Antik mualliflar asarlari Antik mualliflar Mesopotamiya tabiati, iqlimi va aholisining urf-odatlari, diniy e'tiqodlari, yutuqlari va tarixiy afsonalari to’g’risida qimmatli ma’lumotlar yozuvlar qoldirdilar.
Eng batafsil ma'lumotlarni Mesopotamiyaga sayohat qilgan yunon tarixchisi Gerodot qoldirgan (er. avv V asr). Gerodotning kichik zamondoshi ko’p yillar Eronda bo’lgan knidlik Ktesiy 23 kitobdan iborat «Eron tarixi» asarida Mesopotamiyaga ancha katta o’rin ajratgan. Ammo Ktesiy tarixini bayon qilish afsonaviy an'analarga asoslangan bo’lib voqealarni soxtalashtirish, xatolarni ko’pligi uchraydi. Er.avv. V asrda fors shahzodasi Kirning yollanma qo’shinida askar bo’lib Mesopotamiyaga kelgan yunon Ksenofontning «Kiropediya» va «Anabasis» asarlarida Dajla va Frot daryo vodiylari tasviri, mamlakat xalqlari va urf-odatlari to’g’risida ma'lumotlar berilgan.
Strabonning «Geografiya»sida (er. avv. I asr-eramizning I asri) 16 kitob Mesopotamiyaga maxsus bag’ishlanib boy ma'lumotlar beradi. Mesopotamiya tarixi bo’yicha bir qancha ma'lumotlar Iosif Flaviy va Rim tarixichisi Pompey Trog asarlarida uchraydi.
Tarixnavislik Mixxatni deshifrovkasi (o’qilishi). Mesopotamiya, Eronga birinchi ilmiy safar qilgan kishi XVII asrda daniyalik olim K.Nibur edi. U Yevropaga qadimgi Eron poytaxti Persepol saroyidan mixxat yozuvlarini olib keldi.
1802 yilda klassik fanlar o’qituvchisi nemis olimi Grotofend 39 ta belgidan 10 ta mixxatni o’qidi. XIX asrning 30-40 yillarida Yaqin Sharqda uzoq yillar ishlagan ingliz harbiysi va diplomati G.Roulingson mixxatlarni o’qilishida katta hissa qo’shdi. U Eronda Xamadon (Midiyaning qadimgi poytaxti Ekbatana) shahri yaqinida Behistun qoyasida Doro I ning uch tildagi ulkan yozuvini topdi. 1947 - yilda Roulingson yozuvning Bobil qismidagi 600 belgidan 250 tasini aniqladi. Olimlar J.Oppenxeym, E.Xinks va boshqalar Mesopotamiyaning Akkad mixxatlarini o’qishga o’z hyissalarin qo’shdilar. 1855 - yilda Behistun yozuvining uchinchi qismi elam tilidagi mixxatlar ham olimlar tomonidan o’qildi.
XIX asrning 90-yillarida nemis olimi F.Delich akkad tilining grammatikasi va lug’atini yaratdi.
Shumer mixxat yozuvini o’qish keyinroq XIX asrning I yarmida F. Tyurgo-Danjan, O. Pepel, A. Daymel va A. Falkenshteynlar tomonidan amalga oshirildi. Arxeologik ma'lumotlar Qadimgi Mesopotamiyadagi birinchi arxeologik qazishmalar XIX asr o’rtalarida uning shimoliy qismi Osuriya joylashgan joyda amalga oshirildi. 1842- yil fransuz diplomati P.Botta Kunjik tepaligini qazishni boshladi. Chunki bu joy mahalliy afsonalarga ko’ra Osuriya davlatining poytaxti Nineviya bo’lgan. Ammo tepalikni qazish aytarli natija bermagach, u bu yerda ishni tugatib Xorsabod qishlog`ida qazish ishlarini boshladi. U bu joyda 1843 - yil Osuriya podshosi Sargon II ning Dur-Sharrukin saroyi qoldiqlarini topdi. Botta topgan yodgorliklar Luvr muzeyining Osuriya kolleksiyasining asos bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |