1993 yil
1996 yil
1997 yil
2002 yil
Ekin maydonlari, ming gektar
Jami ekin maydonlari
4229,7
4007,0
4116,2
3540,8
Jumladan, g„alla ekinlari
1280,3
1740,5
1757,3
1393,7
Texnika ekinlari
1731,8
1525,1
1536,0
1462,2
Paxta
1695,1
1487,3
1511,9
1421,0
Kartoshka
44,5
44,3
57,4
48,9
Sabzavot
151,9
131,0
129,1
127,5
Poliz ekinlari
48,1
39,3
35,9
37,3
Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish(ming.t)
Don
2142,4
3562,0
3775,6
3550,8
Shu jumladan bug„doy
876,0
2741,8
3073,0
4967,4
Paxta
4234,5
3350,1
3645,0
3122,4
Kartoshka
472,4
513,5
691,9
777,2
Sabzavot
3038,7
2497,4
2384,2
2953,0
Poliz ekinlari
622,3
469,7
367,6
475,4
Meva
560,1
604,8
547,7
818,5
Uzum
381
478,3
511,5
516,4
Dehqonchilik.
O„zbekiston qishloq xo„jaligining yetakchi
tarmog„i, dehqonchilikning qishloq xo„jaligi yalpi mahsulotdagi hissasi
65-70 foizni tashkil qiladi. Mamlakat tabiiy-iqtisodiy sharoitiga ko„ra,
uning turli mintaqalarida aholi so„g„orish va lalmikor dehqonchilik bilan
shug„ullanib kelgan.
Lalmikor dehqonchilik maydoni 1 mln. ga dan ko„p bo„lib, ular
asosan adir zonalarda joylashgan. Bu yerlarda bo„g„doy, tariq, no„xat,
ko„njut, zig„ir, lalmi qovun va tarvuz ekiladi, bog„dorchilik qilinadi.
Sug„oriladigan yerlar 1941 yilda 1,8 mln.ga bo„lsa, Mirzacho„l,
Qarshi, Jizzax, Surxon-Sherobod cho„llarining o„zlashtirilishi, Markaziy
Farg„onada yangi yerlar ochilishi natijasida 1998 yilga kelib 4,2 mln.ga
dan oshdi.
Sug„oriladigan yerlar jami yer resurslarining atigi 9,3 foizini
tashkil qiladi, ammo dehqonchilik yalpi mahsulotining 98,5 foizini
beradi.
186
186
Respublikada dehqonchilikning yetakchi tarmog„ini paxtachilik
tashkil etadi. Paxtachilikning pirovard asosiy mahsuloti – paxta tolasi va
paxta moyidir. 1 t. paxta xom ashyosidan o„rtacha 320-350 kg tola (3500
m
2
gazlama), 10 kg momiq, 620 kg chigit olinadi. O„z navbatida 620 kg
chigitdan 110 kg moy, 225 kg kunjara, 175 kg shulxa, 35 kg linb, 30 kg
tuk (delint) chiqadi. Umuman g„o„zadan olinadigan mahsulotlar asosida
sanoat usulida 1200 dan ko„proq, turli mahsulotlar ishlab chiqarish
mumkin.
O„zbekiston jahonda (AQSHdan keyin) paxta tolasi eksport
qiladigan eng yirik mamlakat. Paxtachilik agrosanoat majmui respublika
xalq xo„jaligining 70 foizdan ko„proq tarmoqlari bilan texnika va
texnologik jihatdan bog„liq. O„zbekiston paxtachiligi mamlakatda
mustaqillik qo„lga kiritilishi bilan o„z geografiyasini birmuncha
qisqartirdi. G„o„za 1986 yilda 2091,2 ming.ga yerga ekilgan bo„lsa,
1998 yilda 1521,6 ming.ga yerga ekildi. O„zbekiston paxtachiligini 2001
yil bo„yicha tahlil qiladigan bo„lsak, paxta 1452,1 ming.ga ekin
maydoniga ekilgan bo„lib, yalpi hosil 3264,6 ming. t, o„rtacha
hosildorlik 23,3 s/ga tashkil qilgan. Paxta xom ashyosini yetishtirishda
Andijon, Farg„ona, Buxoro, Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlarining
salmog„i katta.
So„nggi yillarda paxta hosildorligini oshirish mahsadida,
paxtachilikni mexanizatsiyalash, kimyolashtirishni, undan tashqari
g„o„za seleksiyasi va urug„chiligini yaxshilash chora-tadbirlari olib
borilmoqda.
Dehqonchilik aholini bevosita oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta‟minlashda birlamchi o„rin tutadi. Undan tashqari chorvochilikning
yem-xashak bazasi ham hisoblanadi.
Respublika donchiligi ko„p xil ekinlar turini o„z ichiga oladi. Don
olish uchun bug„doy, arpa, javdar, sholi, suli,makkajo„xori, oq jo„xori,
tariq, dukakli don ekinlari-no„xat, mosh, loviya, yeryong„oq, moyli don
ekinlari-zig„ir, kunjut, soya, yeryong„oq, kunjut, maxsar, kungaboqar va
boshqalar yetishtiriladi. G„allachilik mustaqillikdan so„ng yanada
rivojlandi. 2002 yilda mamlakatning lalmikor, shartli so„g„oriladigan va
so„g„oriladigan zonasida salkam 1,53 mln.ga yerga bo„g„doy ekildi va
5,5 mln. tonna hosil yig„ib olindi. O„zbekiston g„allachiligida
sholikorlikning ham o„rni katta. Respublikamizda Xorazm viloyatiga
sholi
ekish
maydonlarining
va
yalpi
hosilining
43,2
foizi,
Qoraqalpog„iston Respublikasiga 37 foizi to„g„ri keladi. 1998 yilda
mamlakatda salkam 150 ming.ga yerga sholi ekilgan va 346,5 ming
187
187
tonna hosil olingan. Umuman olganda g„alla ekinlaridan mo„l-hosil olish
uchun uning yangidan-yangi navlari yaratilmoqda.
Toshkent viloyatining yuqori Chirchiq va Quyi Chirchiq
tumanlarida kanopchilik rivojlangan, bu o„simlik poyasidan tola,
gazlama, qop, brezent, kanop arqon va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
Mamlakatimizning ayrim hududlarida aholi tamakichilik bilan
shug„ullanadi. Samarqand viloyatining Urgut tumani tamakichilikka
ixtisoslashgan. Respublikamizning tabiiy iqlim sharoiti kartoshka,
sabzovat,
poliz
ekinlarini
yetishtirishga
qulay
hisoblanadi.
Kartoshkaning yalpi hosili 2001 yilda 744,4 ming. tonnani tashkil etgan.
Yalpi hosili saomog„i bo„yicha Samarqand viloyati 23,9%, Toshkent
viloyati 17,3%, Farg„ona viloyati 10,7%, Namangan viloyati 10,5% ni
tashkil qilgan holda respublikada salmoqli o„rinni egallaydi.
O„zbekistonning agroiqlim issiq resurslari har qanday meva va uzum
donasining qandlik darajasini oshirishga qodir.
Mamlakatimizda 2002 yilda o„rtacha 842,9 ming.t. meva va 500
ming,t. atrofida uzum hosili yig„ib olindi. Mevachilikda Andijon (20
foiz),
Samarqand,
Namangan,
Farg„ona,
Toshkent
(11-12)
viloyatlarining, uzumchilikda esa Samarqand (27 foiz) viloyatining
salmog„i kattadir.
Chorvachilik.
O„zbekisiton
chorvachilikning
qadimiy
markazlaridan biri. Respublikaning tuproq va tabiiy iqlim sharoitlari-
unumdor sug„oriladigan yerlar, bepoyon qir-adirlar, dasht-cho„l va tog„
oldi
yaylovlari
chorvachilikning
rivojlanishi
uchun
qulay.
Sug„oriladigan
yerlarda
asosan
qoramolchilik,
chuchqachilik,
parandachilik, quyonchilik, asalarichilik, qir-adirlar, dasht-cho„l va tog„
oldi yaylovlarida esa qo„ychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, suv
havzalarida baliqchilik rivojlangan.
Chorvochilikni rivojlantirishning muhim omillaridan biri uning
ozuqa bazasi hisoblanadi. Shuning uchun yaylovlar holatini yaxshilash,
ozuqabop ekinlar maydonini kengaytirish, omuxta yem ishlab
chiqarishni ko„paytirishga e‟tibor berilmoqda. Mamlakatda yem-xashak
ekinlari jami ekin maydonining 25 foizini tashkil qiladi.
Qoramolchilik respublika chorvachiligida yetakchi tarmoq.
Respublikada yetishtirilayotgan go„shtning to„rtdan uch qismi va sutning
hammasini beradi. Mamlakatda, uning mintaqalararo agroiqlim
xususiyatlariga ko„ra, sut, sut-go„sht yo„nalishidagi qoramolchilik
sohalarida, yirik shahar atrofii xo„jaliklarida hamda yangidan
188
188
sug„orilgan mintaqalarda, go„sht-sut, go„sht yo„nalishidagi qoramol
zotlari esa tog„ –tog„oldi mintaqalarida rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |