1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining


yuradigan  tezkor  poyezdlar,  eng  zomanaviy  avtomobillar  «Toyota»,  «Xonda»,  «Nissan»  hisoblanadi.  Sanoati



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

 
yuradigan  tezkor 
poyezdlar,  eng  zomanaviy  avtomobillar  «Toyota»,  «Xonda»,  «Nissan» 
hisoblanadi. 
Sanoati. 
Yaponiyaning  yoqilg„i  xom  ashyo  bazasi  juda 
cheklangan.  Gidro,  geotermal,  quyosh,  dengiz  elektr  stansiyalari  ham 
o„z  hissasini  qo„shsalarda  ,  asosiy  ishni  import  yoqilg„ilar  asosida 
ishlaydigan  IES  va  AES  lar  bajaradi.  Shu  sababli  Yaponiya  elektr 
energetikasida  tobora  AESlar  hissasi  ortib  bormoqda.  Hozirgi  vaqtda 
mamlakatda  30  dan  ortiq  Atom  elektr  stansiyalari  qurilgan. 
Energiyaning  4/5  qismi  chetdan  keltiriladigan  xom-ashyodan  ishlab 
chiqarilishiga  qaramay,  mamlakatda  yuqori  darajada  rivojlangan 
energetika xo„jaligi bor. Chetdan keltiriladigan neft asosida neftni qayta 
ishlovchi  va  neft-kimyosi  sanoati  o„sib  chiqdi.  Bu  sanoat  korxonalari 
Xonsyu  va  Kyusyu  orollarining  urbanizatsiyalashgan  polasasidagi 
shaharlarda  joylashgan.  Yaponiyada  yangi  texnika  bilan  jihozlangan 


 
89 
juda  katta  metallurgiya  kombinatlari  mavjud.    Dunyodagi  eng  katta 
domna  pechlari  ishlab  turibdi,  pulatning  3/4  qismidan  ko„prog„i 
konverterlarda  keslorod  yordamida  eritiladi.  Qora  metallurgiya 
yo„nalishida  ishlab  chiqarishning  yiriklashuvi  va  texnikaviy 
jihozlanganlik 
darajasi 
jihatdan 
Yaponiya 
barcha 
rivojlangan 
mamlakatlardan  o„zib  ketdi.  Yangi  kombinatlar  Markaziy  Xonsyuning 
chetdan  temir  rudasi,  temir-tersaklar  va  kokslanuvchi  ko„mir 
keltiriladigan  port  shaharlarida  qurildi.  Chetdan  keltiriladigan  boksit  va 
boshqa 
xomashyolarga 
mo„ljallangan 
rangdor 
metallurgiyach 
korxonalari ham shu yerda bunyod etildi. 
Yaponiyada  og„ir  sanoatining  yetakchi  tarmog„i  mashinasozlik 
sanoati 
hisoblanadi. 
Transport 
mashinasozligi, 
stanoksozlik, 
elektrotexnika  buyumlari,  elektronmashinalar,  tibbiyot  apparaturalari 
hamda  to„qimachilik  va  oziq-ovqat  sanoatlari  uchun  jihozlar  ishlab 
chiqarish,  ayniqsa,  keng  rivojlangan.  Avtomobilsozlikda  Yaponiya 
dunyoda  yetakchilik  qilmoqda.  U  yiliga  12-13  mln.  dan  ortiq 
avtomobillar  (shuning  8  mln.  dan  ortig„i  yengil  avtomobillar)  ishlab 
chiqaradi.  Yaponiya  kemasozligi  juda  xilma-xil:  Iokogama,  Osaka, 
Kobe,  Nagasaki  va  boshqa  ko„p  markazlarning  kemasozlik 
korxonalarida  dunyoda  eng  yirik  supertankerlar,  kit  ovlaydigan  har  xil 
kemalar,  yuk  tashish  uchun  belgilangan  kichik  kemalar  ishlab 
chiqariladi.  Sanoatning  yangi  tarmog„i  bo„lgan  elektron  sanoati  yuqori 
darajada  rivojlangan.  Yaponiyaning  tranzestorli  radio  priyomniklari, 
kinokameralari,  fotoapparatlari,  televizorlari  jahon  bozorida  keng 
tanilgan.  Turli  ixtisosli  mashinasozlik  korxonalari  Xonsyu  va  Shimoliy 
Kyusyu  orollaridagi  aholi  zich  yashaydigan  polosa  shaharlarida 
to„plangan. 
Tez  rivojlanib  borayotgan  kimyo  sanoati  ham  turli  tuman 
mahsulotlar  ishlab  chiqaradi.  Soha  sanoati  qisman  o„z  xomashyosi-
yog„och, koks chiqindisi va boshqalarga nisbatan chetdan keltiriladigan 
neft  va  suyultirilgan  gazdan  ko„proq  foydalaniladi.  Organik  sintez 
kimyosining  keng  ko„lamida  rivojlanganligi  Yaponiyaga  sanoatni 
xomashyo bilan ta‟minlash muammosini hal etishda yordam bermoqda. 
Metall  detallar  asta  sekin  plastmassa  detallar  bilan  almashtirilmoqda, 
sintetik tola hozirgi vaqtda mamlakat ishlab chiqariladigan to„qimachilik 
tolasining  9/10  qismini  tashkil  etmoqda.  Kimyo  zavodlari  ham 
mashinasozlik  korxonalari  kabi  Xonsyu  orolining  sharqiy  sohilidagi  va 
shimoliy  Kyusyudagi  port  shaharlarda  va  neftni  qayta  ishlash  hamda 
metallurgiya markazlari yaqinida joylashgan. 


 
90 
Shimoliy  Xonsyu  va  Xokaydo  orollaridagi  anchagina  o„rmon 
massalari Yaponiyaning yog„ochsozlik sanoatini xomashyo bilan qisman 
ta‟minlaydi, o„rmon xomashyosining ko„p qismi chetdan keltiriladi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish