1- ilk yoshdagi bolalarda kuzatiladigan reflekslar va ularning ahamiyati


Harakatlanish va sensomotor rivojlanishni takomillashtirish



Download 129,76 Kb.
bet21/53
Sana17.07.2022
Hajmi129,76 Kb.
#811339
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
Bog'liq
2 5291846913551769201

28. Harakatlanish va sensomotor rivojlanishni takomillashtirish.
Ilk yoshdagi nuksonli bolalar bilan olib boriladigan logopedik ish mazmuni va usullari, kо‘rsatiladigan yordam turlarini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri bо‘lib kelmoqda. Nutqning rivojlanishida biologik va ijtimoiy omil asos bо‘ladi. Nutq faoliyatini amalga oshirishda eng muhim organ bosh miya, uning barcha analizatorlari va pereferik nutq organlaridir. Bolaning nutqi shakllanishida о‘ziga xos ketma-ketlik mavjud va u bir necha bosqichlardan iborat. Agar bolaning sensor, motor (harakat) va intellektual imkoniyatlari chegaralangan, rivojlanishida muammolar mavjud bо‘lsa ular nutqning rivojiga ham salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Nuqsonli rivojlanish nazariyasiga kо‘ra har bir bola, u qanday nuqsonga ega bо‘lishidan qat’iy nazar (eshitishida, kо‘rishida, intellektida, tayanch apparatida va h.k.), nutqiy rivojlanishda ham orqada qoladi. Bunday bolalarni «havf-xatar» guruhiga kiritish mumkin, shuning uchun bolani ilk bor (0-3yoshgacha) nutqiy rivojlanishini logopedik kо‘rikdan о‘tkazib, uning nutqiy rivojlanmaganlik darajasini aniqlab, ertaroq logopedik yordam kо‘rsatishning metodik asoslarini ishlab chiqish ushbu kо‘llanmaning asosiy maqsadini tashkil etdi.
Rivojlanishida kamchiliklar bо‘lgan ilk yoshdagi bolalarning ta’lim va tarbiyasini amalga oshirishda mutaxassislar oldida turgan bosh maqsad bolaning nutqdan oldingi va nutqiy rivojlanishi, ilk yoshdagi bolaning hissiy, ijtimoiy va intellektual potensialini rivojlantirish, uning ijobiy xislatlarini shakllantirish va mustahkamlash, dastlabki kamchiliklarni kompensatsiya qilish va rivojlanishdagi kamchiliklarni korreksiyalash (tuzatish), rivojlanishdagi ikkilamchi kamchiliklarning oldini olish uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
Bu maqsad undan kelib chiqadigan qator korreksion vazifalarning hal qilinishini taqozo etadiki, ularning muhimlari quyidagilardir: harakatlarni va sensomotor rivojlanishni shakllantirish; qо‘l panjasi va barmoq uchlarining yirik va mayda motorikasini rivojlantirish; tovushni idrok etish qobiliyatini shakllantirish; fonetik-fonematik tasavvurlar va tovush tahlilini shakllantirish; impressiv va ekspressiv nutqni rivojlantirish.
Korreksion ishning asosiy yо‘nalishlari
1. Harakatlanish va sensomotor rivojlanishni takomillashtirish. Buning uchun panjalar va qо‘l barmoqlarining mayda motorikasini, artikulyatsion motorikani rivojlantirish talab qilinadi.
2. Psixik faoliyatning ayrim tomonlarini korreksiya qilish. Bunday ishlar qatoriga kо‘rish va kо‘z bilan tanib olish kо‘nikmalarini rivojlantirish, predmetlarning belgilari (rangi, shakli, о‘lchamlari va h.k.) tо‘g‘risida umumlashma tasavvurlarni shakllantirish, vaqt tо‘g‘risidagi tasavvurlarni rivojlantirish, eshitish va xotirlash kо‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, fonetik-fonematik tasavvurlarni rivojlantirish, tovushni tahlil etishga о‘rgatish ishlari kiradi.
3. Asosiy fikrlash operatsiyalarini rivojlantirish. Nisbiy tahlil olib borish, nutqiy bayon va kо‘rsatmalar asosida ishlay olish kо‘nikmalarini rivojlantirish, о‘z faoliyatini rejalashtira olish hamda kompensatsiyalash qobiliyatini rivojlantirish korreksion ishning ushbu yо‘nalishini tashkil etuvchi vazifalardir.
4. Har xil tafakkur turlarini rivojlantirish yо‘nalishi kо‘rgazmali-obrazli tafakkur, nutqiy-mantiqiy tafakkur (predmetlar, hodisalar va voqealarni kо‘ra bilish va ular о‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni belgilay olish) ni shakllantirish va rivojlantirishni kо‘zda tutadi.
5. Shaxsning hissiy rivojlanishidagi kamchiliklarni korreksiya qilish. Bu yuz mimikasi uchun relaksatsion mashqlarni tashkil etish va о‘tkazishni talab qiladi.
6. Tevarak-atrofdagi olam tо‘g‘risidagi tasavvurlarni kengaytirib borish, lug‘at boyligini oshirish, nutq texnikasini о‘zlashtirish korreksion ishning yana bir muhim yо‘nalishini tashkil qiladi.Bola bilan individual ish olib borish yoki 2-3 boladan iborat kichik guruh bilan ishlash tavsiya etiladi.
Bundan kattaroq guruh bilan ish olib borish imkoniyatlari, ayniqsa, dastlabki bosqichda, g‘oyat cheklangan. Mashg‘ulotlarning davomiyligi bolaning umumiy holati hamda hamkorlik qilishga tayyorligiga qarab belgilanadi. Ayrim bolalar bilan ularning faolligini oshirish, his-hayajonlar olamiga olib kirish va ularga nisbatan tо‘g‘ri munosabatni shakllantirish uchun qо‘shimcha ish olib borish maqsadga muvofiqdir. Taklif etilayotgan dasturda korreksion ishning shartli ravishda ikkita bosqichi ajratib kо‘rsatildi: tayyorlov va dastlabki.Dastlabki bosqichning maqsadi muloqotni shakllantirishda zarur bо‘lgan nutqiy kо‘nikmalar va sensomotor etalonlarni ishlab chiqish va bolaga singdirishdan iborat. Bunda о‘zaro muloqotni ta’minlovchi shart-sharoitlarning mustahkam “poydevori”ni yaratish muhimdir. Dasturda korreksion ishning umumlashtirilgan strategiyasi taqdim etilgan bо‘lsa-da, shunga qaramay, ayrim diagnostik guruhlar uchun о‘ziga xos ta’sir usullari ham ishlab chiqilgan. Masalan, sensor alaliyali bolalar bilan ishlashda chapak chalib, oyoqni yerga urib, biron predmetni taqillatib ovoz chiqarishdan qochish kerak, chunki bunday bolalar tovushni emas, balki vibratsiya, titroqni idrok etadi. Eshitishda kamchiligi bor bolalar bilan ishlashda taqlid, bola talaffuz qila oladigan tovushlarni aniqlashtirish, bolaning kattalar bilan emotsional muloqoti asosida turli faoliyat kо‘rinishlaridan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Intellektual rivojlanishda orqada qolgan bolalar bilan ishlashda nutqni tushunish qobiliyatini rivojlantirish, uni о‘rab turgan atrof muhit predmetlari va hodisalari bilan tanishtirish, bolaning kо‘rganlarini tafakkur qilishini rivojlantirish, impressiv va ekspressiv nutqini rivojlantirish ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Download 129,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish