ENTOMOLOGIYA
LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI
1 – LABORATORIYA
HASHAROTLARNING MORFOLOGIYASINI O’RGANISH
REJA
1. Hashoratlarning morfologiyasini o‘rganish.
2. Hashoratlarning umumiy gavda tuzilishi.
O‘rganish ob’ektlari:
Qora suvaraklar yoki boshqa o‘rta, yirik kattalikdagi hasharotlar (chigirtkalar, may qo‘ng‘izi yoki boshqa qo‘ng‘izlar, suvaraklar). Hasharotlarning voyaga etganlarini o‘ldirish uchun ularni efir yoki xloroformga ho‘llangan paxta solingan og‘zi mahkam yopnladigan bankaga bir necha vaqtga joylab qo‘yiladi.
Kerakli asbob, idish va materiallar:
MBR-1 va MBS-1 mikroskoplar. 10—20 marta kattalashtirib ko‘rsatadigan stol va qo‘l lupalari, binokulyarlar, to‘g‘rilagich vannochkalari, Petri kosachalari, suvli tomizgichlar, pindetlar, to‘g‘rilagich qaychi va ignalar, entomologik to‘g‘nag‘ichlar, buyum oynasi, qoplag‘ich va soat oynalari, suvarak va boshqa hasharotlarning imagosini — umumiy gavda tuzilishi va tana bo‘laklarini ifodalovchi tablidalar, slaydlar, tayyor preparatlar va fotosuratlar.
Ishni bajarish tartibi
O‘tilgan bir necha hasharot buyum oynasiga yoki to‘g‘rilagich vannasiga qo‘yiladi. So‘ngra lupa ostida uning tashqi ko‘rinishi ko‘rib chiqiladi va hasharotlar sinfiga xos bo‘lgan xarakterli belgilariga ahamiyat beriladi.
2. Hasharotning tashqi teri qoplamining qattiqligini qo‘l bilan sal bosib ko‘rish mumkin. Tanasining ikki tomonlama simmetriya, ya’ni ikki yonida o‘xshash tana bo‘laklarini joylanishiga e’tibor bering.
3. Tana tuzilishi bilan tanishamiz, bunda tanasi qorin tomonidan va ikki yon tomonidan qaralganda uning bo‘g‘im va bo‘laklardan tuzilgan ligi, shuningdek, bosh, ko‘krak va qorin qismlari ko‘rinadi (1-rasm). Bu qismlarda turli o‘simtalar bor.
4. Bosh (saput) qismini lupa ostida qaraymiz. Boshida bir juft mo‘ylov (antennae), og‘iz organi (trophi), murakkab ko‘z (osuli), sodda ko‘z yoki ko‘zcha (oselli borligi ko‘rinadi.
5. Ko‘krak (thorax) qismini kuzatamiz. Ko‘kragi uch bo‘g‘imli va ular pastiga uch juft bo‘g‘imli oyoqlar (pedes) va tepa qismida ikkinchi va uchinchi ko‘krak bo‘g‘imlariga joylashgan ikki juft qanotlari (alae) yoki ularning murtaklari bo‘lishi mumkin.
6. Qorin (abdomen) qismi bir nechta bir-biriga o‘xshash bo‘g‘imlardan tuzilganligini va voyaga etgan davrida oyoqlari bo‘lmasligi ko‘rinadi. Qornining ketgi bo‘g‘imida turli xil shakldagi o‘simtalar – serkiy yoki grifelka bo‘lishi mumkin.
7. Hashoratning umumiy tashqi gavda tuzilishi bilan tanishib chiqqandan keyin jadvallardan yoki hashoratlarga qarab rasmini chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |