1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar


Amir Temur Chig‘atoy xonlaridan Qazog‘on



Download 0,58 Mb.
bet78/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

Amir Temur Chig‘atoy xonlaridan Qazog‘onning nabirasi, Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og‘oga uylanishi tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi Amir Husayn o‘rtasida ittifoq yuzaga keladi.
Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi. XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o‘zaro kurashi kuchayib, mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqadi. Mo‘g‘uliston xonlari Movarounnahrdagi og‘ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu o‘lkada o‘z hokimiyatini o‘rnatishga harakat qiladilar. Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temur 1360–1361-yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kiradi. Movarounnahr beklari birlasha olmay xalqni o‘z holiga tashlab ketadilar. Amir Temurning amakisi – Kesh viloyatining hukmdori
Amir Hoji Barlos Xuroson tomonga qochadi. 24 yoshli Amir Temur esa boshqacha yo‘l tutadi.
Temur o‘z yurtini mo‘g‘ullar tajovuzidan himoya qilish uchun ko‘p o‘ylab, Tug‘luq Temurning huzuriga borishga qat’iy ahd qildi. Natijada u Tug‘luq Temurning yorlig‘i bilan Kesh viloyatining dorug‘asi (hokimi) etib tayinlanadi.

* Dorug‘a – mo‘g‘ulchadan “nazoratchi”, “shahar boshlig‘i” degan ma’noni beradi. Mo‘g‘ullar davlatida mahalliy hokimlar huzuridagi ulug‘ qoon vakili, noibi. Dorug‘a zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan: aholini ro‘yxatga olish; mahalliy xalqdan qo‘shin to‘plash; pochta aloqalarini yo‘lga qo‘yish; soliqlar yig‘ish; to‘plangan soliq-to‘lovlarni ulug‘ qoon saroyiga yetkazish


Shu tariqa, Amir Temur siyosiy kurash maydoniga kirib keldi. Keyinchalik, o‘zining bu xatti-harakatini Temurbek aholini mo‘g‘ullar tomonidan talon-toroj etishdan himoya qilishning yagona yo‘li – puxta o‘ylangan reja 100 ming kishilik qo‘shindan kuchli deb, izohladi.


Tug‘luq Temur o‘g‘li Ilyosxo‘jani Movarounnahrning hukmdori etib tayinlab, Mo‘g‘ulistonga qaytib ketadi. Ilyosxo‘ja bilan Amir Temurning murosasi to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli u Movarounnahrning nufuzli amirlaridan biri, Balx hokimi Amir Husayn bilan ittifoq tuzib, mo‘g‘ullarga qarshi kurash olib boradi. 1363-yilda Amudaryoning chap sohilida, Qunduz shahri yonida umumiy dushman ustidan g‘alaba qozonadilar. Keyingi ikki yil davomida ittifoqchilar Ilyosxo‘ja boshliq jeta lashkarlari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat 1364-yil oxirida ular mo‘g‘ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar.
Biroq Movarounnahrni qo‘ldan chiqarishni istamagan Ilyosxo‘ja 1365-yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga qo‘shin tortadi. Ikki o‘rtadagi jang 1365-yil 22-may kuni Toshkent bilan Chinoz o‘rtasidagi Chirchiq daryosi bo‘yida sodir bo‘ladi. Tarixda u “Loy jangi” nomi bilan shuhrat topadi. Chunki o‘sha kuni kuchli jala quyib, jang maydoni botqoqlikka aylangan, hatto otlar loyga botib qolgan.
Jangda Amir Temur qo‘shini g‘olibona harakat qilib, dushman qo‘shinining o‘ng qanotiga qaqshatqich zarba berayotgan bir paytda Husayn o‘z askarlarini raqibning so‘l qanotiga tashlamay, jang maydonini tark etadi. Amir Temur chekinishga majbur bo‘ladi.
Bu g‘alabadan so‘ng Ilyosxo‘ja hech qanday qarshilikka uchramay, Xo‘jand va Jizzax shaharlarini egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqandda qurolli qo‘shin bo‘lmasa-da, xalq shahar mudofaasini o‘z qo‘liga oladi. Uzoq davom etgan
mo‘g‘ullar hukmronligiga qarshi ko‘tarilgan bu xalq harakati tarixda Sarbadorlar harakati nomi bilan shuhrat topadi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish