1- mavzu: Kirish. Qadimgi sharq tarixi manbashunosligi Reja



Download 138,3 Kb.
bet1/64
Sana25.01.2022
Hajmi138,3 Kb.
#409645
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
1-mavzu


1- Mavzu: Kirish. Qadimgi sharq tarixi manbashunosligi

Reja:

  1. Qadimgi Misr tarixining asosiy manbashunosligi

  2. Qadimgi Mesopotomiya tarixi manbashunosligi

  3. Kichik Osiyo tarixi manbashunosligi.

  4. Qadimgi Eron manbashunosligi

  5. Qadimgi Xitoy va Hindiston manbashunosligi


Qadimgi Misr tarixining asosiy manbalari. Qadimgi Misr tarixini o’rganish uchun qadimgi Misrning zamonamizgacha saqlanib kelgan ko’pgina yozma yodgorliklari katta ahamiyatga egadir. Yozma manbalardagi ma'lumotlar moddiy madaniyat yodgorliklarini ko’p jihatdan to’ldiradi, bu ma'lumotlar qadimgi zamondagi misrliklar hayotini, texnika, san'at va diniy e'tiqodning rivojlanishini oydinlashtirib beradi. Antik dunyo mualliflarining qadimgi Misr haqida yozgan yoki eslab o’tgan asarlaridan Misr tarixiga oid ko’p ma'lumot olish mumkin. Garchi yunon va rim yozuvchilari qadimgi Misr tarixi va madaniyati haqida ba'zan bir qator qimmatli ma'lumotlar qoldirgan bo’lsalar ham, lekin ularning ma'lumotlari tanqidiy ravishda jiddiy qarashni talab qiladi.

Qadimgi Misr tarixi ko’p xil manbalar orqali o’rganiladi. Bu manbalarni yetti turga bo’lish mumkin:



  1. Yozma manbalar, tarixiy asarlar, badiiy adabiy, ilmiy, diniy matnlar, hujjat va yo’riqnomalar.

  2. Moddiy madaniyat yodgorliklari: shahar, qal'a, ibodatxona, sog'ona, uylar, sopol idishlar, haykallar va h. k.

  3. Xalq og'zaki ijodiyoti: qo’shiq, ertak, maqollar, afsona, axloqiy-etik asarlar.

  4. Tilshunoslik ma'lumotlari.

  5. Etnografiya ma'lumotlari

  6. Antropologiya ma'lumotlari: mumiyo, skelet, freska, relyeflarda odamlarni jismoniy tuzilishini o’rganish mumkin bo’lgan tasvirlar.

  7. Geografik muhit va landshaft, kanallar, yo’llar.

Yozma manbalar: Mashhur fransuz olimi Shampolyo`nning Misr iyerogliflarini o’qishi qadimgi Misr yozuvini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Palermo toshi yozuvlarida V sulolagacha bo’lgan fir'avnlarning ro’yxati sanab o’tilgan va yirik harbiy yurishlar va Nil toshqinlari to’g'risida ma'lumot beradi. Aton va Ra ibodatxonalari (Fivadagi Karnak ibodatxonasi) devorlarida yozilgan «Tutmos III annallari» (XVII sulola) qimmatli yozma manbalardan biri hisoblanadi.

Kohin Manefonning (taxminan er. avv. VI-III asrda) yozilgan asarida misr tarixi eng qadimgi davrdan boshlab bayon qilingan. Manefon 30 sulola ro’yxatini tuzib, ularni uch dekada 10 sulolaga bo’ldi. Bu yangi davrda tadqiqotchilarning Misr tarixini eng muhim davrlarini aniqlashlari uchun jumladan, qadimgi Misr tarixini, qadimgi, o’rta, yangi va so’nggi podsholik davrlariga bo’lish imkoniyatini berdi. Misr arxivlari huquqiy, ish yuritish hujjatlaridan tashkil topgan. Eng qadimgi arxiv podsho Neferikara ibodatxonasida (V sulolasi er. avv. XXV-XXIV asr) topilgan. Eng boy arxivlardan biri Axetaton shahri (El-Amarna)ni qazishda topilgan bo’lib, bu arxivda 350 hujjat mavjud.

Qadimgi Misrdan boy adabiy meros yetib kelgan. Misr adabiyoti namunalaridan nasihatnoma va bashoratlar: «Axtoy nasihatnomasi», «Amenemope nasihatnomasi», «Ipuser so’zlari». Badiiy adabiyot namunalari: «Suzamol dehqon to’g'risidagi qissa», «Sinuxet hikoyalari» va hokazolarni aytish mumkin.

Ertaklar: «Ikki aka-uka to’g'risida», «To’g'ri va egri» haqida «Kemada halokatga uchraganlar» ertagi, «Unu Amonning Biblga sayohati» (Er.avv.XI asr kabilar).

Diniy ruhdagi asarlar: V-VIII sulola fir'avnlari piramidalari ichki devorlarida iyerogliflar bilan tasvirlangan yodgorliklar bo’lib (er.avv.XXIV-XXII asrlar), ular «Piramida matnlari» deb ataladi.

Diniy yozuvlar. O’rta podsholik davrida zodagonlarning yog'och sog'onalarida bitilgan «Sarkofaglar matnlari», qadimgi Misr diniy bosh kitobi hisoblangan «O’liklar kitobi», Memfis ilohiyotshunoslik matnlaridan iborat.




Download 138,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish