1 – ma’ruza: temirbeton mohiyati. Temirbeton rivojlanishining qisqacha tarixi



Download 394,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana23.12.2022
Hajmi394,89 Kb.
#895241
1   2   3   4
Bog'liq
1 ma\'ruza Temirbetonni mohiyati, temirbeton konsruktsiyalarini rivojlanish

 
Konstruktsiyalarning tejamliligi
ularga qo’yiladigan asosiy talablardan biri 
hisoblanadi. 
Tejamlilik
- materiallar sarfi va narxi, konstruktsiyalarni tayyorlash, 
qurilish maydoniga tashib keltirish, montaj qilish va ulardan foydalanishdagi 
xarajatlarga bog’liq bo’ladi. 
Material sarfi jihatidan eng afzal konstruktsiya teng mustahkamlikdagi 
konstruktsiya hisoblanadi.
Bunday 
konstruktsiyadagi 
barcha 
kesimlar 
unga 
ishlatiladigan 
materiallarning fizik-mexanik xossalaridan to’liq foydalanish sharti bilan tanlangan 


bo’ladi (teng mustahkamlikka ega bo’lmagan konstruktsiyalarda ba’zi yirik 
elementlarning mustahkamligidan to’liq foydalanilmaydi). 
Konstruktsiya unga ta’sir etadigan kuchlarga hisoblangan bo’lishi kerak. 
Tashqi yuklar, tayanchlarning siljishi, haroratning o’zgarishi, kirishishlar va boshqa
shunga o’xshash hodisalar konstruktsiyalarga ta’sir etadigan kuchlarga kiradi. 
Bino va inshootlarni loyihalashda konstruktiv sxemalar tuzish kerak. Bunday 
sxemalar bino va inshootning hamma qismlarida, uni qurish va foydalanishning 
barcha bosqichlarida konstruktsiyalarning zaruriy mustahkamligi, ustivorligini 
ta’minlashi lozim. Loyihalarda konstruktsiyalarning uzoqqa chidamliligini 
ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni ko’zda tutish sovuqbardosh va o’tga chidamli, 
korroziyabardosh materiallarni tanlash, ularni chirishdan himoya qilishga doir 
choralar ko’rish kerak. 
1.3.Temirbeton rivojlanishining qisqacha tarixiy sharxi. 
Beton
bilan 
po’lat armatura
birgalikda ishlashi natijasida bir butun 
kompozitsion qurilish materialiga aylanadi va 
temirbeton
deb ataladi. 
Beton siqilishga yaxshi qarshilik ko’rsatadi, biroq cho’zilishga mustahkamligi 
past. Agar egiluvchi beton elementlarning cho’ziladigan sohasi armaturalansa, ya’ni 
cho’zilishga yaxshi ishlaydigan po’lat sterjenlar bilan kuchaytirilsa, (1.1-rasm) 
ularning yuk ko’tarish qobiliyati 15-20 marta ortadi. 
Beton bilan armatura birgalikda yaxshi ishlashi uchun quyidagi uchta asosiy 
omil muhim ahamiyatga ega:
a) beton bilan armaturaning ishonchli tishlashishi;
b) beton va armaturaning harorat ta’siridan chiziqli kengayish koeffitsientlari 
qiymatlarining bir xilligi (10
-5
ga yaqin bo’lishi);
v) quyuq beton qatlamining armaturani yemirilish va olov ta’siridan 
(tarkibida tsement miqdori yetarli bo’lgan beton) himoyalash. 
Temirbeton 1850 yilda frantsuz muhandisi J.Lambo tomonidan kashf etilgan. 
Dastlabki armaturalangan konstruktsiyalar Frantsiya (Lambo, Kuanьe, Monьelar 
tomonidan), Angliya (Uilkinson), AQSH (Giatt)da tayyorlangan va qurilish 
amaliyotida qo’llanilgan. 
Temirbeton konstruktsiyalarni hisoblashning nazariy asoslari va loyihalashga 
Konsider, Gennebik (Frantsiya), Kyonen, Myorsh (Germaniya) lar asos solganlar. 
O’tgan asr davomida Freysine (Frantsiya), Xoyer (Germaniya) 
N.A.Belelyubskiy, A.F.Loleyt, A.A.Gvozdev, P.L.Pasternak, V.I.Murashev, 
S.S.Davidov (Rossiya), A.B.Ashrabov, B.A.Asqarov (O’zbekiston) va boshqa 
olimlar o’tkazgan tadqiqotlar yuk ko’taruvchi temirbeton konstruktsiyalarni 
hisoblash usullari va ularni amalda ishlatishning taraqqiy etishiga imkoniyat yaratdi. 
Bugungi kunda qurilishning barcha sohalarida temirbeton keng ko’lamda 


ishlatilmoqda. Bunga temirbetonning ahamiyatga molik quyidagi texnik-iqtisodiy 
afzalliklari sabab bo’ldi: 
a) arzon mahalliy materiallar (qum, shag’al va chiqindi toshlar)ni ishlatishga 
imkon borligi (bunday materiallar temirbetonning 70-80% gacha massasini tashkil 
etadi); 
b) olovbardoshligining yuqoriligi va chidamliligi; bunga temirbetondagi 
armatura korroziyadan himoya qilinganligi, beton mustahkamligining vaqt o’tishi 
bilan oshishi. 
Quyidagilar temirbetonning nuqsonlariga kiradi: massasining og’irligi; 
issiqlik va tovushni oson o’tkazishi; mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi; 
yorilishi mumkinligi; beton yotqizilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi va 
hokazo. Bu kamchiliklarga qaramay, temirbeton konstruktsiyalari xalq xo’jaligining 
barcha sohalarida: - sanoat, fuqaro, jamoat binolarida, omborxonalar qishloq 
xo’jaligi binolarida, muhandislik inshootlari va boshqa qurilishlarda keng 
qo’llanilmoqda. 
Temirbeton konstruktsiyalar tayyorlanish usuli bo’yicha yig’ma, quyma va 
yig’ma-quyma bo’ladi. 
Yig’ma temirbeton konstruktsiyalar amaliyotda ko’proq qo’llaniladi, chunki 
ulardan foydalanish qurilishni industriallashtirishga imkon beradi. Zavod 
sharoitlarida yig’ma konstruktsiyalar tayyorlashda beton qorishmasini tayyorlash, 
yotqazish va unga ishlov berishning ilg’or texnologiyalarini qo’llash, ishlab 
chiqarishni avtomatlashtirish, qurilish ishlarini ancha soddalashtirish mumkin. 
Zavodda tayyorlangan modullashtirilgan yig’ma temirbeton buyumlardan 
foydalanish qurilishda yog’och materiallarini birmuncha tejashga, ya’ni 
qimmatbaho qolip qurish va havozalar ko’tarishga, mehnat sarfini kamaytirishga 
imkon beradi, biroq og’ir transport va ko’tarish mexanizmlari qo’llanilishi, 
elementlar ulangan va tutashgan joylarni sinchiklab berkitishni, montaj ishlari 
yuqori sifatli qilib bajarilishini talab etadi. 


1.1-rasm. Egiluvchi elementda armaturaning joylashishi va uning yuk ostida 
ishlashi 
Quyma temirbeton konstruktsiyalar qismlarga bo’linishi va modullashtirilishi 
qiyin bo’lgan inshootlarda, masalan, ba’zi gidrotexnika inshootlarida, og’ir 
poydevorlarda, suzish havzalarida, ko’chma yoki o’zgaruvchan qoliplar yordamida 
ko’tariladigan inshootlarda (qobiqlarning qoplamalari, siloslar va boshqalar) 
tiklanadi. 
Yig’ma-quyma temirbeton yig’ma elementlar va qurilish joyida bajariladigan 
quyma betondan tashkil topadi. 
Odatda, yig’ma elementlar yaxlit beton uchun qolip hosil qiladi, bu esa 
yog’ochni tejashga imkon beradi. Yig’ma-quyma konstruktsiyalar yig’ma 
konstruktsiyalarga yaxlitligi bir butunligi yuqoriligi va biriktirish joylarining 
soddaligi bilan farq qiladi. 
Yig’ma-quyma temirbeton konstruktsiyalar bino yopmalari va orayopmalari 
konstruktsiyalarida, gidrotexnika va transport qurilishida qo’llaniladi. 
Konstruktsiyalar tayyorlashda armatura va betonda oldindan sun’iy 
kuchlanishlar hosil qilinadi. Bunday konstruktsiyalar oldindan kuchlantirilgan 
temirbeton 
konstruktsiyalar 
deyiladi. 
Oldindan 
zo’riqtirish 
tufayli 
konstruktsiyalarning yoriq paydo bo’lishiga va seysmik ta’sirlarga chidamliligi 
ortadi, deformatsiyalanishi kamayadi. 

Download 394,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish