3. Transport tarmoqlarini (temir yo„l, avtomobil, havo, quvur)
joylanish xususiyatlari.
Mamlakatimiz transport tarmog„i temir yo„l,
avtomobil, havo quvurlar va daryo suv yo„llaridan transport turlari
orasida yetakchi va muhim o„rinni temir yo„llar egallaydi. Mamlakatda
tashiladigan yuklarning 66 foiziga yaqini transportning ana shu tarmog„i
zimmasiga tushadi va bu transport mamlakat transport tizimining
negizini tashkil etadi.
Eksport va import qilinadigan yuklarning qariyib 80 foizi ham
temir yo„l transporti orqali amalga oshiriladi. Ushbu yo„l yordamida
yiliga 15 mln. dan ortiq yo„lovchi tashilmoqda.
O„zbekistonda temir yo„llar qurish o„zining ma‟lum tarixiga ega.
Mamlakat hududida birinchi temir yo„l 1888 yilda Farob stansiyasidan
Samarqand shahrigacha qurilgan bo„lib, u Turkmanboshi – Chortuy
temir yo„l tarmog„ining davomi edi. Uning qurilishi keyinchalik davom
ettirilib, 1899 yili Andijon va Toshkent shahrigacha yetkazilgan edi.
O„rta Osiyoning, shu jumladan, O„zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotida 30-yillarda qurilgan, uzunligi 1400 km dan ziyod bo„lgan
Turksib (Turkiston-Sibir) temir yo„l magistralining bunyod etilishi o„z
davrida muhim ahaamiyatga ega bo„ladi.
Uzunligi 410 km bo„lgan Qo„ng„irot-Beynov temir yo„l
tarmog„ining ishga tushirilishi O„rta Osiyo iqtisodiy mintaqasidan
Qozog„istonga sobiq SSSRning Yevropa qismiga, Kavkaz hududlariga
ikkinchi yo„l orqali chiqish imkonini yaratdi. Yuk va yo„lovchilarni
198
198
uzoq aylanma yo„llar orqali tashishga barham berish transport
harajatlarini kamaytirishga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
Mamlakat temir yo„llarining umumiy uzunligi 20-yillar boshida
15-89 km ni tashkil etgan bo„lsa, hozirga kelib u 7000 km ga yetdi. Shu
jumladan, elektrlashtirilgan temir yo„llar uzunligi 587 km ni yoki
umumiy temir yo„l uzunligining 16,1 foizini tashkil etgan holda
elektrlashtirish davom etmoqda. Temir yo„llar uzunligi hali ham talab
darajasida emas, shuning uchun bu borada bir qancha ishlar amalga
oshirilmoqda.
Samarqand, Sirdaryo, Farg„ona, Qashqadaryo viloyatlari temir
yo„l tarmoqlari bilan biroz yaxshi ta‟minlangan. Qoraqalpog„iston
respublikasi, Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari esa bu borada
ancha orqada.
O„zbekiston respublikasi hukumati 1995 yil avgust oyida G„uzor-
Boysun-Qumqo„rg„on temir yo„lini qurish to„g„risida qaror qabul qildi.
Ushbu yo„l mamlakatimizning janubiy hududlari-Qashqadaryo va
Surxondaryo viloyatlari tabiiy boyliklari hamda mavjud boshqa
imkoniyatlardan unumli samarali foydalanish imkonini beradi.
Respublikaning xorijga, jumladan, mamlakatimiz janubidagi
davlatlarga chiqishda Mashhad – Seraxs – Tajan temir yo„lining
qurilishi katta voqea bo„ldi. 1996 yil 13 mayda Eron Islom
respublikasining Mashhad shahrida uzunligi salkam 300 km bo„lgan bu
temir yo„l tarmog„ining ochilish marosimi bo„lib o„tdi.
2001 yilda uzunligi 500 km bo„lgan Uchquduq Sulton Uvays-
Nukus temir yo„lining bir qismi ishga tushgan bo„lsa, hozirda bu loyiha
oxiriga yetkazilib, mamlakatimiz iqtisodiyotidagi muhim voqea bo„ldi.
Xulosa qilib aytganda, temir yo„l transporti jahaondagi barcha
mamlakatlar iqtisodiyotining muhim aloqa vositasi bo„lib hisoblanadi.
Mamlakatimiz uchun esa uning ahamiyati yana ham katta. Chunki,
Respublika chetga chiqish uchun zarur bo„ladigan suv yo„llaridan olis
bo„lganligi uchun temir yo„l transporti mamlakatni jahon mamlakatlari
bilan bog„lab turuvchi asosiy vositadir.
O„zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida transport
tizimining yana bir muhim qismi bo„lgan avtomobil transporti va
avtomobil yo„llari ham katta o„rin tutadi. Milliy iqtisodiyotning
avtomobil transportidan foydalanmaydigan birorta sohasi yo„q.
O„zbekiston yer sirti tuzilishining murakkabligi, ya‟ni uning xalq
xo„jalik, yassi tog„liklarning mavjudligi bir tomondan, temir yo„l
199
199
transportini rivojlantirishni tabiiy ravishda chegaralangan, ikkinchi
tomondan esa, avtomobil transportini rivojlantirishni taqozo etgan.
Respublikada avtomobil yo„llarining jami uzunligi 115 ming km
dan ortiq. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo„llarining uzunligi
43,4 ming km, jumladan 3243 km xalqaro, 18801 km davlat
(respublika), 21439 km mahalliy (viloyat) ahamiyatiga ega bo„lgan
yo„ldir. Shuningdek respublikada idoralar (korxona, jamoa xo„jaliklarga,
xo„jalik tashkilotlari) ga qarashli yo„llar ham mavjud.
Mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo„lgan avtomobtl
yo„llari jumlasiga, eng avvalo Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo,
Surxondaryo va boshqa viloyatlar orqali o„tgan katta O„zbek avtomobil
trakti kiradi. 1940 yili qurib bitkazilgan va 700 km dan uzunlikka ega
bo„lgan ushbu ravon yo„l qanchadan – qancha yuk va yo„lovchilar
tashishga va hududlar orasida transport xizmati ko„rsatishni
yaxshilashga olib keldi.
Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin Farg„ona vodiysidan
uch viloyat va qator shaharlarni, jumladan Qo„qon, Marg„ilon, Asaka,
Andijon, Namangan, Chust shaharlarini bog„lab turuvchi aylanma yo„l
qayta qurildi. Shuningdek, Toshkent –O„sh, Samarqand - Ashxabod-
Turkmanboshi, Toshkent xalqa yo„li, Nukus-G„uzor, Qo„ng„irot-Beynov
kabi yana qator avtomobil yo„llari ham O„zbekistonning ijtimoiy-
iqtisodiy hayotida katta ahamiyat kasb etadi.
Respublika hukumati mamlakatimizning markaziy va g„arbiy
qismlaridan hududlarini Farg„ona viloyatlari bilan aloqasini yaxshilash
maqsadida Toshkent-O„sh yo„lining Angren suv omboridan Farg„ona
vodiysiga kirib borguncha qismini qayta qurish bo„yicha maxsus qaror
qabul qildi. Bu maqsadni ko„zlab Qamchiq va Rezak davonlarida
avtomobil transporti harakati uchun mo„ljallangan tonellar qurish ishlari
muvaffaqiyatli yakunlanadi.Qamchiq tonnelining uzunligi 890, Rezak
tonnelining uzunligi esa 368 metrga teng bo„ldi.
Respublikada xalqaro avtomobil yo„llari bilan bog„laydigan yo„llar
qurish ishlariga ham e‟tibor kuchaydi. Jumladan, Xitoy Xalq
Respublikasiga chiqish uchun imkon to„g„diradigan Andijon – O„sh –
Ergashtom – Qashqar avtomobil yo„lining qurilishiga O„zbekiston o„z
hissasini qo„shmoqda.
Ko„pgina mamlakatlarda bo„lgani kabi, O„zbekistonda ham
xalqaro yo„nalishlarda yuklarni avtomobillarda tashish bo„yicha
Uyushma tashkil etilgan. Jeneva shahrida avtomobil transporti xalqaro
uyushmasi kongressida O„zbekiston ham bu nufuzli tashkilotga a‟zo
200
200
bo„lib kirdi. Ushbu uyushma Respublikamiz hududida boshqa
mamlakatlar yuk tashuvchilarining manfaatlarini muhofaza qiladi va
avtomobil yo„llari holati, yoqilg„i narxi, yo„l uchun to„lov bahosi va
boshqa masalalar bo„yicha zarur ma‟lumotlar bilan xabardor etib turadi.
Mamlakatimizning ichki va tashqi aloqalarida havo transportining
ahamiyati ayniqsa, O„zbekistonning jahon hamjamiyatiga chuqur kirib
borishi bilan dolzarblik kasb etmoqda.
Respublika havo transporti – fuqaro aviatsiyasi tarixi 1920
yillardan boshlanadi. 1924 yil 12 mayda uzunligi 800 km bo„lgan
Toshkent – Avliyoota (janubiy) – Pishpek (Bishkek) – Olmaota
marshrutida dastlabki yo„lovchilar tashish amalga oshirildi. O„sha yili
uzunligi 450 km bo„lgan Kogon-Oqto„qay – Darg„onota – Hiva hamda
Buxoro-Termiz – Dushanbe havo yo„llari ochildi. 1930 yildagi Toshkent
– Moskva yo„lida samolyotlar muntazam qatnay boshladi.
Hozir havo transporti orqali asosan yo„lovchilar tashiladi. Shu
bilan birga bir manzildan ikkinchi manzilga tez yetkazish zarur bo„lgan
yuklarni, ayniqsa tez bo„ziladigan yuklarni ham tashishda havo
transportidan foydalaniladi.
1993 yili “O„zbekiston havo yo„llari” Milliy aviakompaniyasi
tashkil etildi. Aviakompaniya xilma-xil tipdagi havo transporti
vositalariga ega. Jumladan, unda qishloq xo„jalik ishlariga mo„ljallangan
“AN-2”, mahalliy yo„llarida qatnaydigan “AN-24”, “OK-40”, xalqaro
yo„llarda qatnaydigan “IL-76”, “IL-62”, “IL-86”, “TU -54”, “A-310”
kabi samolyotlar bor.
“O„zbekiston havo yo„llari” “Boing” kompaniyasi o„rtasida
imzolangan shartnomaga ko„ra 1996 yil avgust oyidan boshlab toshkent
bilan jahonning qator shaharlari, jumladan Nyu-York, Afina, Jakarta,
Singapur kabi shaharlar orasida “Boing” samolyotlari uchishi yo„lga
qo„yildi.
“O„zbekiston havo yo„llari” aviakompaniyasining Yevropa, Osiyo
va Amerikadagi bir qancha mamlakatlarida vakolatxonalari ochilgan.
1993-1998 yillarda O„zbekiston 20 dan ortiq yo„nalishda xalqaro
mashrutda samolyot qatnovini yo„lga qo„ydi. Jumladan, London,
Manchestr, Frankfrukt, Tell-Aviv, Jidda, Bangkok, Istambul, Karachi,
Pekin, Seul, Afina, Amstrdam, Nyu-York, Kuala-Lumpur, Jakarta,
Dana, Parij va boshqa chet el shaharlariga muntazam xalqaro aviareyslar
tashkil qilingan.
Mamlakatimiz yo„lovchi aylanmasi harakatida havo transportining
salmog„i 9,3 foizni egallaydi.Keyingi yillarda Xitoy, Pokiston, Sudan,
201
201
Buyuk-Britaniya va boshqa mamlakatlar aviakompaniyalari O„zbekiston
samolyotlarini frakt yo„li bilan ijaraga olib ishlatish yo„nalishi tobora
kengayib bormoqda.
Mamlakatimizda suv transporti rayonlararo va xalqaro ahamiyatga
ega bo„lib, xalq xo„jaligi yuklarini tashish hamda Turkmaniston,
Afg„oniston davlatlari bilan iqtisodiy aloqalar uchun xizmat qiladi.
Respublika suv transporti salohiyatidada Amudaryoning ulushi katta.
1950 yilda Amudaryoning nisbatan boshlang„ich qismi Surxondaryo
viloyati hududida Termiz daryo porti tashkil etilgan. 1952 yilda esa
Xo„jaylida kema ta‟mirlash zavodi qurilgan. Amudaryo sohillarida yangi
Sharlavuq, To„rtko„l, Beruniy, Qoratov, Xo„jayli bandargoh (pristan)
lari qurilgan.
Respublikada suv yo„llarining umumiy uzunligi 1000 km ga yaqin.
Daryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi respublika
suv transportiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi.
O„zbekiston hududida yirik tabiiy gaz, neft konlarining topilishi va
ishga tushirilishi saballi quvur transporti rivojlandi, muhim ahamiyatga
ega bo„lgan gaz quvurlari vujudga keldi. Tarixga nazar tashlasak,
O„zbekistonda birinchi neft quvuri 1908 yilda ishga tushganini
ko„ramiz. O„sha yili Chimyon neft konidan Oltiariq neftni qayta ishlash
zavodiga 20 km quvur tortilgan edi. Keyinchalik mamlakatda yangi neft
gaz konlarining topilishi quvur transporti rivojlanishiga ta‟sir ko„rsata
bordi.
Endilikda
Surxondaryoda
(Lalmikor
-
Qumqo„rg„on),
Qashqadaryoda (g„arbiy Toshloq- Qashqadaryo stansiyasi va Shimoliy
O„rtabuloq-Oltingugurt zavodi), Buxoroda (Ko„kdumaloq-Buxoro) neft
quvurlari qurilgan.
Mamlakatda gaz sanoatining rivojlanishi esa gaz quvurlari
geografiyasini juda kengaytirib, uning xalqaro ahamiyatini oshirib
yubordi. Mamlakatda gaz quvurlari qurishga 1960 yillarning boshida
kiritilgan edi. O„sha yillari “Asaka-Andijon”, “Xo„jaobod-Farg„ona”,
“Shimoliy So„x – Qo„qon”, “Gazli - Kogon” gaz quvurlari qurilgan.
Keyinchalik “Jarqoq – Samarqand - Toshkent”, “Gazli – Sverdlovskiy”
gaz quvurlari ishga tushirilgan. Hozirgi vaqtda esa O„zbekiston gaz
quvurlari orqali Markaziy Osiyo davlatlarining bir qator davlatlari bilan
bog„langan.
Aholini chuchuk suv bilan ta‟minlashda ham quvur transportining
ahamiyati
ortib
bormoqda.Umuman,
quvur
transportining
rivojlantirilishi va uning xalq xo„jaligida mavqiyening oshirilishi ishlab
chiqarishda
mehnat
unumdorligi
oshishiga,
mahsulot
tannarxi
202
202
pasayishiga, atrof-muhitning ekologik jihatdan toza bo„lishiga olib
keladi.
Yuqoridagilardan tashqari, mamlakatimizda elekrt tizimi vujudga
kelishi va uning O„rta Osiyo tizimiga ulanishi bilan transportning yangi
turi-elektron transport vujudga keldi. Viloyatlararo o„tkazilgan yuqori
kuchlanishli elektr liniyalari orqali elektr quvvati uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |