1- mavzu: Kirish. Qadimgi sharq tarixi manbashunosligi Reja


Sais sulolasi. Misr davlatining so’nggi yuksalishi



Download 138,3 Kb.
bet55/64
Sana25.01.2022
Hajmi138,3 Kb.
#409645
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64
Bog'liq
1-mavzu

Sais sulolasi. Misr davlatining so’nggi yuksalishi.

Sais Quyi Misrning yirik nomlaridan biri bo’lib, bu shahar deltaning g’arbiy qismida joylashgan. Atrofida botqoq bilan o’ralgan Saisda 665-yildan boshlab, Psammetix hokimlik qilgan. Psammetix (er. avv. 656-610-yillar) Tefnaxt avlodidan bo’lib, liviyalik aslzoda urug’idan kelib chiqqan. U Ashshurbanipalning yordamida ish ko’rgan va osuriyaliklarning sodiq ittifoqchisi bo’lgan Psammetix butun Misrni o’z qo’li ostiga birlashtirib, yangi XXVI sulolaga asos solgan. Bu sulola davrida Misr yangidan ravnak topgan. Biroq, bu Misr davlati va madaniyatining so’nggi marta lekin, kuchsizroq rivoj topgan davri edi. Uzoq davom etgan urushlar va osur qo’shinlarining mamlakatni xarobaga aylantirgan hujumlari natijasida tinkasi qurigan Misr endi o’z chegaralarini dushmandan himoya qilishi va Osiyodagi obrusini saqlash uchun zarur bo’lgan ko’p sonli qo’shinni to’play olmagan. Shu sababli Sais fir'avnlari Kichik Osiyo va yunonlardan yollangan askarlarga tayanib ish ko’rishga majbur bo’lganlar. Yunon tarixchisi Gerodot yunon savdogarlari, yollanma askarlarning Misrga kirib borganligi masalasiga Sais fir'avnlarining « Yunonistonga moyilligi» va o’sha zamonda misrliklar bilan yunonlar o’rtasida juda yaqin madaniy aloqa bo’lganligiga katta e'tibor beradi. Psammetix I taxtga o’tirgandan so’ng, yunon yollanma askarlari va savdogarlariga tayanishga urinadi. Yunonlarning Navkratisdagi savdo koloniyalariga katta-katta imtiyozlar va yengilliklar beradi.

Sais fir'avnlari ichki siyosat sohasida liviyalik harbiy aslzodalar Mirs kohinlari va yunon savdogarlari bilan muvozanatda muomala-munosabatni yo’lga qo’yadilar. Ular Misrning nufuzli kohinlariga qarshi, shuningdek, haligacha ham ba'zi bir mustaqillikka ega bo’lishni da'vo qilib kelayotgan ko’p hokimlarga qarshi kurash olib bordilar.

Psammetix I Fiva kohinlarini o’ziga bo’ysundirib olish uchun o’z qizi Neytikertni Amonning oliy kohini Shepenopet II («xudoning qallig’i»)ga qiz qilib beradi, to’g’rirog’i Shepenopet II ni shunga majbur qiladi. Bu ma'lumot alohida hujjatga yozilgan bo’lib, bizgacha aniq saqlangan.

Psammetix I tushkunlikka yuz tutib borayotgan Osuriyani qo’llashga harakat qilgan. Chunki Psammetix I ning hokimiyatini kuchayishiga Osuriya podsholari katta yordam qilgan edilar. Shuning uchun ham Psammetix I Osuriya davlatining yashab turishidan manfaatdor bo’lgan.

Psammetix I Osuriyaga qo’shin tortib kelayotgan Bobil hukmdori Nabopalasarga qarshi, Osuriyaga yordam berish maqsadida Frot daryosi bo’ylarida paydo bo’ladi. Psammetix I ning o’g’li Nexo ham Osuriyaga yordam berishga ko’p harakat qilgan. Nexo 611-yilda taxtga o’tirgandan so’ng, umumiy kuch bilan Xarranni bosib olish uchun o’z ko’shinlarini Osuriyaga yordamga junatadi. Misr-Osuriya qo’shinlari Karxamesh shahrini ishg’ol qiladilar. Navuxodonosor misrliklar bilan osuriyaliklarni ittifoqchi qo’shinlariga zarba bergan. Karxameshda o’tkazilgan qazishlar natijasida misrliklar bilan yunon yollanma askarlarining bu shaharda bo’lganligini ko’rsatuvchi muhim dalillar topildi. Xususan, yunon buyumlari,Gorgonaning surati solingan ioniy qalqon, shuningdek jezdan yasalgan haykalchalar, Nexoni nomi bitilgan tasvirlar va Psammetix nomi yozilgan uzuk topilgan.

So’nggi podsholik davrining Sais sulolasi hukmronligi davrida yunonlar bilan do’stona munosabatlar yaxshilangan. Gerodotning yozishicha, yunonlar Psammetix II huzuriga elchi yuborib, Olimpiya musobaqalarini qanday qilsak, yaxshiroq o’tkazishimiz mumkin deb, misrliklardan maslahat so’raganlar. Qadimgi misrliklarning donishmandligi va ularning madaniy taraqqiyoti yuksak bo’lganligini yunonlar tomonidan har doim zavq bilan maqtalgan.

Sais davrining keyingi podsholari Uaxibra (Apriy) bilan Yaxmos II (Amazis) o’tmish doshlari siyosatni davom ettirganlar. Korinf dubulg’asida podsho Uaxibraning tasviri saqlanib qolgan. Misr fir'avni kiyinishda yunonlarga taqlid qilganligi ma'lum. Podshoning yunonlarga moyillik siyosati Misr aholisi o’rtasida norozilik tug’dirgan va qo’zg’olon ko’tarilgan. Yaxmos isyonchilarga bosh bo’lib, asosan, yunon yollanma askarlaridan iborat qo’shinlarni tor-mor keltirgan va hokimiyatni o’z qo’liga olgan.

Yaxmos II yunon ibodatxonalariga katta sovg’alar yuborib, bu bilan yunonlarning o’ziga nisbatan do’stona munosabatda bo’lishga, ularni yordam berishi va qo’llashiga erishgan. Yaxmos II ning faol tashqi siyosat olib borganligi Bobil yozuvlarining birida aks etgan. Bu yozuvda Misr qo’shinlarining hujumlari haqida gapiriladi va Amazisning nomi tilga olingan. Lekin bu davr mustaqil Misr davlatining so’nggi yillari edi. Sharqdan Eron kuchayib butun sharq dunyosini o’ziga bo’ysundirishga harakat qilayotgan edi. Eronning kuchli qo’shini hujumini qaytarishga Misrda yetarli kuch yo’q edi. Yaxmos II dan so’ng, Eron podshosi Kambis 525-yilda Misr yerlariga bostirib kirib, Pelusiya yonida bo’lgan jangda Misr ustidan g’alaba qozongan. Psammetix III taxtdan ag’darilgan.Shunday qilib, bir vaqtlar dovrug’i dunyoni egallagan Misr davlati endilikda Eron qo’shinlari tomonidan istilo qilinadi.


Download 138,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish