davlatlararo chegara bilan ajratish mumkin emasligini butun dunyo so‘nggi bir
isbotini topgan va undan kutilayotgan jiddiy oqibatlar haligacha to‘laqonli anglab
etilmagani yaqqol ko‘rinib turibdi. Ushbu fojianing eng birlamchi sababi Orol
erishish uchun suv zaxiralaridan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash, muhimi, ekologik
xavfsizlikka erishish Markaziy Osiyo davlatlari uchun eng asosiy vazifa bo‘lib
uchun, balki sayyoramizning juda katta hududiga tahdid solayotgan kutilmagan
millionlab aholining turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu bir-biriga uzviy
bog‘liq bo‘lgan va xalqaro ahamiyat kasb etgan, ekologik oqibatlari nafaqat bitta
mintaqa uchun, balki global tanazzul o‘chog‘ini vujudga keltiruvchi ijtimoiy-
Hududdagi iqlim o‘zgarishi sharoitida barcha jarayonlar o‘ta murakkab, og‘ir va
qiyin vaziyatni juda tez sodir etayotganligini ham bugun hech kim inkor eta olmaydi.
Orol dengizining qurishi mintaqada iqlim o‘zgarishiga sezilarli darajada ta’sir
ko‘rsatganini yaqqol isbotlab turibdi. Bir paytlar Orol dengizi Sibir tomondan
esuvchi sovuq shamolni, yozda esa jazirama issiqni yumshatuvchi o‘ziga xos
vazifani bajarar edi. Uning qurishi esa mintaqada iqlimni sezilarli darajada
o‘zgartirib yubordi. YOzda issiq va quriq bo‘lgan kunlar ko‘paydi. Qishning
qahraton va sovuq kunlari soni oshdi. Oqibatda Orolbo‘yida harorat 40 darajadan
yuqoriga ko‘tarilgan kunlar ikki barobarga ko‘paydi. O‘zbekistonning boshqa
hududlarida esa bunday kunlar o‘rtacha 1,5 barobarga oshdi. Mutaxassislarning
bashorat qilishlaricha, 2035-2050 yillarga borib mintaqada havo harorati 1,5-3
darajaga oshishi mumkin ekan. Havo haroratining eng ko‘p darajada ko‘tarilishi
mamlakatimizning shimolida – Orolbo‘yida kutilayotgani ham bejiz emas.
Global iqlim o‘zgarishi mintaqada ob-havoning kutilmagan injiqliklari sodir
bo‘lishi holatining ko‘payishiga olib keladi. Suv zahiralarining shakllanishida
o‘zgarish sodir bo‘lib, bu, eng avvalo, Orol dengizi havzasida, ayniqsa, Orolbo‘yida
qo‘shimcha salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Qurg‘oqchilik yillarida
suvning minerallashish va mikrobiologik ko‘rsatkichlarida sifat darajasi
yomonlashadi. Iqlimning issiqlik tomonga keskin o‘zgarishi Orolbo‘yida
qurg‘oqchilikning keskinlashuviga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, gidrologik
qurg‘oqchilik sharoitida daryolarning quyi qismida keskin iqlimiy vaziyat yuzaga
kelmoqda.
Nisbatan intensiv rivojlanish bo‘lgan so‘nggi uch o‘n yillik davomida oqar
suvlardan foydalanishning keskin ko‘payishi suv resurslarining qariyb tugashi
darajasiga etdi. Yilning seryog‘in kelishidan qat’iy nazar, mintaqada suv xo‘jaligi
balansida belgilangan limitlardan tashqari suv qolmadi, hisobi.
Bu haqda quyidagi ma’lumotlar fikrimizni isbotlaydi. Oxirgi 40-45 yil
davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 6
martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 115 kub
km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida
esa 280 g/l gacha etdi. Orol dengizi deyarli “o‘lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan
tubi maydoni 4,5 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli
aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu erda har yili atmosfera havosiga 80 dan
100 mln. tonnagacha chang ko‘tariladi. SHu bilan bir vaqtda, Amudaryo va
Sirdaryoning deltalarida erlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llashish sur’atlari
o‘sib bormoqda.
ugungi kunga kelib Oroybo‘yida o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondining
yarmidan ko‘pi yo‘qolib ketdi. Insoniyat ko‘pgina kamyob va noyob o‘simlik hamda
hayvonlar turlaridan butunlay mahrum bo‘lgani, ayni paytda ularning yana
ko‘pchilik turlari yo‘qolib ketish arafasida ekanligi qayg‘uli holdir. Orol dengizining
qurishi oqibatidagi ekologik o‘zgarishlar Amudaryo deltasiga suv quyilishining
keskin kamayishi bilan bir paytda kuzatilib, bularning hammasi ichimlik suvi
ta’minotining yomonlashuviga, er osti suvlari minerallashuvining ko‘pay ishiga,
toza ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar bo‘lishiga, uning kimyoviy va
mikrobiologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sifat talablariga javob bermasligiga, shu
tufayli mintaqada yashovchi aholining kasallanish darajasi oshishiga olib keldi.
YUzaga kelgan vaziyat Orol dengizi havzasidagi davlatlarning o‘zaro
kelishuvsiz qilgan hatti-harakatlari natijasida yanada keskinlashishi mumkin.
SHunday ekan, mintaqadagi davlatlar va ularning aholisi hayotida, turmush tarzida
asrlar osha muhim ahamiyat kasb etgan transchegaraviy daryolar suvidan oqilona
foydalanish masalasiga alohida e’tibot qaratmoq joizdir. Bu, bugungi kunda
mintaqadagi oltita davlatda yashayotgan 55 milliondan ortiq aholi manfaatlari uchun
bevosita va bilvosita taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: