Nimalar haqida surasan xayol,
So‘yla, majnuntol?
36. Barmoq she’r tizimida misralardagi bo‘g‘inlarning muayyan guruhlarga bo‘linishi nima deb ataladi? A) vazn B) turoq C) ritm D) she’riy tizim
37. Quyidagi she’rning turoqlanish tartibini toping.
Garchi shuncha mag‘rur tursa ham
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak?
A) 3+6=9 B) 6+3=9 C) 4+5=9 D) 2+7=9
38. Quyidagi she’rning turoqlanish tartibini toping.
Tuproq ko‘chalardan chopgan bolalik
Yillar changi ichra asta yo‘qoldi.
Bolalik ketdi-yu sho‘x suhbatlarda
Uni kula-kula eslamoq qoldi.
A) 8+3=11 B) 6+5=11 C) 2+9=11 D) 5+6=11
39. Asqad Muxtor hayoti bilan bog‘liq to‘g‘ri hukmlarni toping.
1) Asqad Muxtorning oilasi asli Tataristondan kelgan bo‘lib, farg‘onaliklar orasiga singishib ketgan.
2) 1931-yilda Asqad Muxtor o‘n bir yoshida otasidan ayrilgan.
3)nochor oila o‘n ikki bolaning uchinchisi bo‘lmish Asqadni yetimxonaga topshirishga majbur bo‘lgan.
4) Asqad Muxtor 1936-yili Toshkentga kelgan va jurnalistika kursida o‘qigan, gazetada ishlagan.
5) Asqad Muxtor 1938-yilda Toshkentdagi O‘zbekiston davlat dorilfununiga o‘qishga kirgan. A) 3, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4, 5
40. Asqad Muxtor necha yil davomida Andijon davlat pedagogika
institutida o‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri bo‘lib ishlaydi?
A) 2 yil B) 3 yil C) 4 yil D) 5 yil
41. Asqad Muxtor 1945-yilda Toshkentga kelgach, qaysi jurnallarda bosh muharrir bo‘lib ishlaydi?
A) «Sharq yulduzi», «Guliston» B) «Guliston», «Mushtum»
C) «Mushtum», «Yosh kuch» D) «Sharq yulduzi», «Yosh kuch»
42. Asqad Muxtor qaysi gazetaga rahbarlik qilgan?
A) «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» B) «Xalq so‘zi»
C) «Ma’rifat» D) «O‘zbekiston ovozi»
43. 1938-yili «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida Asqad
Muxtorning qaysi she’ri bosilib chiqqan?
A) «Po‘lat quyuvchi» B) «Bizning avlod» C) «Yulduzim» D) «Yo‘l»
44. Asqad Muxtor hayoti va ijodi bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotlarni toping.
1) Asqad Muxtor «O‘zbekiston xalq yozuvchisi»
faxriy unvoni
bilan taqdirlangan.
2) Asqad Muxtor «Mardlik cho‘qqisi», «Yaxshilikka yaxshilik»,
«Samandar» kabi sahna asarlarini yaratgan.
3) Asqad Muxtor Sofoklning «Shoh Edip» fojiasini tarjima qilgan.
4) Asqad Muxtor badiiy ijodga she’rlar yozish bilan kirib kelgan.
5) Asqad Muxtor Respublika Yozuvchilar uyushmasiga 18 yil
rahbarlik qilgan.
A) 1, 2, 3, 5 B) 3, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4
45. Asqad Muxtorning katta ijodkorlar nazariga tushishiga sabab bo‘lgan asar nechanchi yilda nashr qilingan?
A) 1935-yilda B) 1936-yilda C) 1937-yilda D) 1947-yilda
46. Asqad Muxtor qachon va qayerda tug‘ilgan?
A) 1920-yilning 23-dekabrida Farg‘ona
shahrida
B) 1923-yilning 20-dekabrida
Buxoro shahrida
C) 1925-yilning 20-dekabrida
Toshkent shahrida
D) 1930-yilning 23-dekabrida
Samarqand shahrida
47. Asqad Muxtor qachon va qayerda vafot etgan?
A) 1991-yilning 7-mayida Toshkent shahrida
B) 1997-yilning 17-aprelida Toshkent shahrida
C) 1993-yilning 17-iyunida Farg‘ona shahrida
D) 1998-yilning 7-avgustida Farg‘ona shahrida