2. Magistral neft – gaz quvurlarining xalq xo`jaligidagi o`rni.
Hozirgi zamon texnologiyalari va xalq xo`jaligining taraqqiy etishi bilan neft, neft mahsulotlari va gazga bo`lgan talab kun sayin oshib bormoqda. Mamlakat og`ir va yengil sanoati, transporti va qishloq xo`jaligi 200 turdan ortiq neft mahsulotlarini yoqilg`i – moylash materiallari sifatida ishlatib kelmoqda. Gazlar esa o`z o`rnida takomillashgan va arzon yoqilg`i sifatida elektr stantsiyalarida, metallurgiya va boshqa sanoat korxonalarida keng ishlatilib kelinmoqda. Tabiiy gaz kimyo sanoati uchun eng yaxshi xom ashyo hisoblanadi. Xalq xo`jaligining hamma tarmoqlarini neft, neft mahsulotlari va gaz bilan ta‘minlashning yuqori ko`rsatkichli me‘yorini ushlab turish uchun – ularni tashish va saqlash uchun qurilma va uskunalarini, qazib olinayotgan va qayta ishlanayotgan neft mahsulotlari miqdorini tashish va saqlay olish darajasida bo`lishi kerak. Neft va neft mahsulotlarini tashishning texnik – iqtisodiy ko`rsatgichlari mamlakatda neftni qayta ishlash korxonalari va neft omborlarining joylashishiga yaqqol ta‘sir qiladi. Neftni qayta ishlash korxonalarini, asosan iste‘molchiga yaqin hududlarda qurish kerak, bu o`z o`rnida neft va neft mahsulotlarini tashish uchun ketadigan sarflarning kamayishiga olib keladi, ya‘ni neftni qayta ishlash korxonalariga konlardan olinayotgan neft mahsulotlarini olib kelish, unda qayta ishlangan neft mahsulotlarini iste‘mol hududlariga olib kelishdan arzonga tushadi. Chunki neftni qayta ishlash korxonalariga neft konidan olinayotgan mahsulotni olib kelamiz, bu mahsulotning tarkibi ko`p hollarda bir xil bo`ladi, lekin korxonada qayta ishlanib chiqayotgan neft mahsulotlarining turi va tarkibi bir necha un xil bo`ladi. Shuning uchun har bir neft mahsulotini alohida tashish kerak bo`ladi. Bu yerda nafaqat neft mahsulotini korxonaga olib kelish, undan tashqari uni iste‘molchilarga tarqatish ham kiradi. Neft mahsulotlarini transport qilish uzluksiz ravishda, kam harajat bilan va kam yo`qotilishlar bilan amalga oshirilishi kerak.
Gaz sanoati mamlakat umumiy energetika tizimining o`zviy bir qismi hisoblanadi. Energiyani ishlab chiqarish, ishlatish va uni iste‘mol qilish bir-biri bilan chambarchas bog`lanib umumiy tizimga keltirilgan. Bu esa tizimning hamma tashqil etuvchi korxonalar ish faoliyatining yuqori darajada tashqil etilganligini talab qiladi. Magistral quvur tarmoqlarining ortishi mamlakat ishlab chiqarish sanoatining yuksalishiga zamin yaratib beradi. Energetik resurslarning uzluksiz ravishda va texnologik qurulmalarning o`ziga yetkazib berilishi neft va gaz iste‘mol qiluvchi korxonalarning texnik madaniyatini va ish samaradorligining oshishiga omil bo`la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |