1- ma'ruza. Kirish. Tinchlik va qo`zg`alish potensiallari. Neyronlararo aloqalar. Markaziy nerv tizimi



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/23
Sana01.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#291017
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
1 маъруза

Oraliq miya 


 

Oraliq miya miya sopining bir qismi bo’lib, ko’ruv do’mbog’i yoki talamus, 

epitalamus  (do’mboq  usti)  va  gipotalamus  (do’mboq  osti)  lardan  iborat.  Katta 

yarimsharlarga boradigan barcha afferent yo’llar (hidlov yo’lidan tashqari) talamus 

orqali  o’tadi,  shuning  uchun  uni  miya  kollektori  ham  deyiladi.  Talamusda  40  ga 

yaqin  nerv  yadrolari  bo’lib,  ular  funksional  jihatdan  spetsifik,  nospetsifik, 

assotsiativ va motor yadrolarga bo’linadi. Spetsifik yoki proeksion yadrolar  miya 

po’stlog’idagi  muayyan  sohalar  bilan  sinaptik  bog’langan,  ulardan  qaysi  biri 

buzilsa,  tegishli  efferent  sezgining  tamoman  yo’qolishiga  olib  keladi.  Ya'ni  bu 

yadrolar  periferik  retseptorlardan  boradigan  impulslarni  miya  po’stlog’iga 

o’tkazadigan  oraliq  (bekat)  stansiyalardir.  Ularga  faqat  bir  xil  turdagi 

retseptorlardan  impulslar  keladi.  Spetsifik  yadrolarda  esktroretseptorlardan  va 

harakat apparatidan tashqari yana ichki organlardan keladigan efferent yo’llarning 

proeksiyalari  bor,  bu  elektrofiziologik  tekshirishlar  tufayli  aniqlandi.  Bu  holat 

talamusning visseral funksiyalarni idora qilishda ham qatnashishini ko’rsatadi. 

 

Nospetsifik  yadrolar  miya  sopi  retikulyar  formatsiyasi  bilan  bog’liq,  ya'ni 



undan  keladigan  yo’l  shu  yadrolar  orqali  o’tib  po’stloqda  keng  tarqalgan  bo’ladi 

(muayyan nuqtalarda emas) va po’stloqning elektr faolligi va qo’zg’aluvchanligini 

boshqarishda qatnashadi. 

 

Assotsiativ yadrolar spetsifik yadrolarga o’xshab bir turdagi retseptorlardan 



impulslar  olib qolmasdan,  balki  bir  yo’la  bir nechta sezgi  organlaridan  impulslar 

oladi, ularning funksiyasi to’liq o’rganilmagan.  

 

Motor yadrolarga miyacha va bazal tugunlardan tolalar keladi va chiqadigan 



tolalar po’stloqdagi oliy harakat markazlarigacha boradi. Ular harakatni boshqarib 

boradi.  Epitalamus  aytilganidek,  do’mboq  ustki  qismi  bo’lib,  unga  qadoqsimon 

tana (mozolistoe telo) tagidagi gumbaz va ichki sekretsiya bezi - epifiz kiradi. 

 

Gipotalamus  filogenistik  jihatdan  oraliq  miyaning  eng  qadimgi  qismi 



hisoblanadi  va  u  organizm  ichki  muhitini  bir  xil  saqlashda  hamda  endokrin, 

vegetativ va somatik tizimlar funksiyasining integratsiyasida (birlashishida) muhim 

rol  o’ynaydi.  Uning  kulrang  moddasida  ko’pgina  hayotiy  markazlarga  daxldor  5 

guruh  yadrolar  bor  (preoptik,  oldingi,  o’rta,  tashqi  va  keyingi  yadrolar). 

Gipotalamus  bosh  miyaning  turli  qismlari  bilan  murakkab  aloqaga  ega  va 

funksional jihatdan juda muhim markazlarga ega. 

 

Gipotalamusning  keyingi  va  lateral  qismlari  elektr  toki  bilan  qitiqlanilsa 



aynan  simpatik  nerv  qitiqlanganidek  effekt  kuzatiladi,  ya'ni  ko’z  qorachig’i 

kengayadi, qon bosimi oshadi, yurak urishi chastotasi oshadi, ichaklar peristaltikasi 

to’xtaydi va hokazo. Shuning uchun ham gipotalamusning bu sohasi ergotrop, ya'ni 



oliy  simpatik  markazlar  joylashgan  bo’lim  deb  hisoblangan.  Uning  oldingi  va 

preoptik  qismlari  qitiqlanganida  parasimpatik  effekt  kuzatilgan  va  uni  trofotrop 

soha  deb  yuritishgan.  Lekin  keyingi  tekshirishlar  gipotalamusda  bunday  oliy 

simpatik  va  parasimpatik  markazlarni  aynan  ajratish  mumkin  emasligini,  ya'ni 

uning  oldingi  va  keyingi  qismidagi  markazlar  qitiqlansa  ham  bir  xil  effekt 

olinishini  (qon  tomirlarining  torayishi  va  boshqalar)  ko’rsatdi.  Qon  aylanishining 

bulbar  (uzunchoq  miyadagi  markazlar  bilan)  boshqarilishida  aortada  qon 

bosimining oshishi o’z-o’zidan bulbar mexanizmi ishga  solib, tomirlar kengayib, 

yurak  sekin  urib  qon  bosimini  pasayishi  kuzatilsa,  gipotalamus  orqali 

gemodinamikada  bo’ladigan  o’zgarishlar  organizm  yoki  organlar  holatiga  bog’liq 

bo’ladi.  Masalan,  muskul  ishi  payti  muskullarda,  ovqat  hazm  qilinishida  esa 

oshqozon-ichaklarda  bosim  oshadi  va  hokoao.  Bundan  tashqari  u  nafaqat  qon 

aylanishini,  balki  ichki  a'zolar  faoliyatini  ham  organizm  faolligiga  moslashtirib 

turadi. 


 

Laboratoriya  sharoitida  olib  borilgan  tekshirishlar  gipotalamusning  tana 

haroratini bir xil saqlashda faol qatnashishini ko’rsatadi. Masalan, gipotalamusdagi 

keyingi qism alohida olib qitiqlansa  moddalar almashinuvi kuchayib, yurak urishi 

tezlashadi,  muskullarda  qaltirash  paydo  bo’ladi  va  natijada  tana  harorati 

ko’tariladi.  Agar  bu  markazlar  buzib  tashlansa  tananing  tegishli  issiqlik  ajratib 

turish holati to’xtaydi va harorat pasayib ketadi. Agar mushuklarda bosh miyaning 

o’rta miyadan yuqori qismi kesib tashlansa, ular sovuq qonli hayvon singari tana 

haroratini muhit haroratiga qarab o’zgartiradi. 

 

Gipotalamusdagi  oldingi  qism  yadrolari  ham  termoregulyasiyada  faol 



qatnashadi,  ular  tanadan  issiqlik  ajralishini  integratsiya  qiladi.  Ular  alohida  olib 

qitiqlanilsa, teridagi qon tomirlari kengayadi, ter suyuqligi ajralishi va nafas olish 

tezlashadi.  Bu  markazlar  umuman  buzib  tashlanganida  esa  tana  harorati  oshib 

ketadi  (gipertermiya).  Gipotalamusning  bu  qismida  maxsus  issiqlik  neyronlari 

topilgan, ular qon haroratiga ko’ra umumiy tana issiqligini bir xil saqlaydi. 

 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish