4-§. SHUHRAT
1. Shuhratning to‘liq ism-sharifini toping.
A) Omon Karimjon o‘g‘li Aminov Shuhrat
B) G‘ulom Aminjon o‘g‘li Alimov Shuhrat
C) Olim G‘afurjon o‘g‘li Aminov Shuhrat
D) Alim Aminjon o‘g‘li G‘ulomov Shuhrat
2. Shuhratning «Orzu va qasos» asarining janrini toping.
A) roman B) doston C) qissa D) ertak-doston
3. Shuhratning «Mehrol» nomli asari qaysi janrda yozilgan?
A) roman B) doston C) qissa D) ertak-doston
4. Shuhratning urush mavzusida yozilgan asarlarini toping.
1) «Shinelli yillar daftari» she’rlar turkumi; 2) «Orzu va qasos» dostoni;
3) «So‘lmas chechaklar» dostoni; 4) «Farzand» dostoni.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 4
5. Shuhratning qaysi balladalari markazida (o‘zgalarning vatanini bosib olgan kimsalarga qarshi kurashgan qahramon) bolalar obrazi turadi?
A) «Ona va farzand», «Jamila», «Raymonda»
B) «Guldursun», «Mardlik afsonasi», «Jamila»
C) «Raymonda», «Jamila», «Uch qiz afsonasi»
D) «Ona va farzand», «Raymonda», «Uch qiz afsonasi»
6. Shuhratning qaysi kitoblarida urushda qatnashgan odamning tuyg‘ulari, urushning vayronagarchiliklariga nisbatan nafrati ta’sirli aks ettiriladi?
1) «Shinelli yillar daftari»; 2) «Farzand»; 3) «So‘lmas chechaklar»;
4) «Guldursun»; 5) «Uch qiz afsonasi».
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 3, 4, 5
7. Shuhratning balladalarini toping.
1) «Mardlik afsonasi»; 2) «Mehrol»; 3) «Guldursun»; 4) «Uch qiz afsonasi»; 5) «Jamila»; 6) «Qora va oq aravacha haqida ertak»;
7) «Ona va farzand»; 8) «Raymonda».
A) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8 B) 2, 3, 4, 5, 7 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4, 6, 8
8. Shuhratning qaysi asarida sho‘ro yerlarida bo‘lgan urush voqeasi aks etgan?
A) «Jamila» B) «Raymonda» C) «Ona va farzand» D) «Farzand»
9. Shuhratning qaysi asarida To‘marisning tengsiz shijoati tasvirlangan?
A) «Ona va farzand» B) «Raymonda»
C) «Mardlik afsonasi» D) «So‘lmas chechaklar»
10. Shuhratning qaysi balladasida arab qizining fransuz bosqinchilariga qarshi kurashi tasvirlangan? A) «Jamila» B) «Raymonda»
C) «Ona va farzand» D) «Farzand»
11. Shuhratning qaysi balladasida Vetnamda borayotgan urushga qarshi turgan fransuz qizi jasorati madh etilgan?
A) «Ona va farzand» B) «Raymonda»
C) «Mardlik afsonasi» D) «So‘lmas chechaklar»
12. Shuhratning birinchi romanini toping.
A) «Oltin zanglamas» romani B) «Shinelli yillar» romani
C) «Jannat qidirganlar» romani D) «Mashrab» romani
13. Shuhratni elga mashhur qilgan asari qaysi?
A) «Oltin zanglamas» romani B) «Shinelli yillar» romani
C) «Jannat qidirganlar» romani D) «Mashrab» romani
14. Shuhratning qaysi asarida sho‘ro tuzumining eng adolatsiz, eng chirkin bosqichi bo‘lmish qatag‘on davri mahorat bilan aks ettirilgan, adib asarda aks etgan voqealarni o‘z boshidan o‘tkazganligi uchun romanda tasvir tabiiy chiqqan va ulkan muvaffaqiyat qozongan?
A) «Oltin zanglamas» romanida B) «Shinelli yillar» romanida
C) «Jannat qidirganlar» romanida D) «So‘lmas chechaklar» dostonida
15. Shuhrat qaysi romanidagi qahramonlar haqida: «Ular men bilan bo‘lgan, menga uchragan kishilarning hayoti. Men bu hayotning atrofidamas, naq ichida bo‘lganman. Bu mavzuda biron narsa yaratmasam, ko‘nglim o‘rniga tushmas edi», – deb yozadi?
A) «Oltin zanglamas» romanidagi B) «Shinelli yillar» romanidagi
C) «Jannat qidirganlar» romanidagi D) «So‘lmas chechaklar» dostonidagi.
16. Shuhrat qaysi asarida o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib, chet eldagi o‘zbeklar hayotini aks ettirishga uringan?
A) «Oltin zanglamas» romanida B) «Shinelli yillar» romanida
C) «Jannat qidirganlar» romanida D) «So‘lmas chechaklar» dostonida
17. Shuhrat 1968-yilda yozilgan qaysi asarida chet ellik millatdoshlarimizning hayotiy va ishonarli timsollarini yaratgan?
A) «Oltin zanglamas» romanida B) «Shinelli yillar» romanida
C) «Jannat qidirganlar» romanida D) «So‘lmas chechaklar» dostonida
18. Shuhratning vafoti tufayli tugallanmay qolgan asarini toping.
A) «Navoiy» romani B) «Farzand» dostoni
C) «Mashrab» romani D) «Singan setor» qissasi
19. Shuhratning vafoti tufayli tugallanmay qolgan asari qaysi
mavzuda yozilgan? A) tarixiy B) ishqiy C) didaktik D) dediktiv
20. Shuhratning «Mardlik afsonasi» balladasi qaysi misralar bilan boshlanadi?
A) Uzoq-uzoq o‘tmishlar tarixin titsam, Massagetlar shonidan bir qissa bitsam.
B) Ko‘hna tarix bu kunga gar bo‘lsa ibrat, Uni eslab turmoqlik kerakdir albat.
C) Tariximiz ko‘p ulkan, keksa, beqiyos, Har yili yuz dostonga bo‘lur bir asos!
D) Afsonaga o‘xshaydi qissaning o‘zi, Ammo unda mavjuddir haqiqat izi.
21. «Mardlik afsonasi» balladasida tilga olingan Kayxusrav qaysi xalqning shohi edi? A) Eron B) Xitoy C) Hind D) Misr
22. Quyidagi misralar Shuhratning qaysi asaridan olingan?
«Axir, qancha chuqurdan qaynasa buloq,
Suvi shuncha pok bo‘lur, shuncha totliroq!»,
«Bo‘g‘zimda qolmasin erk to‘la kuyim,
Aylanmasin azaga bazmim va to‘yim».
A) «Jannat qidirganlar» romanidan B) «Mardlik afsonasi» balladasidan
C) «Oltin zanglamas» romanidan D) «Ona va farzand» balladasidan
23. Xalq tomonidan To‘marisga berilgan o‘xshatishlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Aqli daryoga o‘xshatiladi. 2) Har bir so‘zi durga o‘xshatiladi. 3) Mehri dengizga o‘xshatiladi. 4) Har bir so‘zi shakarga o‘xshatiladi. 5) Mehri ko‘lga o‘xshatiladi.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 5
24. Quyidagi misralar qaysi obraz tilidan berilgan?
– Bosh eg! – dedi ellarga, – men yashay mag‘rur.
Men o‘tganda qo‘lingni qovushtirib tur!
A) To‘maris B) Iskandar C) Siparganez D) Kayxusrav
25. «Mardlik afsonasi» balladasidan olingan quyidagi misralar
kimga tegishli?
Bizni sahro burguti, lochini derlar,
Bizga aziz, muqaddas bu ona yerlar.
A) Iskandarga B) Siparganezga C) To‘marisga D) Kayxusravga
26. «Ballada» so‘zi qaysi tilga xos va qanday ma’noni bildiradi?
A) inglizcha «echki qo‘shig‘i» B) italyancha «she’riyat»
C) fransuzcha «raqs qo‘shig‘i» D) nemischa «raqsga tushmoq»
27. «Mardlik afsonasi» balladasida kimning boshi qon to‘la
chuqurga botiriladi? A) Iskandarning B) Siparganezning
C) To‘marisning D) Kayxusravning
28. «Mardlik afsonasi» balladasida Shuhrat To‘marisning qaysi
jihatiga alohida urg‘u beradi? A) mehr-muruvvatliligiga B) qahramonligiga
C) odilligiga D) bilimdonligiga
29. Shuhratning badiiy adabiyotga mehr qo‘yib, she’rlar yoza boshlashiga katta ta’sir ko‘rsatgan adabiyot fani muallimi kim edi?
A) G‘afur G‘ulom B) Yunus Latif C) G‘ayratiy D) Abdulla To‘qay
30. «Mardlik afsonasi» balladasida «Qon yig‘ladi» birikmasi nechta
marta takrorlangan? A) 5 marta B) 9 marta C) 10 marta D) 12 marta
31. Quyidagi misralarda qo‘llanilgan «nag‘al» so‘zining ma’nosini
toping. A) egar B) taqa C) arqon D) qilich
Dushman oti nag‘alin izi tushmasin!
Bog‘imizdan biror qush bevaqt uchmasin!
32. Shuhrat qachondan «Shuhrat» taxallusini qo‘llay boshlagan?
A) 1930-yillarning boshlaridan B) 1940-yillarning boshlaridan
C) 1930-yillarning ikkinchi yarmidan D) 1940-yillarning birinchi yarmidan
33. Shuhrat qayerlarda tahsil olgan?
1) Mahallasidagi otinoyi maktabida, keyin sho‘ro maktabida o‘qiydi.
2) 1932–1933-yillarda pedagogika institutida o‘qiydi.
3) 1932–1933-yillarda transport texnikumida o‘qiydi.
4) 1936–1940-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti
(hozirgi Toshkent davlat pedagogika universiteti)da ta’lim oladi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3
34. Shuhratning birinchi she’ri qachon va necha yoshida e’lon qilingan?
A) 1933-yil; 15 yoshida B) 1934-yil; 16 yoshida
C) 1936-yil; 18 yoshida D) 1935-yil; 17 yoshida
35. Shuhratning «Orzu va qasos», «Mehrol» nomli asarlari qachon e’lon qilingan?
A) 1940-yillarning birinchi yarmida B) 1940-yillarning ikkinchi yarmida
C) 1930-yillarning birinchi yarmida D) 1930-yillarning ikkinchi yarmida
36. Shuhrat qaysi yilda «millatchi» degan tuhmat bilan qamoqqa olinadi?
A) 1951-yilda B) 1952-yilda C) 1953-yilda D) 1954-yilda
37. Shuhrat «millatchi» degan tuhmat bilan qamoqqa olingach,
Shimoliy Qozog‘istonda necha yil surgunda yuradi?
A) 4 yil (1951–1955) B) 5 yil (1950–1955)
C) 4 yil (1949–1953) D) 5 yil (1951–1956)
38. Shuhrat qachon qayerda tug‘ilgan?
A) 1928-yil 10-aprelda Jizzax shahrining Balandmachit mahallasida
B) 1927-yil 19-aprelda Toshkent shahrining Degrez mahallasida
C) 1918-yil 19-aprelda Toshkent shahrining Hastimom (Hazrati Imom) mahallasida
D) 1938-yil 1-martda Qo‘qon shahri yaqinidagi Bekvachcha mahallasida
39. Shuhrat qachon uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan vafot etadi?
A) 1993-yil 20-iyunda B) 1998-yil 1-mayda
C) 2001-yil 4-aprelda D) 1995-yil 8-mayda
Do'stlaringiz bilan baham: |