1.2. “Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar” fanining tarixi va rivojlanish tendensiyalari.
Zamin va poydevorlar barpo etish tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Eramizdan bir necha
ming yillar avval Yunoniston, Arabiston, Chin (Xitoy), Rum, Hindiston, Turon (O 'rta Osiyo) va shunga
o'xshash taraqqiy etgan mamlakatlarda zaminga yuqori miqdorli yuk uzatuvchi yirik hashamatli binolar
barpo etilgan. Misol tariqasida Nil daryosi sohilida bundan 4,5 ming yil avval qurilgan, og'irligi 6 mln.
tonnadan ziyod, zaminga 120 N/m2 bosim uzatuvchi Xeops (Hufu) piramidasini keltirish mumkin.
Qadimiy Yunoniston muhandislari noyob inshootlar barpo etish uchun yaxlit qoya gruntlami
izlaganliklari haqida eramizdan avval Vitruviy ismli bunyodkor o'zining Me’morchilik haqida" risolasida
yozib qoldirgan.
Feodalizm davriga kelib ko'plab shaharlar, hashamatli saroylar, inshootlar bunyod etila boshlandi.
Ularni dushmandan himoyalash, maqsadida baland, qalin devorlar, nazorat minoralari qurila boshlandi.
Masalan, Buyuk Xitoy guruntlardagi yoriqlar devori, Moskvadagi Kreml devori va h. Ulardan zaminga
uzatiladigan bosimlar miqdori bir sm yuzaga o'nlab kg ni tashkil etgan. Shuning uchun ham o'sha
davming yirik mytaxassisi Palladio o'zining “Me’morchilikka oid to'rt asar" (1570 y) kitobida inshootni
buzilishdan saqlash maqsadida zamin va poydevorlari mustahkamlash zarurligini quruvchilarga ta’kidlab
o'tgan edi.
Rossiyada zamin va poydevorlar ilmi bilan dastlabki shug'ullanganlar orasida Volkov M.S. ning
“Обисследовании грунтов земли, производимом в строительном искусстве” (1835 у.) va
“Обоснованиях каменных зданий" (1840 у.) asarlari haqiqatan ham bu sohada o'z davrida ahamiyatli
bo'lgan. Zamin va poydevorlarga oid (“Основания и фундаменты”) o'quv qo'llanmani dastlab yaratgan
olim Karlovich V. M. hisoblanadi (1869 y.). So'ng muhandis Pauker G. Y.ning zamin mustahkamlik
ko'rsatkichlarini hisobga olgan holda poydevor chuqurligini aniqlash ustida olib borgan ishlari va
Kurdyumov V.I.ning. „Осопротивлении естественных оснований" (1889 у.) asari yuzaga keldi.
O’tgan asming yigirmanchi yillari boshida keng miqyosda rejalashtirilgan yirik qurilishlami amalga
oshirish maqsadida zamin va poydevorlarga oid tadqiqot ishlarini rivojlantirish yo’lga qo’yildi. Ulaming
natijalari umumlashtirilishi oqibatida mustaqil fan shakllanib bordi. Bu ishni amalga oshirishda mazkur
sohaning ayrim tarmoqlari bo'yicha ish olib borgan muhandis-olimlaming hizmati kattadir. Ular orasida
elastik va sochiluvchan jismlar nazariyasini zaminlami hisoblashga tatbiq etgan N. P. Puzirevskiy (1923
y.), suvga to'yingan gruntlar nazariyasining muallifi N.M.Gersevanovlaming xizmati alohida diqqatga
sazovor. N.M.Gersevanovning “Динамика грунтовой массы" kitobi (1931-1947 yy.) hozirgacha o‘z
qadrini yo‘qotmagan.
Gruntlar va zaminlarga oid tadqiqot ishlari, ayniqsa, N. N. Maslov, N.A.Silovich, V.A.Florin,
V.V.Sokolovskiy, M.N.Goldshteyn, М. I.Gorbunov- Pasadov, Y.K.Yegorov, O.A.Savinov, P.L.Ivanov,
A.A.Mustafoyev, A.P.Sinitsin, va b. tomonidan har tomonlama rivojlantirildi.
Agar tarixga chuqurroq nazar tashlasak, zamin va poydevorlarga oid ilm yuqorida zikr etilganlardan
oldinroq Turkistonda rivojlanganligining guvohi bo'lamiz.
Mustahkam va nihoyatda oddiy zamin barpo etish va unda o‘ta murakkab qurilmali inshoot yaratish,
ayniqsa, sohibqiron Amir Temur davriga xosdir (Oq saroy, Bibixonim madrasalari va h.). U davrda
yaratilgan bino va inshootlar zamini o'zining pishiqligi va har qanday tashqi ta’siriga chidamliligi jihatidan
benuqsondir.
Bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy o'zining asarlarida inshootlar bunyod etishda zamin
tayyorlash ishlariga asosiy e’tibomi qaratishni ta’kidlab o'tgan. Shuningdek, bo'sh zaminlami pishitishning
sodda usullariga batafsil to'xtalib o'tgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530 y.y.) va uning avlodlari qayerda hukmronlik qilmasinlar,
noyob inshootlar barpo ettirganlari ma’lum (Dehli va Agradagi saroylar, arklar, betakror TojMahal va b.).
Tarixchilaming shohidlik berishicha ko'plab qurilish ishlari Boburshoxning shaxsiy nazorati ostida bo'lgan.
Ehtimoldan holi emaski, Boburiylar tomonidan barpo etilgan behisob inshootlar o'zining mustahkamligi va
turg’unligi bilan ajralib turishi ulaming zaminiga alohida e’tibor berilganligidadir.
O‘zbekistonda zamin va poydevorlar ilmini rivojlantirish masalalari bilan o ’tgan asming 50-yillari
o'rtalarida shug'ullana boshlandi. Ilmiy ishlar mavzusi asosan zamin gruntlari bilan bog'liq bo'lib,
mamlakatda keng tarqalgan lyoss va lyossimon tog' jinslari xususiyatini o'rganishdan boshlandi. Yirik
inshootlar barpo etishda asosiy o'rin egallagan ilmiy kuzatishlar natijasi G’.O.Mavlonovning
“Генетические типы лёссов и лёссовидных пород центральной и южной части Средней Азии и их
инженерно-геологические свойства" (1958 у.) monografiyasida, К.К.Qozoqboyevning „Строительство
ирригационных сооружений в районах нового освоения" (1981 у.) risolasida va boshqa ko'pgina
o'zbek olimlarining asarlarida batafsil yoritib berilgan.
1966 yilda yuz bergan Toshkent zilzilasi oqibatini o'rganish ishlari grunt va zaminlar ilmida yangi
yo'nalish - suvra to'yingan lyossimon gruntlar zilzilabapdoshligi sohasini vujudga keltirdi. Mazkur ilmiy
yo'nalishga asos solgan Rasulov.H.Z. rahbarligida olimlar guruhi: Chastoyedov.Y.N., Sayfiddinov S.,
Hakimov G.A., Kaziyev A.lar uni har tomonlama rivojlantirdilar. Hozirgi kunda ham Rasulov R.H.,
Norboyev S.М., Toshxo'jayev A., Sodiqov A.lar mazkur yo’nalishni turli jabhalarda davom ettirib
kelmoqlalar. Kuchli zilzilalar tegrasida joylashgan Respublikamiz qurilishlari uchun H.Z Rasulov
tomonidan chop etilgan “Сейсмостойкость лессовых оснований зданий и сооружений“ (1977 у) va
“Сейсмостойкость грунтовых оснований“ (1984 у) monografiyalar muhim o’rin tutdi.
Poydevor hisoblash ishlariga elasliklik nuqtai nazaridan yondashuv usullari T.Shirinqulov,
S.Mahmudov; yirik zarrali sochiluvchan gruntlaming hossalarini o'rganish X. Ibrohimov; o'ta
cho'kuvchangruntlarga oid tadqiqotlar E. Qodirov, A.Xudayberganov, M.Shermatov, H.Asqarov, 3
Yodgorov, K.Po'lalov, Odilov, M.Mirzaahmadiy, YE.S. Pesikov, A.3.Xasanov, F.F.Zexniyev,
I.I.Usmonxo'jayev, A. Abdurahmonov, Q.M.Jumayev, A. Mirzayev; qoziqli poydevorlarning ishonchli
darajasini aniqlashga doir izlanishlar Z. Sirojiddinov tirgovich devorlar mustahkamligiga oid tadqiqotlar
F.A.Ikromov tomonidan keng miqyosda o'rganib kelinmoqda.
Olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijasi poydevorsozlik sohasida yangi qurilmalar ishlab
chiqarishga olib keldi. Devor osti yoki ustunning temir-beton poydevorlari, jo'yaksimon poydevorlar
o'rniga qisqa qoziqlar termasi, yoki yig'ma beton qoziqlar kabi chuqur joylashuvchi poydevorlar qurish
shular jumlasidandir. Ulardan unumli foydalanish esa Respublikamizda, ayniqsa, Toshkent shahrida
ko'plab osmono'par inshootlar barpo etishni muvaffaqiyat bilan hal qilmoqda.
O 'zbekiston olimlarining gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar sohasida erishgan yutuqlari
muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham ulaming ishlari so'nggi yillarda (1975, 1980, 1984, 2001,
2002, 2004, 2008 y. y) xalqaro miqyosda o'tkazilgan anjuman qatnashchilarida katta qiziqish uyg'otdi.
Nazorat savollari:
1.
Zamin va poydevor tushunchalarining ta‘riflarini eslang.
2.
Zamin va poydevorlar fanining suv xo’jaligi qurilishidagi o’rni va vazifalari.
3.
Nima uchun poydevor yer sathidan biroz quyiroqda joylashtirilishi lozim?
4.
Poydevorsozlik sohasi rivojlanishining qisqacha tarixi.
5.
Zamin, poydevor va grunt tushunchalarining ta‘rifi.
Do'stlaringiz bilan baham: |