1 – Ma'ruza. Mavzu: Kirish. Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi. Reja


Neft, gaz va neft mahsulotlarini tashish usullari



Download 18,53 Kb.
bet3/4
Sana31.12.2021
Hajmi18,53 Kb.
#228416
1   2   3   4
Bog'liq
1-Maruza

3. Neft, gaz va neft mahsulotlarini tashish usullari.

Neft, neft mahsulotlari va gazlarni tashishning asosan uch xil usuli mavjud:

1) suv transporti (barja va tankerlarda tashish), 2) temir yo`l transporti (temir yo`l tsisternalarida tashish), 3) quvur transporti (magistral quvur uzatgichlar orqali haydash).

Gaz holatida bo`lgan tabiiy gazlar faqat quvurlar orqali transport qilinadi. Gazlarni, kontinentlararo tashish, suyultirilgan tabiiy gazlar holatiga keltirilib (harorati – 1600S) maxsus metan-tashuvchi tankerlarda transport qilinadi.

Xar bir tashish usulining o`ziga yarasha kamchiliklar va afzalliklari mavjud.

Afzalligi: suv transporti bilan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan gaz va tabiiy gazlarni, barja va tankerlarda, undan tashqari kichik sig`imli idish (bochka) larda cheklanmagan miqdorda tashish mumkin.

Kamchiligi: agar so`z daryo yo`llari haqida ketadigan bo`lsa, daryolarning uzunligi temir yo`l va magistral quvurlarning uzunligidan ancha kattadir. Lekin ba‘zi bir hollarda suv transportida tashish ancha mablag` talab qilib, ya‘ni suv transportining ish tartibi mavsumiy bo`lib daryolarning navigatsiya vaqti tugagandan so`ng, daryoning boshlang`ich va oxirgi nuqtasidagi quyish-to`kish shahobchalarida mahsulotlarni yig`ish uchun qo`shimcha sig`imli omborlar qurish lozim bo`ladi. Yuqoridagi holat yuzaga kelgan vaqtda (navegatsiya vaqti tugashi bilan) mahsulotlarni temir yo`l transporti orqali tashish uchun qo`shimcha mablag` sarf qilish kerak bo`ladi.

Temir yo`l transporti bilan neft mahsulotlarning hamma turlari transport qilinadi. Suyultirilgan neft gazlarini ham tsisternalar, bunkerlar, mayda idish (bochka) va maxsus konteynerlarda tashish mumkin. Temir yo`l transportidan foydalanish – ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlarining tovar aynalishi juda katta (unikal) miqdorda bo`lgan hollarda, foydalanishning iqtisodiy samaradorligi jihatidan qaraganda transport qilish maqsadga muvofiq bo`lmaydi.

Kichik hajmga ega bo`lgan neft mahsulotlarini (moylar, bitum va boshqalar) tashishda temir yul transporti, tashishning boshqa usullariga nisbatan eng qulayi hisoblanadi. Temir yo`l transporti uzluksiz bo`lmasa ham, suv transportidagi kuzatilgan tashish mavsumiyligi, temir yo`l transportida kuzatilmaydi. Shuning uchun temir yo`l transportining davriyligi kamroqdir.

Temir yo`l transporti orqali neft-gaz mahsulotlarini tashish yilning hamma mavsumida amalga oshirilishi mumkin.

Quvur uzatgichlar orqali transport qilish katta miqdordagi neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan neft gazlarini bir tomonlama tashish uchun xizmat qiladi. Quvur uzatgichlarning boshqa usullardan afzallik tomonlari quyidagilardan iborat:

- quvur uzatgichlar trassasining uzunligi boshqa tashish usullarinikiga qaraganda kamroq, bundan tashqari quvurlar quruqlikdagi istalgan ikkita punkt (nuqta) orasida, ular orasidagi masofaning uzunligidan qat‘iy nazar yotqizilishi mumkin;

- quvur uzatgichlarning boshqa tashish usullardan farqi uning uzluksizligidadir, bu esa o`z o`rnida mahsulot yetkazib beruvchilarning ish samaradorligini oshiradi va uni iste‘molchiga yetkazib berish to`xtovsiz amalga oshiriladi;


Download 18,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish