7.3-rаsm. Jinning ishchi kаmеrаsi sхеmаsi.
1. Pеshtoq brus.
2. Kolosnik. 3. Pastki brus. 4. Chigit tarog’i.
5. Pastki fartuk.
6. Oldingi fartuk. 7.Arrali tsilindr. 8.Yuqori brus. 9. Xom ashyo valigi.
Qobirg‘ali panjara arrali jin ishchi kamerasining muhim qismlaridan biridir. U arra diskalarini qobirg‘alar orasidan ishchi kameraga erkin o‘tkazib, arra tishlariga ilingan tolalarni chigitidan ajralgandan keyin erkin olib chiqib ketishi uchun xizmat qiladi. Qobirg‘ali panjara ayrim qobirg‘a 2 lardan (14-rasm) tuzilgan bo‘lib, ular peshtoq brus 1 bilan birga ishchi kameraning profilini tashkil qiladi. Qobirg‘alar yuqori brus 8 va pastki brus 3 ga maxsus vintlar bilan biriktiriladi. Qobirg‘a SCH-15-32 rusumli cho‘yandan qo‘shib yasaladi.
Arrali silindr (15-rasm) arrali jinning asosiy ishchi organi hisoblanib, jinlash jarayonini, ya’ni tolani chigitdan ajratish jarayonini bajaradi. U 80 va 130 arrali disklar 1, arra qistirmalari 2, arra vali 3, qisqich shayba 4 va podshipniklardan 5 iborat.
Arrali silindrga quyidagi texnologik talablar qo‘yiladi:
- Arra tishlarini tolani ilish qobiliyati yuqori bo‘lishi kerak;
-Arrali diskalar valga mahkamlangan bo‘lib, ish vaqtida o‘zining holatini o‘zgartirmay qobirg‘alar orasida o‘tishi kerak. Buning uchun valning uzunligi bo‘yicha yo‘nilgan ariqchaga arra diski teshigidagi tilga kirib turadi va arrali diskning valda aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
7.5-rasm. Arrali silindrning tuzilishi
1-arrali silindr o‘qi;2-arra disklari; 3-arra qistirmalari; 4-gayka; 5-podshipnik. 6-qistirma shayba
Arra tishlari ish kamerasidan qobirg‘a orqasiga chiqqandan keyin tolani arra tishlaridan ajratish bilan birga o‘luk va mayda iflosliklardan tozalash jarayoni ham bajariladi. Arra tishlaridan tolani pastdan ajratadigan jinlarda o‘luk va mayda iflosliklar tolalar arra tishidan ajralmasdan oldin markazdan qochirma kuch ta’siridan foydalanish hisobiga o‘luk kozerogining vaziyatini o‘zgartirib rostlanish asosida toladan ajratiladi (16-rasm).
Tola arra tishlaridan yuqoridan ajratiladigan jinlarda (16-rasm) o‘luk tolalardan ularni arra tishlaridan havo oqimi bilan ajratilgandan so‘ng ajratiladi. Kuch havo oqimi soplodan chiqib, arra tishlaridan tolani ajratib, uni yo‘naltiruvchi silindr aylanasiga urinma chiziq bo‘ylab yo‘naltiriladi. Ejeksion havo oqimi normal tolalarni qabul bo‘g‘izi tomoniga og‘diradi, o‘luk va xas-cho‘plar esa inersiya kuchi ta’sirida urinma bo‘ylab harakatni davom ettirib toladan ajraladi va pastga o‘luk konveyeriga tushib, mashinadan tashqariga chiqariladi. O‘luk ajralish me’yori o‘luk kozerogini arradan 1543 mm gacha surib rostlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |