biri xalqaro ekologik munosabatlarini muvofiqlashtirishdir. Hozirgi kunda xech bir
davlat o‘zining ekologik muammolarini yolg‘iz holda yoki kichik guruhdagi
davlatlar bilan hamkorlikda hal qilish imkoniyatiga ega emas. Barcha davlatlarning
harakatlari aniq kelishilgan va ularning faoliyati xalqaro huquqiy me’rlar bilan
Bir mamlkatning ekotizimining buzilishi shubhasiz qo‘shni davlatlarda javob
reaksiyasini keltirib chiqaradi. Masalan, Germaniya yoki Angliya sanoat korxonalari
atmosferaga m’yoridan yuqori foizlarda tutun gazlarni chiqaradigan bo‘lsa bu, holat
nafaqat shu davlatlarining ekologik holatiga salbiy tasir ko‘rsatib qolmasdan
shuningdek Skandinaviya davlatlari flora va faunasiga zarar etqazadi. Markaziy
Osiyo regionida bunaqangi hudud sifatida Tursunzoda (Tojikiston) dagi alyuminiy
zavodini misol qilib olish mumkin.
Davlat chegaralarini tan olmaydigan tabiiy komponentlar (daryo irmoqlari,
dengizlar ko‘chmanchi hayvonlar) tushunchasi mavjud. HEX deganda xalqaro
miqyosida atrof muhitni himoya qilish bo‘yicha shartnomalar, konvensiyalar tuzish,
xalqaro ekologik me’yorlarni ishlab chiqish va ular ustidan nazoratni ta’minlash
bo‘yicha hamkorlik, global va hududiy muammolarni hamkorlikda echish, ilmiy
tadqiqotlar va konferensiyalar o‘tqazish tushuniladi. XEX ni maksimal
samaradorligiga erishish uchun qo‘yidagi xalqaro huquqiy me’yorlar bilan
asoslangan prinsiplarga amal qilinishi kerak:
- er sharining har bir fuqarosi normal ekologik sharoitlarda yashash huquqiga ega;
- har bir davlat atrof muhit va tabiiy resurslarni o‘z fuqarolari manfaatlari yo‘lida
ishlatish huquqiga ega;
- bir davlatning ekologik muvaffaqiyati ikkinchi bir davlat manfaatlariga zid
kelmasligi lozim;
- ekologik natijasi noma’lum bo‘lgan xar qanday xo‘jalik yoki boshka turdagi
faoliyat ta’qiqlanadi;
- atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishda zamonaviy
ilg‘or texnologiyalardan foydalanish;
- bir davlat hududida favkulodda ekologik vaziyatlar vujudga kelsa, boshka
davlatlar tomonidan yordam ko‘rsatilishi majburiyligi;
- atrof muhit muammolari bilan bog‘lik nizoli holatlarni tinch yo‘l bilan hal etish.
Atrof muhitni muhofaza qilish ob’ektlarining uchta turi mavjud: xalqaro
(butunjahon) va milliy (bir davlat ichida). Milliy ob’ektlarga davlat hududida
joylashgan er, suv, qazilma boyliklar, yovvoyi hayvonlar va boshqa tabiat
elementlari tushuniladi. Davlat o‘zining milliy ob’ektlariga erkin egallik qiladi, o‘z
qonunlari asosida ularni boshqaradi va himoya qiladi.
Atrof muhitni muhofaza qilishning xalqaro ob’ektlariga halqaro kenglikda
joylashgan ob’ektlar: kosmos, atmosfera havosi, jahon okeani va Antarktida,
shuningdek turli davlatlarda ko‘chib yuruvchi hayvonlar tushuniladi. Ushbu
ob’ektlar biror bir davlatning ro‘yxatida turmaydi va xech bir davlatning milliy
mulki xisoblanmaydi. Ular jahon hamjamiyati tomonidan tuzilgan har hil
shartnomalar, konvensiyalar va protokollar yordamida himoya qilinadi.
YAna shunday tabiiy muhitning xalqaro ob’ektlari mavjud, qaysiki davlatlar
tomonidan muhofaza qilinadi va boshqariladi, lekin xalqaro ro‘yxatga olingan
(qo‘riqxonalar, milliy parklar, xalqaro qizil kitobga kiritilgan yo‘qolib borayotgan
va nodir hayvon va o‘simliklar).
Xalqaro munosabatlarda ishlatiladigan atamalar tushunchalari:
Rezolyusiya
(to resolve – xal qilish, echim topish) - ma’lum bir muammoni
muhokama qilishdan so‘ng qabul qilingan qaror. Atrof tabiiy muhitni xalqaro-
huquqiy muhofaza qilishda markaziy o‘rinni egallaydi.
SHartnoma-
siyosiy ahamiyat kasb etuvchi va boshka siyosiy, iktisodiy,
ma’rifiy-madaniy masalalar katori atrof-muhit muhofazasiga oid xalqaro
me’yorlarni o‘zida aks ettiruvchi xujjat. SHartnomalar umumiy, regional va
ikki va ko‘p tomonlama tuzilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: