Antoserotasimonlar - Anthoserotopsida
Poya-bargli yo’sinlar - Bryopsida
Jigarsimon yo’sinlar - Hepaticopsida yoki Marchantiopsida sinfi
Bu sinfga 300 yaqin turkum va 600 dan ortiq tur kiradi. Ularning ko’pchiligi tropikda tarqalgan bo’lib, sernam tuproqda, ayrimlari esa suvda uchraydi.
Jigarsimon yo’sinlar sinfining vakillari vegetative, jinsiy va jinssiz yo’llar bilan ko’payadi. Hozirgi klassifikasiyaga ko’ra Jigarsimon yo’sinlar sinfi 2 ta sinfchaga bo’linadi:
1. Marshansiyakabilar - Marchantiidae
2. Yungermaniyakabilar - Jungermanniidae
Birinchi sinfcha sferakarpnamolar - Sphaerocarpales va marshansiyanamolar - Marchantiales, ikkinchi sinfcha esa uchta qabilaga bo’linadi:
metutsiyanamolar – Metutseriales:
xaploitriyanamolar - Haploitriales:
yungermaniyanamolar - Jungermaniales.
Umumiy tushunchalar. Marshansiyakabilar-Marshansidae sinfcha (ajdodchasi).
Bu sinfchaga 3500 dan ortiq tur kirib, ularni turli ekologik sharoit-larda uchratish mumkin.
Marshansiyanamolar - Marchanteales qabilasi.
Bu qabilaga Marshansiyadoshlar oilasi kirib, oilaning keng tarqalgan vakili oddiy mavshansiyadlr - Marchantia polymorpha.
Bu tur o’ta zax joylarda, buloqlarning atrofida, sharsharalarning quyi qismida, daryo va fko’llarning qirg’oqlarida, o’rmonlarda, botqoqliklarda uchraydi. U yer bag’irlab o’sadigan serbargina dixotomik ravishda shoxlangan tallomdan iborat. Tallomning ostki tomonida ikki xil oddiy va tilsimon rizoidlar bo’ladi. Ularning vazifasi tallomni tuproqqa biriktirib turish va zarur bo’igan ozuqa moddalarni yetkazishdan iborat. Marshantsiya vegetativ yo’l bilan ko’payganda, tallomning ustki yuzasida mayda dumaloq savatchalar hosil bo’ladi. Savatchalarning ichki tomonining pastki yuzasida ko’payish kurtak-lari joy olgan. Kurtaklar yomg’ir tomchilarining qattiq ta’sir etishi natijasida savatchalardan ajralib, qulay sharoitga tushganda o’sib, yangi tallomni hosil qiladi; jinsiy yo’l bilan ko’payish bahor oyining oxirlariga to’g’ri keladi. Bu vaqtda tallomda alohida anteridiyli va arxegoniyli tirgovuchlar yetishadi. Anteridiyli tirgovuch ikki qismdan, ya'ni cheti qisman bo’laklarga ajralgan lappak va banddan iborat. Anteridiy ellipssimon tuzilishga ega bo’lib, kalta banddan iborat. Ikki xivchinli spermatazoidlar ana shu anteriydagi spermagen hujayralar-danhosil bo’lib, keyinchalik tashqariga chiqadi. Arxegoniyli tirgovchi shaklan ko’p shu'lali yulduzga o’xshash tanacha va banddan iborat. Har bir arxegoniy tuzilishi kolbachaga o’xshagan bo’lib. qavarib tur-gan pastki qismida, ya'ni qorinchasida tuxum hujayrayetiladi. Uning ustki tor qismi ingichkalashib, bo’yinchani hosil qiladi. Bo’yinchadan kanal o’tadi. Arxegoniy yetilgan vaqtda, bo’yin qismining uchi ochiladi va undagi kanalcha hujayralari shilimshiq modda ishlab chiqarib, kanalning ichini to’ldiradi. Ayni shu vaqtda, anteridiyda yetilgan ikki xivchinli spermatozoidlar tashqariga chiqib, suv tomchilari bilan arxegoniylarga kelib tushadi. Kelib tushgan spermatozoidlar kanal orqali tuxum hujayraga yetib kelib qo’shiladi va natijada otalanish sodir bo’ladi. Otalangan tuxum hujayradan jinssiz sporogoniy hosil bo’ladi. Yetilgan sporogoniy qisqa band va ko’sakchadan iborat. Ko’sakchada sporalar bilan prujinachalar yoki elateralar rivojlanadi. Sporalar yetilgandan so’ng, ko’sakcha yuqori tomonidan yoriladi va bir necha spora va prujinachalar tashqariga sochiladi. Sporalarning tarqalishiga, asosan, prujinachalar yordam beradi. Spora qulay sharoitga tushgandan keyin o’sa boshlaydi. Dastlab u protonema ipini, keyinchalik plastinkachalarga aylanib, yangi marshansiya o’simligi tallonini hosil qiladi (2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |