2-§. HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY
1. Shoir nomiga nima sababdan Hakimzoda so‘zi qo‘shib aytiladi?
A) tabobat ilmini bilgani uchun B) tabobatga oid asarlar yozgani uchun
C) tabibning o‘g‘li bo‘lganligi uchun D) olim bo‘lganligi uchun
2. Hamza o‘z tarjimayi holida o‘n yoshida qaysi tillarga tom savodli
bo‘lganligini yodga oladi?
A) arabcha va forschaga B) o‘zbekcha va forschaga
C) o‘zbekcha va arabchaga D) o‘zbekcha va hindchaga
3. Hamza tarjimayi holida eslashicha, necha yoshlaridan she’r
mashq qila boshlagan? A) 5 yoshlaridan B) 7 yoshlaridan
C) 10 yoshlaridan D) 20 yoshlaridan
4. To‘qmullin Hamzaning necha sahifadan ortiqroq hajmdagi ijod
namunalarini ko‘rib, unga har jihatdan yordam va maslahat beradi?
A) 100 sahifadan ortiq B) 120 sahifadan ortiq
C) 125 sahifadan ortiq D) 150 sahifadan ortiq
5. Hamza uch oy ichida qaysi tilni ma’lum darajada o‘zlashtirib,
otasiga xatlar yoza boshlaydi? A) arab B) fors C) uyg‘ur D) rus
6. H amzaning maktablari qaysi jihati bilan el orasida tez mashhur bo‘lib ketadi? A) savod tez chiqarilgani bilan
B) dunyoviy fanlarning puxta o‘rgatilganligi bilan
C) diniy darslarning puxta o‘rgatilganligi bilan
D) chet tillarini oson o‘rgatishi bilan
7. Hamzaning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratgan darsliklari?
A) «Yengil adabiyot», «Qiroat kitobi» B) «Qiroat kitobi», «Yangi adabiyot»
C) «Yangi adabiyot», «Hikmatlar» D) «Chor kitob», «Hikmatlar»
8. «Jonlarni jononi vatan» she’ri qaysi misralar bilan boshlanadi?
A) Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
B) Vatan, vatan der edilar, na der edim bilmay oni,
Endi bilsam, vatan erkon bu tanlarning shirin joni.
C) Biluvchilar qo‘l tutmadi, bizga sani tonutmadi,
Bilmam nelarga aldanub Tangri buyrug‘in tutmadi.
D) Sensan ekan bizlara chin tug‘mish bir munglig‘ ano,
Boqg‘ung tirik bo‘lsak, agar o‘lsak quchog‘ingda yano.
9. Qaysi she’rning har bandining yakunida «Uxlama ko‘p o‘zbek eli
asri taraqqiy vaqtida» misrasi takrorlanib keladi?
A) «Vatan» she’rining B) «Vatanim» she’rining
C) «Jonlarni jononi vatan» D) «Dardiga darmon istamas» she’rining
10. «Dardiga darmon istamas» she’rining har bandi necha
misradan tashkil topgan? A) uch B) to‘rt C) besh D) olti
11. Hamza ijodida qaysi janrlarning dastlabki na’munalari
uchraydi? A) balet va operaning B) roman va operaning
C) pyesa va romanning D) felyeton va essening
12. Hamza Abdulla To‘qmullin degan tatar ma’rifatchisi bilan
qayerda tanishadi? A) Toshkenda B) Qo‘qonda C) Namanganda D) Xivada
13. Qayerda Hamzaning tashabbusi bilan arab tili kursi ochiladi?
A) Namanganda B) Toshkentda C) Qo‘qonda D) Buxoroda
14. Hamzaning tashabbusi bilan ochilgan arab tili kursida necha kishi ta’lim oladi? A) 14 kishi B) 15 kishi C) 16 kishi D) 17 kishi
15. Hamza 1912-yilda haj amalini o‘tash, dunyo ko‘rib, kengroq
bilim olish istagida qaysi mamlakatlarga boradi?
A) Afg‘oniston, Hindiston, Turkiya, Saudiya, Rossiya
B) Hindiston, Turkiya, Saudiya, Rossiya, Ispaniya
C) Afg‘oniston, Turkiya, Saudiya, Rossiya, Italiya
D) Afg‘oniston, Hindiston, Turkiya, Italiya
16. Nuqtalar o‘rniga mos joy nomini qo‘ying.
Hamza 1926-yilning 25-avgustida yozgan tarjimayi holida shunday eslaydi: « ... yo‘qsul bolalar uchun pulsiz o‘qitish maktabi ochdim. 20-30 keyin 15-16 kishi bir oygina yordam berdilar, o‘zim 4 oycha davom ettirgandan keyin, uyaz nachalnigi tomonidan tintuv bo‘lib, yopildi. Lekin hech bir qanday qog‘ozlarim qo‘liga tushmagani uchun qamalmay qutuldim».
A) Toshkentda B) Ho‘qantda C) Namanganda D) Buxoroda
17. N uqtalar o‘rniga mos joy nomini qo‘ying.
Hamza 1926-yilning 25-avgustida yozgan tarjimayi holida shunday eslaydi: «1914-yillarning oxirlarida ... da maktab ochdim. 8 oyga bormay Andreyev ismindagi Skoblev maorif rahbari tomonidan majburiy yopildi».
A) Buxoroda B) Namanganda C) Qo‘qonda D) Marg‘ilonda
18. Hamza 1915-yilda qayerda «G‘ayrat» kutubxonasini ochgan?
A) Marg‘ilonda B) Toshkentda C) Namanganda D) Farg‘onada
19. «Jonlarni jononi vatan» she’ri necha banddan tashkil topgan?
A) 8 band B) 6 band C) 7 band D) 9 band
20. Hamza o‘z tarjimayi holida necha yoshida «o‘zbekcha, forschaga tom savodli» bo‘lganligini yodga oladi?
A) 10-yoshida B) 11-yoshida C) 12-yoshida D) 13-yoshida
21. Hamza o‘n yoshidan qayerdagi madrasalardan birida o‘qiy boshlaydi?
A) Buxoradagi B) Xivadagi C) Toshkentdagi D) Qo‘qondagi
22. Hamza 1908-yilda qayerga borib, tahsilni davom ettiradi?
A) Namanganga B) Qo‘qonga C) Toshkentga D) Xivaga
23. Tahsilni davom ettirish uchun 1909-yilda Hamza qayerga borib yashaydi?
A) Toshkentga B) Buxoroga C) Qo‘qonga D) Xivaga
24. Hamza 1912-yilda ko‘plab shaharlarga boradi va qayerda o‘qish uchun to‘xtaydi? A) Hindistonda B) Saudiyada C) Turkiyada D) Afg‘onistonda
25. Hamzaning ishlari manqurt mahalliy ma’murlarga yoqmagani sabab 1925-yilning avgustidan qayerda yashashga majbur bo‘ladi?
A) Farg‘onaning Avval qishlog‘ida B) Toshkentning Avval qishlog‘ida
C) Marg‘ilonda D) Qo‘qonda
26. «So‘yi samo» so‘zining ma’nosini toping.
A) yorug‘ oy, to‘lin oy B) osmon taraflari, osmon tomonlari
C) butun olam, koinot D) moviy osmon
27. Hamza jadidlarning «Vaqt», «Bog‘chasaroy» gazetalari bilan ilk bor qachon tanishadi?
A) 1905-yilda B) 1906-yilda C) 1907-yilda D) 1908-yilda
28. Hamza qachon yangi turmushni yo‘lga qo‘yish uchun Shohimardonga yuboriladi? A) 1928-yilda B) 1929-yilda C) 1927-yilda D) 1925-yilda
29. Hamza o‘zbeklar orasidan birinchi bo‘lib nechanchi yilda sahna asari yaratadi? A) 1908-yilda B) 1907-yilda C) 1906-yilda D) 1905-yilda
30. «Dardiga darmon istamas» she’ri qachon yozilgan?
A) 1914-yilda B) 1915-yilda C) 1916-yilda D) 1917-yilda
31. Hamza qachon va qayerda tug‘ilgan?
A) 1898-yilning 10-martida Buxoroda B) 1889-yilning 6-martida Qo‘qonda
C) 1889-yilning 10-marti Toshkentda D) 1888-yilning 17-marti Namanganda
32. 1929-yil 18-martda Hamza qay tarzda vafot etadi?
A) Og‘ir dardga chalinadi. B) Surgun qilinadi. C) Dorga osiladi.
D) Johil odamlar tomonidan vahshiyona tarzda o‘ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |