kalit mavjud bo‘lishi zarur. Simmetrik kalit odatda bir tomonda hosil
qilinadi va maxsus usullar asosida ikkinchi
tomonga xavfsiz tarzda
yetkaziladi.
2.
Ochiq kalitli kriptografiya.
Ochiq kalitli kriptografiyada (yoki
asimmetrik kriptografiya deb ham ataladi) ma’lumotni shifrlash qabul
qiluvchining
ochiq kaliti
bilan amalga oshirilsa, uni rasshifrovkalash qabul
qiluvchining
shaxsiy kaliti
bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham
ochiq kalitli kriptotizimlarni
ikki kalitli
kriptotizimlar deb ham
yuritishadi. Ochiq kalitli kriptografiyaning umumiy ko‘rinishi 3.2-
rasmda keltirilgan.
Jo
‘natuvchi
Ochiq kalit
Qabul qiluvchi
Shaxsiy kalit
Ochiq matn
Shifrlangan matn
Ochiq matn
3.2-rasm. Ochiq kalitli shifrlashning umumiy ko‘rinishi
Ochiq kalitli kriptografik algoritmlar asosida ma’lumot almashinish
uchun dastlab, jo‘natuvchi qabul qiluvchining ochiq kalitiga ega bo‘lishi
kerak. Qabul qiluvchining ochiq kalitidan faqat ma’lumotni shifrlash
uchun foydalaniladi va u bilan shifrmatnni rasshifrovkalashning imkoni
mavjud emas. Xuddi shuningdek, shaxsiy kalit bilan ma’lumotni shifrlash
imkoni ham mavjud emas. Shifrmatnni
rasshifrovkalash esa faqat
shaxsiy kalit egasiga joiz. Demak, shaxsiy kalit egasi tomonidan xavfsiz
saqlanishi va o‘zidan boshqa hech kimga ma’lum bo‘lmasligi kerak.
3.
Xesh funksiyalar.
Ma’lumotni xeshlash uning yaxlitligini
kafolatlash maqsadida amalga oshirilib, agar ma’lumot
uzatilishi
davomida o‘zgarishga uchrasa, uni aniqlash imkoni mavjud bo‘ladi.
Xesh-funksiyalarda
odatda
kiruvchi
ma’lumotning
uzunligi
o‘zgaruvchan, chiqishda esa o‘zgarmas uzunlikdagi qiymatni qaytaradi.
Zamonaviy xesh funksiyalarga MD5, SHA1, SHA256, O‘z DSt
1106:2009 larni misol sifatida keltirish mumkin.
Shifrlash
algoritmi
Rasshifrovkalash
algoritmi
Odatda kriptografiyada
ma’lumotlarni
shifrlashda
(rasshifrovkalashda) ikki turdagi
akslantirish
lardan foydalaniladi.
Ulardan biri
o‘rniga qo‘yish (substitution)
akslantirishi, ikkinchisi
o‘rin
almashtirish (permutation)
akslantirishi.
O‘rniga qo‘yish akslantirishi.
Ushbu
akslantirish sodda va
zamonaviy simmetrik kriptografik algoritmlarning asosi hisoblanadi.
O‘rniga qo‘yish akslantirishida, ochiq matn simvollari bir alfavitdan
olinib, unga mos shifrmatn simvollari boshqa bir alfavitdan olinadi.
Sodda ko‘rinishda olingan o‘rniga qo‘yish akslantirish amali asosida
shifrlash uchun olingan matn quyida keltirilgan.
Ushbu sodda shifrlash
usuli Sezar nomi bilan mashhur. Masalan, agar ochiq matn “HELLO”ga
teng bo‘lsa, unga mos holda shifrmatn “KHOOR”ga teng bo‘ladi. Mazkur
holda shifrmatn alfaviti ochiq matn alfavitidan 3 ta pozisiyaga surish
natijasida hosil qilingan va shuning uchun shifrlash kalitini 3
ga teng deb
hisoblash mumkin (3.1-jadval). Rasshifrovkalash jarayonida esa
shifrmatn simvollari shifrmatn alfavitidan olinib,
unga mos ochiq matn
alfavitidagi simvollarga almashtiriladi. Masalan, shifrmatn “ILUVW”ga
teng bo‘lsa, unga mos ochiq matn “FIRST”ga teng bo‘ladi.
3.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: