«Ko‘rganing – seniki», – der edi bobom,
Ellarni, dillarni kerak ko‘rishim.
Ochilmagan qo‘riq, noma’lum yulduz
Bari-bari – mening ulushim».
A) «Yo‘l» B) «Tug‘ilish» C) «Yulduzim» D) «Bir tup o‘rik»
20. Asqad Muxtor qaysi she’rida oq choyshabda jilmayib yotgan
jahonning umidi to‘g‘risida mulohaza qiladi?
A) «Yo‘l» B) «Tug‘ilish»
C) «Yulduzim» D) «O‘zimniki emas bu umr»
21. Shoirning fikri va ichki kechinmalari ifodasi bo‘lib, ma’lum
tartibga solingan ritmik nutq nima deyiladi?
A) she’r B) radif C) qofiya D) vazn
22. Ijodkorning qalbida ma’lum bir voqea-hodisaga nisbatan paydo bo‘lgan munosabat nima deyiladi?
A) she’r B) ichki kechinma C) she’riy tizim D) vazn
23. Adabiyotshunoslik ilmida she’rning o‘lchamli nutq holida bayon etilishi, nutqning qolipga, o‘lchamga solinishi nima deb ataladi?
A) vazn B) ichki kechinma C) she’riy tizim D) A va C
24. She’riyatimizda, asosan, nechta vazn qo‘llanib kelingan?
A) 3 ta: barmoq, aruz, erkin vaznlar
B) 3 ta: barmoq, aruz, oq she’r vaznlari
C) 2 ta: barmoq va erkin vaznlar
D) 4 ta: barmoq, aruz, erkin va sarbast vaznlar
25. O‘zbek she’riyatida eng ko‘p o‘rin egallaydigan qaysi vaznda
misralardagi bo‘g‘inlar miqdori asosiy o‘lchov hisoblanadi?
A) barmoq B) aruz C) erkin D) sarbast
26. Qaysi vaznda misralardagi bo‘g‘inlar soni bir xil miqdorda takrorlanadi va bir xil guruhlanadi, biroq bo‘g‘inlarning sifati, ya’ni ochiq-yopiqligi, uzun-qisqaligi muhim sanalmaydi?
A) barmoq B) aruz C) erkin D) sarbast
27. O‘zbek she’riyatiga arab va fors she’riyatidan kirib kelgan qaysi tizimda misralardagi hijolarning qat’iy miqdori va guruhlanishidan tashqari sifati, ya’ni qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziqligi ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi? A) aruz B) barmoq C) sarbast D) erkin
28. Hozirgi o‘zbek she’riyatiga xos vaznlardan qaysi birida bir o‘lchamdan boshqasiga erkin o‘tib ketilaveradi, unda na bo‘g‘inlar va na turoqlar sonining bir xilligiga rioya qilinadi? A) aruz B) erkin C) barmoq D) qo‘shma vazn
29. Barmoq she’r tizimida necha xil vazn bor?
A) 2 ta: sodda vazn va qo‘shma vazn B) 2 ta: murakkab va qo‘shma vazn
C) 3 ta: sodda, murakkab va qo‘shma vazn D) 3 ta: sodda, qo‘shma va sarbast
30. Agar she’rning boshidan oxirigacha misralardagi bo‘g‘inlar miqdori bir xil bo‘lsa, qanday vazn hisoblanadi?
A) qo‘shma vazn B) sodda vazn C) murakkab vazn D) sarbast vazn
31. Agar misralardagi bo‘g‘inlar miqdori ikki xil ko‘rinishda bo‘lsa, qanday vazn hisoblanadi?
A) qo‘shma vazn B) sodda vazn C) murakkab vazn D) sarbast vazn
32. She’rda barcha toq misralardagi bo‘g‘inlar miqdori bir xil va barcha juft misralardagi bo‘g‘inlar miqdori boshqacha xil ko‘rinishga ega bo‘lsa, qaysi vaznga misol bo‘ladi?
A) qo‘shma vazn B) sodda vazn C) aruz vazni D) murakkab vazn
33. Quyidagi she’r misralaridagi bo‘g‘inlar miqdoriga ko‘ra qaysi
vaznga kiradi?
Qani, ayt, maqsading nimadir sening?
Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang?
Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim,
Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am?
A) sodda vazn B) qo‘shma vazn C) murakkab vazn D) aruz vazni
34. Mirtemirning quyidagi she’ri misralardagi bo‘g‘inlar miqdoriga
ko‘ra qaysi vaznga kiradi?
Alisherga alla aytib uxlatgan
Sen – ona.
Og‘ushida Bobur kamolga yetgan
Sen – ona.
A) sodda vazn B) qo‘shma vazn C) murakkab vazn D) aruz vazni
35. Erkin Vohidovning quyidagi «Majnuntol» she’ri qaysi vaznga misol bo‘la oladi? A) sodda vazn B) qo‘shma vazn C) aruz vazni D) erkin vazn
Qubbon sohilida qomating bukib,
Oltin barglaringni ko‘l uzra to‘kib,
Do'stlaringiz bilan baham: |