1 – Maruza. Ma’lumotlar bazasi, ularning turlari 1-Mavzu. Ma’lumotlarning axborot modellari, axborotni strukturalash va tasvirlash muammosi



Download 339,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana15.02.2022
Hajmi339,08 Kb.
#449429
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 maruza (2)

 
M
A‟
LUMOTLARNING INFOLOGIK MODELI
 
Umumlashgan va predmet sohani tasvirlovchi
ma‘lumotlar to‘plami va ularning turi
M
A‟
LUMO
TLARNING DATALOGIK MODELI
 
Ma‘lumotlarning aniq bir MBBT tilida tasvirlanishi 
M
A‟
LUMOTLARNING FIZIK MODELI
 
Kompyuter xotirasida saqlanadigan
ma‘lumotlar tasviri
Ma‟lumotlar bazasi
 
MB 
administratori
 
Alohida 
foydalanuvchilar
 


Ma‘lumotlarning fizik modeli ma‘lumotlar kompyuterda qanday saqlanayapdi, yozuvlar tuzilmasi 
haqida axborotning taqdim etilishi, ularning tartibi va kirish yo’llarini mavjudlarini tavsiflaydi.
 
Sxemalar, aks ettirish va nusxalar
MB ning umumiy tavsifi MB sxemasi deb ataladi. MB ning uchta turli xil turi mavjud bo’lib, uch 
darajali arxitektura abstraksiyalarini mufoviqligini belgilaydi. Eng yuqori darajada ma‘lumotlarni turli xil 
ko’rinishda taqdim etilishidagi bir qancha tashqi sxema yoki sxema ostiga ega bo’ladi. Konseptual darajada 
MB tavsifi konseptual sxema deb ataladi, va eng quyi abstraksiya – ichki sxema.
Konseptual sxema ma‘lumotlarning barcha elementlari va ular o’rtasidagi aloqani, zaruriy 
cheklanishlarni ko’rsatish bilan ma‘lumotlar yaxlitligini qo’llabquvvatlashni tavsiflaydi. Har bir MB 
faqatgina bitta konseptual sxemaga axborot modellari ega bo’ladi. Quyi darajada ichki sxema joylashgan 
bo’lib, ma‘lumotlarning ichki modelini to’liq tavsiflaydi. Har bir MB uchun faqatgina bitta ichki sxema 
mavjud.
MBBT ushbu uchta turdagi sxemalar o’rtasida muvofiqlik o’rnatilganligiga, shuningdek ularning 
bir-biriga mos kelishi nazoratiga javob beradi. Ixtiyoriy ichki va tashqi sxemalar o’rtasida muvofiqlikni 
o’rnatish uchun MBBT konseptual sxemadagi axborotlardan foydalanishi kerak. Konseptual sxema ichki 
sxema bilan 
konseptual ichki akslanish
vositasida bog’langan. U MBBT ga haqiqiy yozuvni yoki fizik 
qurilmalarda saqlashdagi yozuvlar to’plamini qidirish imkonini beradi. U shuningdek obyektlar 
nomlaridagi ixtiyoriy farqlarni, atributlar nomlarini, atributlarning tartib bilan kelishini, ularning 
ma‘lumotlar tiplari va boshqalarni aniqlash imkonini beradi. Har bir tashqi sxema konseptual sxema bilan 
konseptual tashqi akslanish
yordamida bog’langan. Uning yordamida MBBT konseptual sxemaning 
mavjud qismlaridagi foydalanuvchili taqdim etilish nomlarini aks ettirishi mumkin.
1.3-rasmda turli xil darajalarga misollar keltirilgan. Unda shaxs haqidagi ikkita har xil tashqi 
ma‘lumotlarning taqdim etilishi ko’rsatilgan: biri xodimning shaxsiy nomeridan tashkil topadi (Sno), uning 
ismi (FName) va familiyasi (LName), yoshi (Age), yillik ish haqi (Salary) va ushbu xodim ishlaydigan 
kompaniyaning bo’limi nomeri (Bno). Boshqasi xodimning shaxsiy nomeri (Staff_No), familiyasi 
(LName) va u ishlaydigan kompaniyaning bo’limi nomerini (Bno) o’zida namoyon etadi. Ushbu 
jarayonning ahamiyatli tomoni birlashish hisoblanadi, ya‘ni xodimning yoshi (Age) maydoni uning 
tug’ilgan kuni (DOB) maydoniga o’zgartirilishidir. MBBT tashqi konseptual akslantirishlarni quvvatlaydi. 
Masalan, birinchi tashqi namoyishdagi Sno maydoni konseptual namoyishdagi yozuvda Staff_No 
maydoniga akslanadi. Ushbu bosqichda tuzilmalarni aniqlash yuqori darajadagi tillarda ifodalanadi. Ushbu 
tuzilma xodimlar haqidagi barcha yozuvlarni yagona zanjirga fizik bog’lash imkonini beruvchi (Next) 
ko’rsatkichini qamraydi. E‘tibor bering, ichki darajadagi maydonlarning tartibi konseptual darajada qabul 
qilingan atributlarning tartibidan farq qiladi. Bunday mexanizm yordamida MBBT konseptual ichki 
akslantirishlarni amalga oshiradi.
.
 
1.3-rasm.
Ma‘lumotlar taqdim etilishining uchta darajasi o’rtasidagi farqlar.
Ma‘lumotlar bazasi tavsifi va ma‘lumotlar bazasining o’zini farqlash muhim. Ma‘lumotlar 
bazasining tavsifi ma‘lumotlar bazasining sxemasi hisoblanadi. Sxema ma‘lumotlar bazasini 
loyihalashtirish jarayonida yaratiladi va kamdan-kam holda o’zgartirishlar taxmin qilinadi.


Nazorat uchun savollar:
1.
Ma‘lumotlar bazasi deganda nimani tushunasiz?
2.
Ma‘lumotlar bazasining qo’llanilish sohalari?
3.
Ma‘lumotlarning axborot modeli nima?
4.
Ma‘lumotlar bazasi ustida ishlovchi qanday tizimlarni bilasiz?
5.
MBBTning umumiy arxitekturasini izohlab bering?
6.
Ma‘lumotlarning infologik, fizik, datamantiqiy modellarini tavsiflang?

Download 339,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish