Midiya va Eron tarixi bo’yicha ma'lumot beradigan manbalardan biri bu yunon mualliflarining asarlari hisoblanadi. Gerodot (er.avv. V asr)ning tarixi, Fukidid (er.avv. V asr) tarixi, Ksenofontning «Yunon tarixi» asari, uning «Anabasis» memuari, sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona»si kabi asarlar qadimgi fors tarixiga oid boy siyosiy, ijtimoiy, harbiy-diplomatik ma'lumotlar beradi.
Eronda mezolit va neolit davriga oid manzilgohlar, arxeologik topilmalar, kulolchilik buyumlari Suza shahrining ilk qatlamlari yodgorliklari, Eron poytaxt shaharlari Suza, Ekbatana, Pasargad xarobalaridan topilgan ulug’vor haykallar, qoya tosh relyeflari qimmatbaho metallardan qilingan buyumlar-riton-qadahlar, harbiy qurollar va taqinchoq-bezaklar topib o’rganilgan. Yevropa olimlari J. de Margo va Grishman bu qadimgi shaharlar xarobalarini o’rganib, eronshunoslik faniga muhim hissa qo’shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |