nervlarining markazi (yadrolari) joylashgan (ko’zni harakatga keltiruvchi nerv,
yonbosh nerv, uchlamchi nerv, yuz nervi, til, tomoq nervi, adashgan nerv va
boshqalar). Bundan tashqari keyingi miyada retikulyar formatsiya deb ataluvchi
funksiyalarini ikki guruhga bo’lish mumkin, ya'ni keladigan afferent impulslarga
javob beradigan reflektor funksiya va avtomatik tarzda amalga oshiriladigan
funksiya (nafas olish markazi, yurak-qon tomirlar harakatini amalga oshiruvchi
amalga oshiriladi) ikkiga bo’linadi: somatik va vegetativ reaksiyalar. Keyingi
miyadan chiqadigan vegetativ nerv tolalari faqat parasimpatik tolalardir, ularning
effektor yo’li ikki qismdan iborat, ya'ni preganglionar va postganglionar yo’llar.
Somatik nerv markazlaridan harakat impulslari to’g’ridan-to’g’ri effektorga boradi.
undan chiqqan tolalar ovqat hazm qilish organlari, nafas olish organlari, yurakka
beradi. Yana bu yerdagi yuz va til-tomoq nerv markazlari ham qisman vegetativ
nerv markazi hisoblanadi. Ular so’lak bezlari ishini amalga oshiradi. Somatik nerv
yadrolaridan eng yirigi bu eshitish markazidir. U ichki quloqdan impulslar qabul
qiladi. Yana bu yerdagi harakat markazlaridan bosh, bo’yin va ovqat hazm qilish
apparati yuqori qismlarining muskullarini (ko’ndalang - targ’il) impulslar bilan
ta'minlovchi nervlar chiqadi. Bularga chaynovchi muskullarni ta'minlovchi,
uchlamchi nerv harakat markazlari, mimika muskullarini ta'minlovchi yuz nervi
markazlari, og’iz bo’shlig’i va tomoq muskullarini ta'minlovchi til-tomoq
nervining harakat markazlari, hiqildoqni ta'minlovchi adashgan nerv harakat
markazlari va boshqalar kiradi. Bu somatik markazlar orqali sodir bo’ladigan
reflektor jarayonlar birinchidan, ma'lum bir tana vaziyatini ta'minlab tursa,
ikkinchidan ovqatni qabul qilish, chaynash, yutishlarni amalga oshiradi.
Tana vaziyatini saqlovchi reflekslar: bular ichki quloqdagi vestibulyar va
yarimdoira kanallardagi retseptorlarning qitiqlanishi bilan yuzaga keladi. Ichki
quloqdagi asosiy organ labirint tarkibidagi yarim doira kanallar, chig’anoq va
chig’anoq oldi qismlari suyuqlik perilimfa va endolimfa suyuqligi bilan to’latilgan
bo’ladi. Ulardagi retseptor yuzalar mikroskopik tuzlar kristall statolit ta'sirida va
suyuqliklar harakati bilan qitiqlanib, vestibulyar apparat boshning bo’shliqdagi
vaziyati haqida impuls oladi. Yarimdoira kanallardagi retseptor yuzaning endo-
perelimfa oqimidan ta'sirlanishidan boshning bo’shliqda harakat qilishi haqida
sezgi paydo bo’ladi. Vestibulyar apparatda va yarimdoira kanallarda yuzaga
keladigan reflekslar ikki xil bo’ladi. Statik va statokinetik reflekslar chig’anoq
oldi
qism
retseptorlarning,
statik
reflekslar
esa
yarimdoira
kanallar
retseptorlarining qitiqlanishidan yuzaga keladi. Statik reflekslar o’z navbatida yana
ikkita: tana vaziyati va qadni rostlash reflekslariga bo’linadi. Birinchisiga tana
vaziyati bo’shliqda o’zgarsa muskullar tonusining o’zgarishi, ikkinchisiga
organizm o’z holatidan chiqsa (mushuk ag’darilsa) muskullar tonusining
navbatlashib o’zgarishi va oqibatda tanani rostlash uchun yuzaga keladigan
reflekslarni misol qilib olish mumkin.
Statik - kinetik reflekslar eng murakkab bo’lib, ular tana vaziyati va
orientatsiyani (aylanma harakatda) bir xil saqlash uchun kerak.
Statik va statokinetik reflekslar tanadagi barcha muskullar tonusiga ta'sir
qiladi (masalan aylanma harakatda nistagm, qusish, yurakning tez urishi, nafas
olishning o’zgarishi, dengiz kasalligi). Lift reflekslari ham to’g’ri chiziqli stato-
kinetik refleksdir.
Do'stlaringiz bilan baham: