Nazorat savollari
1. Arrali va valikli jinlash jarayoni bir-biridan qanday farq qiladi?
2. 5DP-130 arrali jinining asosiy ishchi organlarini chizing va jinlash jarayonidagi aqamayatini tushuntiring?
3. 5DP-130 arrali jinining konstruksion tushilishini va ishlash tartibini tushuntiring?
4. 5DP-130 arrali jinining asosiy ishchi organlarining vazifasinin tushuntiring.
5. 5DP-130 rusumli jinlarning texnik va texnologik ko‘rsatkichlarini keltiring?
13-LABARATORIYA ISHI
MAVZU: «TOLA TOZALASH USKUNALARI.» (2-soat)
Ishdan maqsad: Paxta tolasidagi iflosliklarni tozalashning ahamiyati, tola tozalash uskunalarining turlari, ularning ishlashi va tuzilishi bilan tanishish.
Topshiriq:
1. Paxta tolasini tozalashning ahamiyatini tushintiring.
2.Paxta tolasini tozalash usullari va uskunalari to‘g‘risida ma’lumot bering.
3. O‘rta tolali paxta tolasini tozalash uskunasi 1VP va 1VPUning tuzilishi va ishlashini tushuntirib, konstruksion sxemasini chizing.
4. Uzun tolali paxta navlarining tolasini tozalash, VT va ON-6-3 rusumli tola tozalagichlarning tuzilishi va ishlashini tushuntirib, konstruksion sxemasini chizing.
5. Xulosa.
Ishning qisqacha bayoni
Paxta tolasi ichidagi begona aralashmalar ham xuddi chigitli paxtadagi iflosliklardek kelib chiqishi jihatidan: mineral va organik, tolaga ilashish jihatidan aktiv va passiv iflosliklarga bo‘linadi.
Yuqorida aytilgan iflos aralashmalar chigitli paxtani tozalash jarayonida to‘liq ajramasdan jinlash, ya’ni chigitidan tolani ajratish paytida tolaga qo‘shilib ketgan iflosliklardir. Bundan tashqari chigitli paxtadan tolasini ajratish jarayonida qo‘shimcha uluk va mayda iflosliklar paydo bo‘ladi. Tolani jinlash jarayonida kelib chiqadigan o‘lik va mayda iflosliklar tola sifatiga ta’siri juda katta. Ularning tarkibiga: singan chigitlar, ezilgan chigit, uluk, tolali qobiq, mayda iflosliklar va boshqa aralashmalar kiradi.
Tolani iflosliklardan tozalash jarayoni, tolani presslab toylash jarayonidan oldin bajariladi. Agar iflosliklari davlat standartida ko‘rsatilgan me’yordan ko‘p bo‘lib, ularni presslab toylansa, to‘qimachilik fabrikalari tayyorlov sexlari uskunalarining ishini qiyinlashtiradi.
Tola tozalash uskunalari tolani uluk va mayda iflosliklardan tozalash usuliga qarab, mexanik, aerodinamik va aeromexanik turlarga bo‘linadi.
Tolani mexanik usulda tozalaganda uluk va mayda iflosliklar tarash va urish asosida toladan ajratiladi, bunda uluk va mayda iflosliklarning tolaga ilashishi zaiflashib, to‘rli sirt teshiklari yoki kolosniklar orqali ajralib chiqadi.
Tolani aerodinamik usulda tozalash tola oqimi uni tashuvchi havo oqimi bilan birga egri chiziqli yo‘ldan o‘tganda hosil bo‘ladigan markazdan qochirma kuchdan foydalanishga asoslangan. Biroq, aerodinamik tola tozalagichlarning tozalash samaradorligi yuqori bo‘la olmaydi, chunki markazdan qochirma kuchlar tolaga yopishgan uluk va mayda iflosliklarnigina ajrata oladi. SHuning uchun ishlab chiqarishda keng qo‘llanilmagan.
"RAXTASANOAT IICHB", (Paxtamash) loyixalash byurosi bilan birgalikda yaratilgan bir, ikki va uch pog‘onali hamda har xil tuzilishdagi aeromexanik usulda ishlaydigan tola tozalash uskunalari ishlatilmoqda.
O‘rta tolali chigitli paxtani qayta ishlash korxonalarida ishlatiladigan 1VP rusumli tola tozalagichning ishlash jarayoni: chigitli paxta tolasi havo yordamida quvurga kelib, arrali barabanlarga o‘tadi. Tolani tozalash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: tola qabul qiluvchi orqali birinchi arrali silindrga tushadi, unda arralar tishi tolani ilib olib qobirqalardan urib olib o‘tadi, shunda ular oraliqidan xas-cho‘plar, aralashmalar ajralib tushadi. Undan so‘ng tola markazdan qochma kuch evaziga ikkinchi arrali silindrga o‘tadi, so‘ng uchinchi arrali silindrga o‘tib tolani tozalash jarayoni davom etadi. Arralar oralig‘ida yo‘naltirgichlar o‘rnatilgan, hamda har bir arrali silindr oldiga yopishtiruvchi cho‘tkalar o‘rnatilgan. Bu cho‘tkalar yordamida tola taraladi va undan yuza qismida bo‘lgan chiqindilar ajratiladi (23-rasm).
Tozalangan tola oxirgi arrali silindrdan yo‘naltiruvchi moslama yordamida yuqoriga ko‘tarilib surib oluvchi quvurga tushadi. Tola tozalagichning ichki qismidagi aerodinamik holatni yaxshi saqlash uchun, hamda tozalangan tolaning yaxshi yo‘nalishi uchun arrali silindrlarning oralig‘iga aylanuvchan qaytargichlar o‘rnatiladi. Qobirqalarga urilib ajralgan xas-cho‘p va iflos aralashmalar chiqindilar bo‘linmasiga sirg‘alib tushadi va olib ketuvchi moslamalar yordamida uskunadan chiqariladi.
8.2-rasmda 1VPU uskunasining sxemasi ko‘rsatilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, 3 bosqichli tola tozalagichni bir bosqichli tola tozalagichga almashtirilgan, ya’ni ikkita barabani olib tashlangan. Ishlash tartibi esa xuddi 1VP rusumli tola tozalash uskunasiga o‘xshaydi. Chigitli paxta tolasi havo yordamida qabul qilish bo‘qiziga 1 keladi. Yo‘naltiruvchi cho‘tka 2 yordamida tola arrali barabanga bir tekis qilib yopishtirib beriladi. Uskunadagi aerodinamik holatni saqlash maqsadida jalyuzalar 3 o‘rnatilgan. Arrali baraban 6 tolani kolosniklarga 5 urib olib o‘tish natijasida tozalaydi. Ajratilgan iflosliklar esa chiqindilar kamerasi 4 orqali tashqariga chiqariladi. Tola esa olib ketish bo‘qizi 8 orqali presslash sexiga jo‘natiladi. Tola arrali baraban ta’sirida tozalanmasdan oldin olib ketish bo‘g‘iziga o‘tib ketmasligi uchun pichoq
7 o‘rnatilgan.
8.1-rаsm. 1ВП rusumli tоlа tоzаlаgichning tехnоlоgik jаrаyon sхеmаsi
1.Tola kirish trubasi. 2.Ilashtiruvchi cho’tka;.
3.Arrali silindr;
4.Kolosnikli panjara;
5.Ifloslik kamerasi;
6. Tola chiqish novi;
7. To’siqlar;
8.Korpus;
9.Havo jalyuzalari;
Do'stlaringiz bilan baham: |