1 – ma’ruza. Sanoatda po'lat ishlab chiqarish. Sanoatda rangli metallar ishlab chiqarish.
Po’lat – tarkibida 45% dank am bo’lmagan temir, 2.14% dan kam uglerod va boshqa legirlovchi elementlar tutgan qotishma.
Poʻlat — mashinasozlik, transport, qurilish va boshqa koʻp sohalarda muhim material hisoblanadi. Asboblozlik poʻlatlari oʻzining oson kesiluvchanligi bilan ajralib turadi. Uglerodli mustahkam po’lat turli xil asbob-uskunalar – bolta, pichoq, arra va hk. lar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Sifatli po’latlardan esa tosh va yog’ochlarni qayta ishlashda ishlatiladigan asboblar yasaladi.
International Stainless Steel Forum (ISSF) ma’lumotlariga ko’ra, 2019-yilda dunyoda 52.22 mln tonna po’lat ishlab chiqarilgan va bu 2018-yilga nisbatan 2.9% ga ortiq deganidir. Yirik ishlab chiqaruvchilar ichida eng tez o’sish tempini Xitoy ko’rsatgan. Xitoyda 2019-yilda 29.4 mln tonna po’lat ishlab chiqarilgan va bu oldingi yilga nisbatan 10.1% ga ortiqdir. Osiyo mamlakatlarida (Xitoy, Indoneziya va Koreyadan tashqari) 7.89 mln tonna po’lat ishlab chiqarildi. Bu esa 2018-yilga nisbatan 3.7%ga kam. Yevropadagi ishlab chiqaruvchilarda esa 7.9% ga kamayib, 6.81mln tonnani tashkil qilgan bo’lsa, amerikalik ishlab chiqaruvchilarda susayish kuchliroq – 7.6% ga kamayib, 2.59 mln tonnani tashkil qilgan.
O'zbekistonda po'lat ishlab chiqarish – Bekobodda O'zbekiston metallurgiya zavodi 1944 yil 5 mart kuni ishga tushirilgan. 1994 yili Shirin mashinasozlik zavodi bilan qo'shilishi natijasida OAJ “UZMETKOMBINAT”ga aylantirigan. Bu zavod xozirda Bekobod shaxrida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Ushbu kombinat O'rta Osiyodagi yagona qora metallurgiya korxonasi xisoblanadi.
Po'lat ishlab chiqarish mohiyati – Po’latda uglerod miqdori odatda 1,5% yoki undan kam buladi. Uglerod miqdorining ko'payishi qotishmaning mo'rtligi va qattiqligining ortishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun xam maxsus yuqori uglerodli po'latlar ishlab chiqarilib ular asosidagi buyumlar kattik lekin juda mo'rt bo'ladi.
Po'lat ishlab chiqarishning asosiy xom ashyosi bo'lib cho'yan va temir lom xizmat qiladi.
Po’lat quyish bosqichlari.
Jarayonni uch bochqichga bo'lish mumkin:
Birinchi bosqich..
2P + 5FeO + 4CaO=(CaO)4 x P2O5 + 5Fe
Ikkinchi bosqich.
FeO + C = CO + Fe — Q
FeS + CaO = CaS + FeO
Hosil bo'lgan CaS shlakda eriydi, lekin temirda erimasligi sababli uni shlak bilan birgalikda jarayondan chiqariladi.
Uchinchi bosqich. Suyuq metallda temir oksidini qaytarish jarayoni.
FeO + C = Fe + CO
1. Marten pechi sxemasi
1 – regeneratorlar, 2 – boshlar, 3 – kislorod berish uchun quvur, 4 – yuklash oynalari, 5 – shixta,
6 – fakel, 7 – tutun quvuri, 8 – ombor, 9 – o’choq.
Legirlangan po'lat - maxsus legirlovchi qo'shimchalar qo'shilgan qotishma bo'lib, ushbu qo'shimalar po'latning mexanik va fizik xossalarini o'zgarishiga olib keladi.
Legirlangan po'lat turlarining sinflanishi:
Tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab:
1. Kam miqdorda uglerod tutgan (0,25% gacha);
2. O'rta miqdorda uglerod tutgan (0,25% dan 0,65% gacha);
3. Ko'p midqorda uglerod tutgan (0,65dan ko'p).
Legirlovchi elementlar miqdoriga qarab ular quyidagi turlar bo'yicha sinflanishi mumkin :
1. Kam legirlangan (2,5% gacha);
2. O'rtacha legirlangan (10% gacha);
3. Yuqori darajada legirlangan (10% dan 50% gacha).
9 – 10. Rangli metallar — temirdan boshqa barcha metallarning sanoatdagi nomi. 5 guruhga boʻlinadi: yengil metallar; ogʻir metallar; qiyin suyuklanadigan metallar; asl metallar; nodir metallar. Yengil Rangli metallarga alyuminiy, magniy, titan, natriy, berilliy, litiy, bariy, kalsiy, stronsiy va kaliy (zichligi 0,53—5 g/sm³); ogʻir Rangli metallarga mis, nikel, qoʻrgʻoshin, qalay, kadmiy, kobalt, rux, margimush, surma, vismut, simob (zichligi 5—13,6 g/sm³); qiyin suyuqlanadigan Rangli metallarga volfram, molibden, niobiy, tantal, xrom, sirkoniy va boshqa; asl Rangli metallarga oltin, kumush, platina, osmiy, iridiy, rodiy, ruteniy va palladiy; nodir Rangli metallarga tarqoq metallar (talliy, galliy, germaniy, indiy, reniy, gafniy, rubidiy, seziy), siyraker metallar (skandiy, ittriy, lantan va lantanoidlar), radioaktiv metallar (texnetsiy, fransiy, poloniy, radiy, aktiniy, toriy, protaktiniy, uran va barcha transuran elementlar) kiradi.
12. Mis ishlab chiqarishda xom ashyo
Mis tabiatda birikma va yombi holatida uchraydi. Sanoat axamiyatiga ega bo'lgan mis rudalari:
xalkopirit CuFeS2 (mis kolchedani)
xalkozin Cu2S
bornit Cu5FeS4
kovellin CuS
kuprit Cu2O
azurit Cu3(CO3)2(OH)2
malaxit Cu2CO3(OH)2
Misni pirometallurgiya usuli bilan ishlab chiqarishni bir necha bosqichlarga bo'lish mumkin:
A) Mis rudalarini boyitish
B) Mis va temir sulfidlari suyuqlanmasini olish (mis shteyni)
V) Misni olovli rafinirlash
G) Misni elektrolitik rafinirlash
Do'stlaringiz bilan baham: |