1- mavzu: Kirish. Qadimgi sharq tarixi manbashunosligi Reja



Download 138,3 Kb.
bet53/64
Sana25.01.2022
Hajmi138,3 Kb.
#409645
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64
Bog'liq
1-mavzu

Liviya sulolasiga asos solgan Sheshonk I (er. avv. 945-924- yillar) serg’ayrat hukmdor bo’lgan. Luviyaliklarning harbiy kuchlariga va Fiva kohinlariga tayanib turib, Sheshonk I o’zini XYIII-XIX sulola zamonidagi buyuk istilochi fir'avnlarning ishini davom ettiruvchi sifatida ko’rsatib, Karnakdagi ibodatxona yonida «Bubastislar hovlisi» (saroyi) ni bunyod qiladi va katta minora qurdiradi. Sheshonk 1 mamlakatda vaziyatni bir oz barqaror qiladi. U er.avv. 930- yili Falastin ustiga yurish qilib katta»o’ljalar bilan Misrga qaytgan. «Bubastislar hovlisidagi» o’ymakor tasvirlarda va zafarnomalarda Falastinda erishilgan g’alaba tasvirlangan. Bu yerdagi osiyolik asirlardan 156 tasini arqonga bog’lab borayotgan xudo Amonning kattakon tasviri ayniqsa diqqatga sazovordir.

    1. yillarda Tanisda o’tkazilgan qazish vaqtida Sheshonkning hali qo’l tekkizilmagan maqbarasi topildi. Bu maqbaralardan fir'avnning oltin, kumushdan qo’shib ishlangan sarkofagi (tobuti) va unda mumiyolangan fir'avnning yaxshi saqlangan jasadi saqlangan edi.

Sheshonk 1 dan keyin o’tgan podsholar Sheshonkning davlat ishlarini munosib tarzda davom ettira olmaganlar va bunga qulay imkoniyat ham bo’lmagan. Buning sababi Osuriyaning kuchayib ketishi, XXII sulola fir'avnlarining Nil va delta vodiysidan chetga chiqmay shu yerning o’zi bilan cheklanishga majbur qilgan.

Sharqda Osuriya kuchayib ketdi va uning Misr ta’siri ostida bo’lgan hududlarni istilo qila boshladi. Falastin, Finikiya va Suriya osuriyaliklar zulmi ostiga tushib qolishi yaqqol ko’rindi. Suriya, Finikiya va Falastin shahar-davlatlari podsholari birlashib, Osuriya podshosi Salamansarga qarshi bosh ko’taradilar. Karkara yonida Oront daryosi bo’yida er. avv. 853-yilda birlashgan ittifoqchilar va Osuriya qo’shinlari o’rtasida jang bo’lib o’tgan. Fir’avn Osorkon II ittifoqchilarga yordamga ozgina qo’shin yubordi xolos. Afsuski, jangda ittifoqchilar yengiladi. Bu urushdan keyin o’z-o’zidan ma'lumki,Misrning obro’si tushib ketadi. Ichki kurashning keskinlashuvi mamlakatni bir necha kichik davlatlarga ajralib ketishiga olib kelgan. XXII sulola bilan birga XXIII sulola vakillari ham mamlakatni boshqara boshladilar. XXIII sulola vakillari o’zlarini butun Misr fir'avni deb e'lon qilganlar.

Misrning bunday holga tushishi va mayda bo’laklarga bo’linishi haqida o’sha zamondagi esdaliklar «Podsho Petubastis siklidan qissalar» yozma manbasida saqlanib qolgan. Yunon tarixchilari bu davrni «Dodekarxiya» ya'ni, 12 podsholik hukm surgan davr deb ataydilar. Liviyaliklar sulolasidan bo’lgan podsholarga butun mamlakat hududi ham bo’ysunmaganligini Liviya sulolasi podsholari ham o’zlarining rasmiy yozuvlarida yozib o’tishga majbur bo’lganlar. Liviyalik fir'avnlar Yuqori va Quyi Misrdagi liviyalik boshliqlarni va oliy kohinlarni birlashtirishni o’zlarining doimiy siyosiy vazifalari deb bilganlar biroq, ular bu muddaolariga to’liq erisha olmaganlar. Bir vaqtning o’zida ikki sulola vakillari mamlakatni boshqarganlar. Shulardan XXIV sulola vakillari va Petubastis davrida ham Misr o’z qaddini rostlay olmadi. Misrning ichki tushkunliklar tufayli xo’jaligi izdan chiqib, savdo, iqtisodiy va siyosiy vaziyat yomonlashadi.

VII asrda hukmronlik qilgan XXIV sulola vakillari xususan, Bokxoris (721-715 yillar) davlatni inqirozdan qutqarish uchun ayrim islohotlarni amalga oshirilgan. U qarzdorlarni qulga aylantirishga qarshi chiqqan. Lekin bu islohotlar ham mamlakatni inqirozdan chiqara olmagan. Misrdagi bu inqiroz chet ellik bosqinchilarni hujumini yanada tezlashtirgan.

Nil daryosining birinchi sharsharasidan janub tomondagi o’lkalarda azaldan nubiyaliklar yashab kelganlar. Misr fir'avnlari Nubiyada Qadimgi podsholik davridan Nubiyaga o’lja, qullarni bosib olishi, uni yerlarini egallash uchun muntazam bosqinchilik yurishlari olib borganlar. Qattiq hujumlar qilib, uni xarob qilib, kelar edilar. XVIII sulola vakillari zamonida Misr askarlari Nubiyaning 4-sharsharasigacha bo’lgan joylaridagi yerlarni istilo qilib, u yerda mustahkam o’rnashib olishi uchun u Nubiyada shaharlar, qal'alar va ibodatxonalar qurdilar. Natijada Nubiyaning zodagonlari Misr madaniyatini qabul qiladilar. Kohinlarning XXI-XXII sulolalari hukmronlik zamonida Misrning zaiflashganidan foydalangan Nubiya mustaqil bo’ldi. Biroq, Nubiya hokimlari Misrning juda kuchli madaniy ta'siri ostida bo’lganligi sababli o’zlarini Misr fir'avnlari deb ataydilar va yozuvlarini Misr tilida tuzadilar. Nubiya hokimlari muqaddas Amon tog’larining Jabal-Barkal qoyalari yonidagi o’z poytaxtlari Napateda Misrning oliy xudosiga topinganlar. Ular bu xudoni o’zlarining boy xazinalari bo’lgan oltin qonlari sharafiga «Oltin xudo» deb ataganlar. Bu oltin konlari bir vaqtlar Fiva ibodatxonasiga qarashli bo’lgan. Nubiyada er.avv.VIII asrda markazi Napata bo’lgan mustaqil davlat tashkil topadi.


Download 138,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish