1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining


Aholisi  va  davlat  tuzimi



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

Aholisi  va  davlat  tuzimi.
  Yaponiyaning  aholisi  127,3  mln. 
kishi. Aholisining soni bo„yicha jahon mamlakatlari orasida sakkizinchi 
o„rinda  turadi.  Yaponiya  keyingi  o„n  yillar  davomida  aholi  tabiiy 
o„sishning  haraktiri  keskin  darajada  o„zgardi.  Yaponiya  aholi 
ko„payishining ikkinchi tipidan birinchi tipiga o„tgan Osiyodagi birinchi 
mamlakat  bo„ldi.  Hozirgi  vaqtda  har  1000  aholi  hisobiga  to„g„ilish  10 
kishiga,  o„lim  esa  7  kishiga  to„g„ri  kelmoqda  yoki  mamlakat  aholisi 
yiliga  o„rtacha  275  ming  kishiga  ko„paymoqda.  Unda  bolalar  o„limi 
ko„rsatkichlari jahonda eng pastdir. Shu bilan birga  aholisi  o„rtacha 80 
yoshdan  ortiqroq  umr  ko„rmoqda.  Bu  ko„rsatkichlarga  erishishda 
mamlakatda  olib  borilayotgan  optimal,  demografik  siyosat,  aholining 
yutuk  ijtimoiy  hayot  tarzi,  oilani  rivojlantirish  yo„nalishlari,  qo„lga 
kiritilgan yutuqlar muhim rol uynamoqda. 
Yaponiya  milliy  tarkibiga  ko„ra,  nihoyatda  bir  xildir.  U  tipik  bir 
millatli mamlakat bo„lib, yaponlar aholining 99% ga yaqini tashkil etadi. 
Yapon  tili  juda  o„ziga  xos  bo„lib,  jahondagi  til  oilalardan  birontasiga 
kirmaydi. 
Yaponiyada aholining o„rtacha zichligi 1 km
2
 maydonda 338 kishi 
to„g„ri keladi. Agar mamlakat aholisining asosiy qismi maydonining 10 


 
87 
foizida  yashashni  hisobga  olsak,  amalda  aholi  yashaydigan  hududlarda 
bu ko„rsatkich ming kishini tashkil qiladi. 
Yaponiya  yuqori  darajada  urbanizatsiyalashgan  davlatlar  qatoriga 
kiradi. Unda jami aholining 76 foizidan ko„prog„i shaharlarda yashaydi. 
Mamlakatda  yirik  shaharlar  soni  200  dan  ortadi.  Eng  yirik  shahri 
mamlakatning  poytaxti  Tokio  bo„lib,  unda  9  mln.  dan  ko„proq  aholi 
istiqomat qiladi. Aholisi 1 mln. dan ortiq bo„lgan  yana 6 ta shahri bor. 
Mamlakatda  yirik  shahar  aglomiratsiyalari  shakllangan.  Tokio-Nagoya-
Osaka  yo„nalishi  bo„ylab  600  km.  dan  ortiq  masofaga  cho„zilgan 
hududida  dunyodagi  eng  yirik  megopolislardan  biri  Tokaydo  tashkil 
topgan. 
Hozirgi  vaqtda  aholisi  50  ming  kishidan  ortiq  bo„lgan  aholi  zich 
yashaydigan  hamda  odamlarning  ko„pchiligi  shaharlarga  xos  mehnatda 
band bo„lgan aholi rayonlari shaharlar deb ataladigan bo„ldi. 
Mamlakatda ikki asosiy din-sintoizm va buddizm mavjud. 
Yaponiya-yuksak madaniyat va yoppasiga savodxonlik mamlakati 
bo„lib,  unda  bolalarni  o„qitish  va  tarbiyalashga  ularning  yoshligidan 
katta  e‟tibor  beriladi.  Yaponiyadagi  universitetlar  soni  butun  G„arbiy 
Yevropadagidan ko„p. 
Jami  iqtisodiy  faol  ish  bilan  band  aholi  (52,2  mln  nafar)ning  27 
foizi sanoatda, 22 foizi savdoda, 12,6 foizi qishloq xo„jaligida ishlaydi. 
Ikkinchi  jahon  urushi  arafasida  iqtisodiy  faol  aholining  asosiy 
qismi qishloq xo„jaligi va baliq ovlash bilan band bo„lgan, endilikda esa 
sanoatda  qishloq  xo„jaligi  bilan  baliq  ovlashdagiga  qaraganda  ikki 
barobar  ko„p  kishi  ishlamoqda.  Moddiy  boylik  ishlab  chiqarmaydigan 
sohalarda 
ishlovchi 
xodimlar, 
xizmatchilar, 
ilmiy 
xodimlar, 
mehmonxona xizmatlari va boshqalarning soni ko„payib bormoqda. 
Yaponiya  –  konstitutsion  monarxiya  davlatdir.  Amaldagi 
konstitutsiyasi  1947  yil  3  mayda  kuchga  kirgan.  Yaponiyaning  
imperatori  konstitutsiyasiga  ko„ra  «Davlat  va  xalq  birligi  ramzi» 
hisoblanadi.  U  parlament  tavsiyasiga  ko„ra,  bosh  vazirni  hukumat 
tavsiyasiga  ko„ra,  Oliy  sud  raisi  va  a‟zolarini  tayinlaydi,  shuningdek, 
hukumat  a‟zolarini  vazirlariga  tayinlaydi,  iste‟folarini  qabul  qiladi, 
parlamentni  chaqiradi  va  hakozo.  Oliy  hokimiyat  organi  2  palatali 
parlament  (vakillar  palatasi  4  yilga  maslahatchilar  palatasi  6  yilga 
saylanadi), 
20 
yoshga 
to„lganlar 
saylov 
huquqi 
beriladi. 
Konstitutsiyasiga  ko„ra,  parlament  hukumat  faoliyatini  nazorat  qilib 
turadi, xalqaro shartnomalarni tasdiqlaydi. 


 
88 
4. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish