6-§. ASQAD MUXTOR
1. Asqad Muxtor o‘z ijodini qaysi janrdagi asarlar yozishdan boshlagan?
A) she’r B) hikoya C) qissa D) ocherk
2. Asqad Muxtor qaysi asari orqali katta ijodkorlar nazariga tushgan?
A) «Po‘lat quyuvchi» poemasi B) «Opa-singillar» romani
C) «Kumush tola» qissasi D) «Tug‘ilish» romani
3. Asqad Muxtorning she’riy kitoblarini toping.
1) «Hamshaharlarim»; 2) «Rahmat, mehribonlarim»;
3) «Chin yurakdan»; 4) «Quyosh kechasi»;
5) «Karvon qo‘ng‘irog‘i»; 6) «She’rlar»;
7) «Quyosh belanchagi»; 8) «99 miniatyura»;
9) «Daryolar tutashgan joyda»; 10) «Sizga aytar so‘zim».
A) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8, 10 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 9
C) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 9, 10 D) 2, 3, 4, 5, 7, 8, 9
4. Asqad Muxtorning birinchi qissasi qaysi nom bilan bosilib chiqqan?
A) «Opa-singillar» B) «Daryolar tutashgan joyda»
C) «Jar yoqasidagi chaqmoq» D) «Buxoroning jin ko‘chalari»
5. Asqad Muxtorning 1955-yilda nashr etilgan qaysi romani o‘sha paytda adabiy jamoatchilik va kitobxonlar e’tiborini qozongan?
A) «Buxoroning jin ko‘chalari» B) «Hamshaharlarim»
C) «Opa-singillar» D) «Po‘lat quyuvchi»
6. Asqad Muxtorning qissasi berilmagan javobni toping.
A) «Qoraqalpoq qissasi» B) «Buxoroning jin ko‘chalari»
C) «Jar yoqasidagi chaqmoq» D) «Tug‘ilish»
7. Asqad Muxtorning romanlarini toping.
1) «Tug‘ilish»; 2) «Davr mening taqdirimda»; 3) «Kumush tola»;
4) «Chinor»; 5) «Amu».
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 4, 5
8. Asqad Muxtorning pyesalari berilgan javobni toping.
A) «Mardlik cho‘qqisi», «Yaxshilikka yaxshilik», «Samandar»
B) «Mardlik cho‘qqisi», «Buxoroning jin ko‘chalari», «Samandar»
C) «Tug‘ilish», «Buxoroning jin ko‘chalari», «Samandar»
D) «Mardlik cho‘qqisi», «Kumush tola», «Samandar»
9. Asqad Muxtor tarjimalarini toping.
1) Pushkin, Lermontov, Blok, Mayakovskiy asarlari;
2) Sofoklning «Shoh Edip» fojiasi; 3) Shekspir va Shiller tragediyalari;
4) «Ramayana» dostoni. A) 1, 2, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3
10. Asqad Muxtorning qaysi she’ri qishlog‘ini eslashi, polizkapa qurib, kechalari yulduz sanab yotishi haqidagi xotiralari bilan boshlanadi?
A) «Yo‘l» B) «Tug‘ilish» C) «Yulduzim» D) «O‘zimniki emas bu umr…»
11. Asqad Muxtor «Yulduzim» she’rida mo‘jizaga yo‘yilgan yulduz parchasini qanday ta’riflagan?
A) «hayotdagi orzularim» B) «bola baxtim»
C) «hayotim mazmuni» D) «yoniq yulduzim»
12. Asqad Muxtor «Yo‘l» she’rida yo‘llarni nimalarga o‘xshatadi?
A) kalavalarga B) jumboqli labirintlarga
C) daryolarga D) quyosh nurlariga
13. Asqad Muxtor «Yo‘l» she’rida ijod dardini nimaga o‘xshatadi?
A) kesishmaydigan yo‘llarga B) yo‘l azobiga
C) quyosh nuriga D) qaynar buloqqa
14. Asqad Muxtor qaysi she’rining uchinchi bandida «ochilmagan
qo‘riq, noma’lum yulduzni o‘zining ulushi» deb biladi?
A) «Tug‘ilish» B) «Yo‘l» C) «Bir tup o‘rik» D) «Yulduzim»
15. Asqad Muxtorning qaysi she’rida bir qo‘li mayib ota obrazi bor?
A) «Yo‘l» B) «Tug‘ilish» C) «Yulduzim» D) «O‘zimniki emas bu umr…»
16. Asqad Muxtorning qaysi she’rida «Bir kun uyda o‘ltirib qolsam, Hayot go‘yo chetlab o‘tadi» misralari orqali lirik qahramonning hayotga munosabati aks ettiriladi? A) «Yo‘l» B) «Tug‘ilish» C) «Yulduzim» D) «Bir tup o‘rik»
17. Asqad Muxtorning qaysi she’rida «Yerdan hovur ko‘tarildi, xuddi Qimirlagan kabi zimdan ildizlar» misralari uchraydi?
A) «Yo‘l» B) «Tug‘ilish» C) «Yulduzim» D) «Bir tup o‘rik»
18. Asqad Muxtorning «Bir tup o‘rik» she’rida o‘rik qaysi obraz
bilan do‘st tutinadi?
A) quyosh bilan B) bog‘bon bilan C) bulbul bilan D) ko‘lanka bilan
19. Quyidagi parcha Asqad Muxtorning qaysi she’ridan olingan?
Do'stlaringiz bilan baham: |