1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar



Download 0,58 Mb.
bet106/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

43-§. TASVIRIY SAN’AT


Kitobat san’ati. XV asrda kitobat san’ati, ya’ni qo‘lyozma asarlarni ko‘chirib yozish va u bilan bog‘liq bo‘lgan xattotlik musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik san’ati ham nihoyatda yaxshi taraqqiy etadi.



* Lavvohlik – lavha chizish
* Sahhoflik – qog‘ozni sahifalash va kitobni muqovalash



Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan zamonda kitob yaratish va uning nusxalarini ko‘paytirish og‘ir mehnat va ko‘p vaqt sarf etiladigan nihoyatda mushkul ish bo‘lgan.


Har bir kitob qog‘ozidan tortib muqovasigacha, siyohidan tortib to bo‘yoqlari-yu zarhaligacha ma’lum qoida asosida tayyorlanar edi. Xattot bo‘lish uchun uzoq vaqt sabr-matonat va ishtiyoq bilan mashq qilish, mukammal savodli, badiiy didi baland kishi bo‘lishi lozim edi. Mohir xattotlar o‘z usuli va uslubini shogirdlariga o‘rgatardi. Shu tariqa xattotlik an’analari davom ettirilar va rivojlantirilar edi.
Mashhur xattot Mirali Tabriziy (1330–1404) nasta’liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi. Xushnavis xattotlardan biri Sultonali Mashhadiy (1432–1520) edi. Sultonali tomonidan ko‘chirilgan 50 dan ziyod kitob va ko‘pgina qit’alar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Sultonali o‘ymakorlik san’atida ham mohir bo‘lgan. U xattotlik san’ati turlari haqida maxsus asar ham yozgan. Sultonali Mashhadiy “Qiblat ulkuttob” (Kotiblar qiblasi) va ⦁ “Sulton ul­xattotin” (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi.
Samarqand va Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgandi. Kutubxona ishlariga kutubxona dorug‘asi yoki kitobdor boshchilik qilgan. Uning qo‘l ostida xattotlar, naqqoshlar-u musavvirlar, mohir lavvohlar u sahhoflar buyurtmalarni bajarganlar. Masalan, Hirotda Ulug‘bekning ukasi Boysung‘ur kutubxonasida qirqta xattot va bir qancha naqqoshlar qo‘lyozma asarlardan nusxalar ko‘chirish va ularni bezash bilan band bo‘lgan. 1429-yilda bu kutubxonada Abulqosim Firdavsiyning mashhur “Shohnoma” dostoni ko‘chirtirilib, u 20 ta turli mazmun va manzarali rangdor miniaturalar bilan bezatilgan. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasini nodir asarlar bilan boyitishga g‘amxo‘rlik qiladilar.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish