Xususiyatlari:
• Linuxning OT sifatidagi xarakterli xususiyatlari.
• Bir vaqtning o'zida bir necha dasturlarni bajarishi.
• Bir necha foydalanuvchilar bir kompyuternhig o'zida ishlashi.
• Linux OT to'liq hujjatlaslitirilganligi.
• Linuxning ochiq litsenziyasi bo'lgan OSlardan boshqa farqlari.
Linuxning OT sifatidagi xarakterli xossalari
• Ko'p vazifalilik: bir vaqtning o'zida ko'p dasturlar bajariladi.
• Ko'p foydalanuvchilar bir vaqtning o'zida bitta kompyuterdan foydaianadi.
• Protsessorning himoyalangan rejimi: (386 protected mode).
• Protsess xotirasi himoyasi: dasturdagi uzilish sistemaning osilib qolishini keltirib chiqarmaydi.
• Tejamli yuklash (zagruzka): Linux diskdan dastur haqiqatdan ham bajaradigan qismlarnigina o'qiydi.
• Bajariladigan dastur nusxalari orasida yozuv bo'yicha sahifalarning bo'linishi. Bu, dastuming protsesslar — nusxalari bajarilayotgan paytda aynan o'sha bitta xotiradan foydalanish mumkinligini anglatadi. Bunday protsess xotiraga yozib oiishga urinayotgan paytda, yozib olinayotgan 4 kilobaytli sahifa bo'sh joyga nusxa qilib olinadi. Bunday xususiyat tezkorlikni oshiradi va xotirani tejaydi.
• Sahifalarni tuzishni o'z ichiga olgan virtual xotira (ya'ni xotiradan diskka noaktiv protsessning hammasi emas, balki kerak bo'lgan sahifa siqib chiqariladi); diskning mustaqil qismlaridagi yoki faylli sistemalarning fayllaridagi virtual xotiraning hajmi 2 Gbayt; dasturlar amalga oshirilayotgan paytda virtual xotira o'lchovining o'zgarishi.
• Dasturlar va diskli KEShning umumiy xotirasi: bo'sh xotiraning hammasidan disk bilan almashuvni buferizatsiya qilish uchun foydalaniladi.
• Dinamik to'ldiriladigan taqsimlanadigan kutubxonalar.
• Post-mortem analizi uchun gam dasturlar: otladchik tomonidan nafaqat bajarilayotgan, balki avariyaviylik bilan tugagan dasturni ham tahlil qilishga imkon beradi.
• POSIX standarti bo'yicha sertifikatsiyalash, dastlabki matnlar darajasida System V va BSD standartlari bilan muvofiqlashtirilganligi.
• IBCS2 orqali to'ldirilgan dasturlar bo'yicha SCO, SVR3, SVR4 bilan muvofiqlashtirilgan sig'ishtirish emulyatori.
• Barcha dasturlarning dastlabki matnlari mavjudligi. Bunga yadro matniari, drayverlar, tuzib chiqish va ilovalar matnlari ham kiradi. Ushbu matnlar erkin tarqatiladi. Hozirgi davrda bir qancha firmalar tomonidan Linux uchun qator kommersiyaga oid dasturlar dastlabki matnlarsiz ta'minlanmoqda, lekin nimaiki bo'sh bo'lsa, bo'shligicha qolaveradi.
• POSIX standartida vazifalarni boshqarish.
• Yadroda protsessorning emulyatsiyasi, shuning uchun ilova (qo'shimcha) soprotsessorning emulyatsiyasi to'g'risida qayg'urmasa ham bo'ladi. Albatta, soprotsessor mavjud bo'lsa, aynan u ishlatiladi.
• Milliy alfavit va bitimlarni qo'llab-quwatlash, shu jumladan rus tilini, yangilarini qo'shib olish imkoniyati.
• Ko'plab virtual konsollar: bitta displeyda bir vaqtning o'zida klaviaturadan o'tkaziladigan mustaqil ishlar seanslari.
• Ko'p tarqalgan qator fayllar sistemalarini qo'llab-quvvatlash (MINIX, Xenix, System V fayl sistemalari); 4 Terebayt hajmga va 255 belgigacha nomlari bo'lgan fayllarga ega, o'z yetakchi fayllar sistemasining mavjudligi.
• DOS (yoki OS/2FAT) bo'limlariga ochiq kirish: DOSning Linux fayl sistemasining qismiga o'xshaydi; VFAT (WNT, Windows 95)ni qo' llab - quvvatlash.
• Linuxni DOS fayl sistemasiga o'rnatish imkonini beradigan UMSDOS maxsus fayl sistemasi.
• HPFS-2 OS/22.1 fayl sistemasiga kirish (faqat o'qish).
• CD-ROMning barcha standart formalarini qo'llab-quvvatlash.
• TCRIP tarmog'ini, Ftp, Telnet, NFS va h.k. ham kiradi, qo'llab-quvvatlash.
Bir necha dasturlarning bir vaqtning ichida bajarilishi qanday ko'rinishga ega?
Virtual multikonsol deb atalmish narsa bir displeyda bir necha konsollar ishini tashkillashtirish imkonini beradi. Birinchi konsolda translyatsiya protsessi ishga solinadi. Alt-F2 klavishlari kombinatsiyasi bilan ikkinchi konsolga o'tish ro'y beradi. Translyatsiya davom etadi, lekin ayni vaqtda birinchi konsol displey ekranida ikkinchi konsolning yangi tasviri bilan almashtiriladi. Masalan, unda matn muharriri ishga tushiriladi. Alt-F3 kombinatsiyasi bilan uchinchi konsolga o'tiladi, unda otladchik ishga solinadi va h.k. Odatda, sistemada 8 ta konsol bo'ladi, lekin 64 tagacha o'rnatish mumkin. Istalgan vaqtda xohlagan konsolga o'tish mumkin.
Alohida konsolda ham matnli, ham grafikali dastur ishlatish mumkin.
Bo'sh turgan konsollarning birida XWindows System darchali sistemasini qo'yib yuborish mumkin. Ekranda darcha ochasiz va DOOM o'yinini o'ynaysiz. Tarmoq orqali partnyor bilan o'ynash mumkin. Boshqa darchalarda — ma'lumotlar bazasi, pochta, muharrir, translyatsiya va h.k.
Shunday qilib, bir vaqtning o'zida ko'p konsollar ishlaydi, ulardan birida esa X Windows Systemning ko'p darchalari ham bor.
Bundan tashqari, sistemada bir vaqtning o'zida fon jarayonlari ishlaydi, ular displeyga ma'lumot bermaydilar, lekin o'z ishlarini qiladilar, masalan, modem orqali ma'lumot beradilar, printerda yozadilar, tarmoq bo'ylab pochta jo'natadilar va h.k. Fon jarayonini foydalanuvchining o'zi ham keltirib chiqarishi mumkin va vujudga kelgan sharoitga binoan OS ham paydo qilishi mumkin (jo'natish uchun pochta bo'lganda, yozish uchun ma'lumot bo'lganda, modem orqali aloqa vaqti boshlanganda va h.k.).
Linux ko'p protsessorli mashinalarda (32 protsessorgacha) hisoblab berilgan materiallarning fizik jihatdan paralelligini yo'qotishni ta'minlaydi, lekin buning bir vaqtning o'zida bir necha dasturlarning bajarilishiga aloqasi yo'q. Operatsion sistema bir vaqtning o'zida bitta protsessorda bir necha vazifalarni bajarish imkonini beradi, bunda bir sekundning o'zida yuzlab marta bir vazifadan ikkinchisiga o'tkazib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |