4. Orolbuyi mintaqasida amalgi oshirilayotgan ishlar.
Respublikamizda Orol dengizi havzasining ekologik holatini sog‘lomlashtirishning
bir necha yilga mo‘ljallangan aniq harakat dasturiga asosan Qoraqalpog‘iston
shaharlari, ko‘pgina tuman markazlari, shuningdek, yirik qishloqlar ichimlik suvi va
tabiiy gaz bilan ta’minlandi. Qolaversa, respublikada o‘rmon xo‘jaligini
rivojlantirishga, ko‘chma qumlarni mustahkamlash choralarini ko‘rishga qarshi
Orolning qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish uchun katta ahamiyat
berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 apreldagi
162-sonli “Orol bo‘yi genofondini muhofaza qilish xayriya jamg‘armasini tuzish
haqida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra Orol bo‘yi atrof-muhitini va aholi
sog‘lig‘ini mustahkamlash va ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan vazifalar
belgilab berilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ekologiya Davlat qo‘mitasi bilan BMTning Taraqqiyot Dasturi hamda Global
Ekologik
Jamg‘armasining ko‘magi bilan “Amudaryoning quyi qismi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida to‘qay o‘rmonlarini saqlab qolish va muhofaza
qilinadigan hududlar tizimini mustahkamlash” bo‘yicha o‘rta miqyosli loyihasi ish
olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan biologik xilma-xillikni saqlash,
ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar turlarini muhofaza qilish bo‘yicha Konvensiya,
xavfli chiqindilarni chegaralar orqali olib o‘tish va ularni yo‘q qilish bo‘yicha
nazorat haqidagi Bazel Konvensiyasi, ozon qatlamini muhofaza qilish haqidagi
Vena Konvensiyasi va ozon qatlamini buzuvchi moddalar haqida protokol va unga
tuzatishlar, yo‘qolib borayotgan yovvoyi flora va fauna turlari bilan xalqaro savdo
qilish haqidagi Konvensiya bo‘yicha belgilangan majburiyatlarini bajarmoqda.
Jumladan, BMTning Taraqqiyot Dasturi (PROON) bilan hamkorlikda va GEF
ishtirokida bioxilma-xillikni muhofaza qilish va suvli-botqoq joylarda ularni
qo‘llash maqsadida aniqlash ishlari olib borilmoqda. Undan tashqari
respublikamizda noyob jonivorlarni saqlab qolish bo‘yicha katta loyihalar (xalqaro
tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari ishtirokida) amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan
Germaniyaning O‘zbekistondagi texnik hamkorlik jamiyatining loyihasi asosida
Orolning qurigan tubida 2000-2006 yillarda 8000 ga maydonda saksovulzor barpo
etish ishlari 30450 ga qilib bajarildi.
Orol mintaqasida ekologik muhitni yaxshilash maqsadida Global ekologik
fondi loyihasining 2003-2008 yillarda mo‘ljallangan loyihasi asosida 10000ga
maydonda saksovulzor barpo etish belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda esa ushbu
loyiha asosida 17211 ga maydonda saksovulzor barpo etish ishlari amalga oshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan Orolni
qurigan tubida 2005 yilda 20678ga, 2006 yilda - 14962ga, 2007 yilda esa 16000 ga
maydonda saksovulzorlar barpo etildi.
Tabiatimizni asrash, uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va
jamiyatda ekologik madaniyat va ekologik ongni rivojlantirish nafaqat tabiatni
muhofaza qilish organlari ishi, balki shu zaminda yashayotgan har bir insonning ona
Vatanimizga, uning tabiatiga bo‘lgan farzandlik burchidir.
Orol dengizi havzasida ro‘y bergan ekologik vaziyat global tus olganligini
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining
48 va 50 sessiyalarida so‘zlagan nutqida, shuningdek, Markaziy Osiyo
mamlakatlarining Olmaota va Nukus Deklaratsiyalarida, 2008 yilning may oyida
bo‘lib o‘tgan Xalqaro konferensiya ishtirokchilari qabul qilgan Toshkent
Deklaratsiyasida alohida qayd qilib o‘tilgan edi. SHunday ekan, Orol fojiasi
oqibatlari va shu tufayli yuzaga kelgan muammolarni hal etish borasidagi barcha
faoliyatlar har tomonlama xalqaro hamkorlik va o‘zaro hamjihatlik asosida
bo‘lmog‘i kerak.
O‘zbekiston Respublikasining ekologik xavfsizlik bo‘yicha siyosati
Konstitutsiyamiz, amaldagi qonunchilik, mamlakatimizning milliy xavfsizlik
konsepsiyasi, atrof muhit va barqaror rivojlanish bo‘yicha Reo-de-Janeyro va
Yoxannesburg
Deklaratsiyalari,
respublikamizda
qabul
qilingan
xalqaro
konvensiyalar va kelishuvlar, shuningdek etakchi davlatlar qonunchiligidagi
tajribalar asosida qurilgandir.
Orol fojiasining antropogen salbiy omillari darajasini pasaytirish, atrof
muhitga salbiy ta’sir oqibatlarini yumshatish, shuningdek, mintaqada barqaror
rivojlanishni ta’minlash maqsadida quyidagi choralarni ko‘rish zarur:
1. Sug‘oriladigan erlarda muhandislik-rejalashtirish ishlarini amalga oshirish,
sug‘oriladigan dehqonchilikda suvni tejavchi ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash
hisobiga suv resurslaridan tejab-tergab foydalanish;
2. Har bir hududning tuproq iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda eng
avvalo, qishloq xo‘jaligida erlardan samarali va sifatli foydalanish evaziga eng
maqbul tizimni qo‘llash;
3. Paykallar atrofida yashil to‘siqlar barpo qilish, mavjudlarini kengaytirish,
kanallari bo‘ylarida, qir-adirlarda daraxtzorlar yaratish. SHamol va suv tufayli sodir
bo‘ladigan er eroziyasining oldini olish uchun qirg‘oqlarni mustahkamlash va
o‘rmonchilik-meleorativ ishlarini amalga oshirish;
4. O‘simlik va hayvonot dunyosini genofondini saqlab qolishni ta’minlash.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini shakllantirish va kengaytirish;
5. Suv oqimlarining amaldagi hajmini saqlab qolishni kafolatlash va Orol
fojiasi mintaqasiga bundan keyin zarar etkazmaslik maqsadida transchegaraviy
daryolar havzasidagi yangi gidrotexnik inshootlarning texnik-iqtisodiy asoslarini
xalqaro ekspertizadan o‘tkazishga erishish;
6. Orol dengizining qurib qolgan tubida kichik ko‘llar, vetlandlar va nam
to‘plashga xizmat qiladigan boshqa hududlar barpo etish;
7. Orol dengizi va Orolbo‘yidagi barcha ekologik muammolarning echimini
topishga jamoatchilikni, eng avvalo, yoshlarni jalb qilgan holda aholi orasida
tushuntirish va o‘qitish ishlarini yo‘lga qo‘yish.
Bu kabi faoliyatlarni milliy chegara doirasida amalga oshirish chog‘ida ushbu
hatti-harakatlar tranchegaraviy ta’sir ko‘rsatmasligini va boshqa davlatlar atrof
muhitiga zarar etkazmasligini kafolatlashni o‘ta muhim va zarur.
Nazorat savollari
1. Orol dengizining hozirgi holatini izohlang?
2. Orol dengizining qurishi sabablari nimada?
3. Orol dengizining qurishi oqibatlari.
4. Orolbuyi ekologik muammolari.
5. Orolbuyi ijtimoiy-ekologik muammolari.
6. Orolbuyi mintaqasida amalgi oshirilayotgan ishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |