Linux OT kimga va nima uchun kerak bo'ladi? Ko'p toifadagi foydalanuvchilar turli sabablarga ko'ra Linux ni qo'llashdan manfaatdor bo'lishlari mumkin.
Linux — to'laqonli 32- razryadli (64-razryadlisi DEC AXP platformasida bo'ladi) operatsion sistema bo'lib, kompyuterni to'la quvvat bilan ishlatadi. Linux IBM PS shaxsiy kompyuterni haqiqiy ishchi stansiyaga aylantiradi. Shaxsiy kompyuterning narxi ishchi stansiya narxidan juda past turadi.
Bu yerda narx bo'yicha yutuq juda katta, chunki asbob-uskunalar bo'yicha tejamkorlikdan tashqari, Linux ning dasturiy ta'minoti ochiq litsenziya bilan beriladi va u sistemadan bepul nusxa olishni cheklamaydi. Yadro, muharrirlar, translyatorlar, SUBD, tarmoq, grafik interfeyslar, o'yinlar va boshqa ko'plab dasturlar ta'minoti minglab megabayt hajmda bepul va qonuniy asosda beriladi.
Qaroqchilik bozorida dasturlar uchun haq to'lamaslik odatiy ish bo'lib qolgan. Ammo Linux butunlay boshqacha, undan foydalanuvchilarni hech kim ta'qib qilmaydi, buning ustiga hujjatlarni to'la berishadi. Yana shunisi ham borki, barcha dasturlarning dastlabki matnlari ham beriladi. Bu qaroqchilarning tushlariga ham kirmagan.
Linux foydalanuvchilar va amaliy sistemani ishlab chiquvchilarda katta qiziqish uyg'otadi. O'zingiz bir faraz qilib ko'ring, bir necha shoxobchalardan iborat firma hududiy jihatdan shaharning turli tumanlarida va, hattoki, boshqa shahar va mamlakatlarda joylashgan. Asosiy korxonada ma'lumotlar bazasi serveri ishlab turibdi, mijozlar — shoxobchalarda ish joylari — tarmoq orqali server bilan o'zaro aloqa qilib turibdilar. Bunday sistema Linux da tez, arzon va qulay amalga oshirilmoqda. Linux ning barqarorligini yodga oling. Mana shu yerda u juda qo'l keladi!
Faraz qilaylik, siz kommersiya OTlari uchun, masalan, SCO Unix yoki Dos kommersiya dasturiarini ishlab chiquvchisiz. Siz ko'pplatformali kompilyator, otladkaning ko'p darchali sistemasi, emulyatorlar va moslaslitirish sistemalaridan foydalanasiz. Mana shu Linuxdir. Siz uni uyingizdagi shaxsiy kompyuterga ulashingiz mumkin. Agar sizda modem bo'isa, ishga faqat maosh olish uchun borishingiz mumkin. Aytgandek, bu yerda ham barqarorlik xalaqit bermaydi. Faraz qiling, siz 20 ta darcha ochdingiz va ularda ko'p ishlar qildingiz, sistema esa osilib qoldi. Linuxda bunday holat bolmaydi.
Agarda siz ilmiy xodim bo'lsangiz va xalqaro jurnallarga maqolalar yozsangiz, undachi? Linux dagi TEX nashriyot sistemasi sizning xizmatingizga tayyor. Uning formatida ushbu jurnallarga maqolalar qabul qilinadi. Maqolani elektron pochta orqali o'zingizning Linux -mashinangizdan jo'natishingiz mumkin. Siz maqolani yozayotgan. davr ichida mashina uzoq murakkab hisoblashni bajaradi va bu sizga umuman xalal bermaydi. Sizning dasturingizdagi massivlar hajmi hech cheklanmagan. 50 megabayt massiv kerakmi? Marhamat, sizda faqat 8 MV RAM bo'lgan taqdirda ham, chunki Linux da virtual xotira ishlaydi. Nima deb o'ylaysiz, uch soatlik hisoblashning tamom bo'lishiga uch daqiqa qolganda OS osilib qolsa sizga yoqadimi? Linux da bu hodisa ro'y bermaydi. Balki sizga professional sifatga ega bo'lgan reklama tasvirini sintez qiiish kerakdir? Rendering sistemasi ushbu ishni bajarayotgan paytda siz DOOM o'yini bilan mashg'ul bo'lishingiz mumkin. Murakkab tasvir renderingi soatlab davom etadi. Bu yerda ham OS mustahkamligi ish beradi.
OS ning mustahkamligiga bejiz bunday urg'u berilayotgani yo'q. OS amaliyoti — DOS va, ayniqsa, MS Windows sistemalari bilan cheklangan foydalanuvchi osilib qolish OSning ajralmas xususiyati ekanligiga o'rganib qolgan bo'Iadi.
Ahvol aynan buning teskarisi bo'ladi. Linux eng xilma-xil masalalarni yechish uchun ishlatiladigan ko'p sonli vositalarga ega bo'lgan ochiq sistemalarning ulkan dunyosiga o'z eshigini keng ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |