarim holda edi.
U qishloq xo‘jaligining asosiy harakatlantiruvchisi bo‘lgan qishloq mehnatkashlari manfaatlarini, qishloqdagi iqtisodiy munosabatlarni o‘zgartirishni, xo‘jalik va boshqaruv mexanizmini tubdan qayta qurishni nazarda tutmagan edi. Masalan, donli ekinlar hosildorligi besh yillikda 21,4 sentnerdan 15,9 sentnerga, sabzavot ekinlari hosildorligi 221 sentnerdan 196 sentnerga, poliz ekinlari hosildorligi 126 sentnerdan 102 sentnerga tushib qoldi. Bu ayniqsa qishloq xo‘jalik ekinlari yalpi hosili ko‘rsatkichlariga ta’sir qildi. Xususan, paxtaning yalpi hosili 1985 yilda 1980 yildagiga qaraganda 197,2 ming tonna, don tegishli ravishda 977,1 ming tonna sholi 22,9 ming tonna, sabzavotlar 73,5 ming tonna, oziq-ovqat, poliz ekinlari 255 ming tonna kam olindi.
Ana shunday tanglik jarayonini chorvachilik sohasida ham kuzatish mumkin. Natijada, 1980 - yillarning o‘rtalariga kelib O‘zbekistonda, umuman ittifoqda bo‘lgani kabi, bir qancha mahsulotlar turlari bo‘yicha normalashtirilgan ta’minot joriy etildi, yana kartochkalar paydo bo‘ldi. Bu holat esa Sobiq SSSRda iqtisodiy qiyinchiliklarni yanada kuchaytirdi35.
O‘zbekistonlik irrigatorlar O‘zbekistondan tashqari ittifoqning yangi o‘zlashtirilgan erlarini, shuningdek Osiyo va Afrikadagi yirik qurilishlarni tiklashda qatnashdilar. 1974 yili KPSS MQ va SSSR Ministrlar Kengashi RSFSRning noqoratuproq zonasini o‘zlashtirib, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish haqida qaror qabul qildi. O‘zbekiston irrigator va melioratorlari, Novgorod, Ivanova, Vladimir viloyatlarida erlarning meliorativ holatini yaxshilashga hissa qo‘shdilar.
1974-1983 yillar davomida naqoratuproq zonada 225 mln. so‘mlikdan ziyod binokorlik ishlarini bajardilar. SHu davrda ular 48 ming gektar erning zaxini qochirib, qishloq xo‘jalik oborotiga kiritdilar. 18 ming gektar er obihayot bilan ta’minlandi. SHuningdek, 46 ming gektar erdagi butazorlar kesilib, uning o‘rnida ekinzorlr vujudga keltirildi.
Ana shu ishlarni amalga oshirishda Tursunpo‘lat Rasulov, Zagidulla SHaydullin, Arkadiy Mamutov singari O‘zbekistonlik yoshlar fidokorona mehnat qildilar. Tyumen viloyatidagi (BAM) Xugot daryosi ustiga O‘zbekistonlik yoshlar ko‘prik qurib berdilar. Bundan tashqari bu yillarda Suriya Arab Respublikasiga uning iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini vujudga keltirishda SSSR mutaxassislari qatorida o‘zbekistonlik irrigatorlar ham yordam ko‘rsatdilar. SSSRning yordami bilan Suriyada 25 ta iqtisodiy ob’ektlar qurildi va ishga tushirildi. Suriyada irrigatsiya inshootlari, elektr energiyaning salkam 60 foizini beradigan As-Saura gidroenergetika kompleksi foydalanishga topshirildi. Misr Arab Respublikasi (Afrika)da Asuan gidroenergetika tizimini qurishda, 1970 yillarda Afg‘oniston Respublikasining SHilcha daryosida “Sarda” nomli suv ombori, Gulbahorda to‘qimachilik kombinati qurilishlarida irrigatorlar faol qatnashdilar va katta yordam ko‘rsatdilar.



Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish