20.Me'yorida rivojlanayotgan bolalarning ilk yoshida jismoniy rivojlanish qonuniyatlari.
Ilk bolalik davri: go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning yangi bosqichi - ilk bolalik (1-3 Yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘g‘ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin bo‘ladi. Bu Yoshdagi bolalar o‘z xatti-harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluvchan bo‘ladilar. YUrishni o‘rganish bolaning jismoniy o‘sishi uchungina emas, balki uning psixik taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Bolaning mustaqil harakat qilishi – yurishi tufayli ko‘plab predmetlarga duch keladi, ularning nimalarga ishlatilishini «amal»da ko‘rib biladi va o‘zi ham ulardan kerakli o‘rinda foydalana boshlaydi. Bola yurishni o‘rgangach, fazoni ham bila boradi. Kichkintoy bolalar «yaqindagi» fazoni qo‘llarining harakati yordamida bilib oladilar, bunda ko‘z ham ishtirok eta boshlaydi. Bog‘chagacha Yoshdagi bola «uzoqdagi» fazoni orientirovka qila boshlaydi. Bola yura boshlaganda, o‘z oyog‘i yordamida masofa va yo‘nalish bilan tanishadi, uning ko‘z, qo‘l va oyoqlarining o‘zaro kelishib harakat qilishi, boshlang‘ich ko‘z o‘lchovi o‘sadi hamda masofa va predmetlarning turgan joylarini birmuncha aniq aytib berish ko‘nikmasi vujudga keladi. Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni jismoniy tarbiyalashning yosh tavsifi va vazifalari. Ilk yoshdan bola organizmida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Skiletning tog‘ay to‘qimasida suyak to‘qimasi paydo bo‘la boshlaydi muskul va paylar zaif bo‘ladi, lekin ularning qisqarish xususiyatlari yaxshilanadi. Bolaning vazni ortib boradi, uning asab tizimi rivojlanadi, miyaning tez o‘sishi va analizatorlarning rivojlanishi kuzatiladi.
Ilk yoshdagi bolalarning kun tartibi. Ilk yoshdagi tartib bolaning to‘g‘ri rivojlanishi va tarbiyalanishining asosidir. Ilk yoshdagi bolalar uchun uxlash va bedor yurish qonuniyatlariga bog‘liq ravishda tabaqalashtirilgan yosh rejimlari ishlab chiqilgan. Ilk yoshdagi bolalarning birinchi guruhida uchta kichik yosh guruhi uchun tabaqalashtirilgan tartib tashkil etiladi: 2,5-3 oydan 5-6 oygacha; 5-6 oydan 9-10 oygacha; 9-10 oydan 1 yoshgacha. 1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida 2 ta rejim mavjud. 1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalar 2 marta uxlaydilar 1,5 yoshdan Jismoniy faollik bolaga nafaqat tanasini rivojlantirish va mustaxkamlash uchun kerak. Bola rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida uning xarakatli faolligi intellekt va xissiy muxitning rivojlanishi uchun asos xisoblanadi. Bola o‘z tanasini egallashni o‘rganishi darajasida u yana yangi va yangi taassurotlar xamda rivojlanish uchun imkoniyatlarni oladi. O‘tirishni o‘rgangach, bola ko‘z bilan olish mumkin bo‘lgan yangi ma’lumotlarni oladi, miya ularni qayta ishlaydi, qo‘llar bilan xarakat qilish predmetlar o‘rganish va ular bilan turlicha xarakatlarni sodir etish imkonini beradi, bir vaktning o‘zida bolada odamlar bilan muloqot qilish va o‘z tuyg‘ularini ifodalash uchun xiyla keng imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
lkim cho‘zilgan qo‘llariga suyanib yanyada baladroq ko‘tara olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |