Ma‘lumotlarning axborot modelini quyidagi uchta birikma sifatida qarash mumkin:
-
tuzilish (tuzilma) qismi, ya‘ni MB ni qurish mumkin bo’lgan qoidalar to’plami;
-
boshqaruv qismi, ma‘lumotlar bilan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan
operatsiyalar turini aniqlashdagi;
-
ma‘lumotlar yaxlitligini qo’llab-quvvatlashni cheklash to’plami, foydalanilayotgan ma‘lumotlar
aniqligini kafolatlovchi.
Ma‘lumotlarning axborot modelini qurishdan maqsad ma‘lumotlarni tushunarli ko’rinishda taqdim
etishdir. Agar bunday taqdim etish mumkin bo’lsa, u holda MBni loyihalashda ma‘lumotlar modelini
qo’llash oson kechadi va bu ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimida (MBBT) foydalanuvchi ishini
yanada yengillashtiradi. Biz quyida MBBTning uch bosqichli arxitekturasi va undagi ma‘lumotlarning
axborot modellari haqida to’htalib o’tamiz.
Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimining umumiy arxitekturasi va standart terminologiyasini
yaratishga bo’lgan birinchi urinish DBTG nomli guruh tomonidan 1971 yilda qabul qilingan. DBTG guruhi
ikki bosqichli yondashuvdan foydalanish zarurligini tan oldi, tizimli taqdim etilgan foydalanish asosida
qurilgan – sxema, va foydalanuvchining taqdim etilishi – sxema osti. Bunga o’xshash terminologiya va
arxitektura 1975 yilda AQSh standartlashtirish milliy institutining (American National Standart Institute -
ANSI) normalar va standartlarni loyihalash qo’mitasi SPARC (Standards Planning and Requirements
Committe) tomonidan taklif etilgan. ANSI/SPARC qo’mitasi uch bosqichli yondashuvdan foydalanish
zarurligini tan oldi. Ayni holatda biz uchun ayniqsa fundamental moment ushbu va keyingi hisobotlardagi
tadqiqot guruhlari abstraksiyaning uch bosqichli identifikasiyasi hisoblanadi, ya‘ni ma‘lumotlar
elementlari tavsiflangan uchta turli xil bosqichlar. Ushbu bosqichlar tashqi, konseptual va ichki
bosqichlarni qamrovchi uch o’lchovli arxitekturani shakllantiradi. Uch o’lchovli arxitekturaning maqsadi
foydalanuvchiga taqdim etilayotgan MBsidan uning fizik taqdim etilishini ajratilishi hisoblanadi:
har bir foydalanuvchi o’zi uchun mo’ljallangan ma‘lumotlar bilan munosabatda bo’lish
imkoniyatiga ega bo’lishlari va ma‘lumotlarini o’zgartirishda boshqa foydalanuvchilarga ta‘sir etmasligi
lozim.
foydalanuvchilar bazada ma‘lumotlar fizik jihatdan qanday saqlanayotganligi haqida bevosita
tushunchaga ega bo’lmasligi lozim.
MB administratori foydalanuvchilarga hech qanday ta‘sir ko’rsatmasdan bazadagi ma‘lumotlarni
saqlash tuzilmasini faqatgina o’zi o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
axborotlarni fizik jihatdan saqlashda MB ichki tuzilmasi qurilmalaridan talab qilinmasligi kerak.
MB administratori barcha foydalanuvchilarga hech qanday ta‘sir ko’rsatmasdan MB sining
konseptual sxemasi yoki global tuzilmasini o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Foydalanuvchi 1
Foydalanuvchi 2
Foydalanuvchi n
Do'stlaringiz bilan baham: