1- dars. Mavzu: informatika fani nimani o'rganadi


Qadimda axborotlarni kodlash



Download 467 Kb.
bet12/38
Sana20.04.2022
Hajmi467 Kb.
#567752
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Bog'liq
7-sinf-dars-

Qadimda axborotlarni kodlash
Hayotda axborotni kodlashning ko'pdan ko'p usullari mavjud. Birinchi kodlashni qo'llagan inson Qadimgi Gretsiyaning sarkardasi Lisandra hisoblanadi. U axborotni mahfiy saqlash, ya'ni kodlash uchun ma'lum bir qalinlikdagi "Stsital" tayoqchasini o'ylab topgan. Kodlashning bu usuli o'rin almashtirish usuli deb ataladi.
"Stsital" tayoqchasiga misol Matn: "VATAN-ONA"
Kodlash natijasi:
VAOANNT -A
Qadimgi grek imperatori Yuliy Sezar ham axborotni mahfiyligini saqlash uchun matnni kodlash usulini o'ylab topgan. "Sezar shifri" matndagi harfni alifboda o'zidan keyin kelgan uchinchi harfga almashtiradi. Bunda alifbo doiraviy yozilgan hisoblanadi. Bu kodlash usuli alifboni surish usuli deyiladi.
Matn:
"O'zbekiston — kelajagi
buyuk davlat"
"Sezar shifri" usuli qollanganda: "Ashfhnlvxrq—nhoemejl fyo"yn gezoex"
Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin.
Axborotlarni kodlashning usullari
Semyuel Morze 1837-yilda elektr magnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838-yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Axborotlarni kodlashda ishlatiladigan usullardan biri axborotlarni telegraf kodi yordamida kodlash usulidir. Unda turli harf va raqamlar nuqta va tirelarning maxsus ketma-ketligi ko'rinishida ifodalangan. Ya'ni axborot uchta belgi yordamida kodlanadi: «uzun signal» (tire yordamida ifodalanadi), «qisqa signal» (nuqta yordamida ifodalanadi), «signalsiz» (bo'shliq, pauza bilan ifodalanadi). Mazkur kodlash usuli hanuzgacha qo'llanib kelinmoqda. Morze kodlash usulini notekis (o'zgaruvchi) kod deb yuritiladi. Insoniyatga ma'lum belgilar bu usuldagi ikki yoki undan ko'p belgilar yordamida ifodalanadi. Umuman, kodlash usulida ishtirok etgan belgilar soni (hajmi) bir xil bo'lsa tekis kodlash usuli, belgilar soni (hajmi) bir xil bo'lmasa notekis kodlash usuli deb ataladi.

Harf



Morze usulida ifodalanishi



Belgilar soni




Harf



Morze usulida ifodalanishi



Belgilar soni



N



— •



2



K



_ . _



3



T



-



1



E



• • _ • •



5



A



• _



2



R



• — •



3



L



• — • •



4




O



---



3



Mazkur usul yordamida «elektron» so'zini yozsak, u quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi.
• • — •• • — •• * • _ •• _ • _ — • — • _ _ _ _ •
Majmuaga kirgan belgilarning turli boshqa belgilar bilan hamda ularningbir nechasi bilan ifodalanishi mazkur usulning keng qo'llanilishiga to'siqlik qilsa, uning faqat ikki belgi — nuqta va tiredan iboratligi uni texnik vositalarda qo'llash imkonini beradi.
Odamlar o'zaro muloqat qilganda, ularning har biriga tushunarli bo'lgan belgilar, tovushlardan va ularni bog'lovchi qonun-qoidalardan foydalanadilar. Ana shu belgilar, qonun-qoidalar majniui shu o'rinda kod vazifasini bajaradi.
Biror belgilar yordamida yozilgan axborotni kodlangan axborot deb qarashimiz mumkin. Chunki mazkur alifbo bilan tanish bo'lmagan kishi uning yordamida tayyorlangan axborotni qabul qila olmaydi va qayta ishlash imkoniga ega bo'lmaydi. Shuning uchun ikki taraf o'zaro axborot almashganda oldindan biror qonun va qoidaga kelishib oladi. Masalan, avtomobil signalini eshitish bilan o'zimizni chetga olamiz, yoki chorraxadan o'tishda svetofor signallaridan foydalanamiz, demak signallardan foydalanish oldindan kelishib olingan qat'iy qoidaga rioya qilish kodidir.
Axborotni kodlashning yana bir eng sodda usuli — bizga ma'lum bo'lgan alifbodagi harflarni ularning tartibini ko'rsatuvchi sonlar bilan almashtirishdan iborat:

A



B



D



E



F



G



H



I



J



K



L



M



N



O



01



02



03



04



05



06



07



08



09



10



11



12



13



14



P



Q



R



S



T



U



V



X



Y



Z



Ch



0'



Sh



G'



15



16



17



18



19



20



21



22



23



24



25



25



27



28



Bu usuldan foydalansak, masalan, «Bugun havo issiq» degan gap quyidagi ko'rinishni oladi:
02 20 06 20 13 07 01 21 14 08 18 18 08 16
Bu holda tinish belgilari va boshqa kerakli belgilarni ham maxsus sonlar bilan ifodalash va ularni matnga kiritish mumkin. Qaralayotgan masalaga qo'shimcha shart kiritamiz: Efirda uzatilayotgan axborotni ixtiyoriy tinglovchi qabul qilish va yuqoridagi usulda qayta kodlab olishi mumkinligini bilgan holda, biz harflar ketma-ketligi tartibini o'zgartiramiz. Ammo, axborot kimga belgilangan bo'lsa, yangi tayyorlangan ketma-ketlikni u albatta bilishi kerak, aks holda uzatilgan axborotni qayta kodlash masalasi yuzaga keladi. Alifbodagi harflar ketma-ketligini tartiblashning anchagina usuli mavjud. Masalan, quyidagi tartibni olamiz:
19

A



B



V



G



D



J



Z



I



Y



K



L



M



N



12



03



16



14



04



25



20



11



31



24



19



07



27



0



P



R



S



T



U



F



X



Ch



Sh



Q



H



G'



17



08



22



28



10



18



23



29



02



13



21



34



01



Bu aralashtirilgan alifbo usuli deyiladi. Havo issiqligi to'g'risidagi yuqoridagi matn bu holda quyidagi ko'rinish oladi:
03 18 14 18 27 34 12 16 17 11 28 28 11 21
Mazkur axborotni yuqorida keltirilgan jadvaldagi ma'lumotlarni bilmasdan qayta kodlash juda qiyin ish hisoblanishini ko'rish qiyin emas.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Kodlsh deganda nima tushuniladi?
2. Tarixda axborotlar nima uchun kodlangan?
3. Axborotlarni kodlashning qanday usullarini bilasiz?
4. Morze kodlash usulida nechta belgi ishlatiladi?
5. Alifbo bilan bogliq qanday kodlash usullaii bor?
6. O'zingizning kodlash usulingizni ishlab chiqing va "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir" iborasini kodlang.
7. O'zingizning kodlash usulingizdan foydalanib do'stingizga axborot uzating.
Uyga vazifa:
1. Uch kishi "ha" yoki "yo'q" deb ovoz berayotgan bolsin. Agar "ha" so'zi 1 raqami, "yo'q" so'zi 0 raqami bilan kodlansa, ovoz berishning barcha natijalarini yozing.
2. "ONA VATAN, MAKTAB" jumlasi "101100000 111000110000100, 01100001011000000r'kabikodlanganbolsa, bar bir harfning kodini toping.


5-dars. SANOQ SISTEMALARI HAQIDA

Download 467 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish