Topshiriqlar va ishni bajarish tartibi
1. Oddiy marshansiyaning tirik, fiksirlangan yoki gerbariy materiallaridan foydalanib. lupa yordamida tashqi tuzilishini ko’zdan kechiring. Tallomning shoxlanishi, rizoidlarni. amfigastriyalarni, anteridiyli va arxegoniyli tirgovuchlarni chizib oling.
2. Vegetativ ko’payish uchun xizmat qiladigan organ - savatchalarga e'tibor bering va ularda joylashgan kurtaklarni nina yordamida ajratib, mikroskop ostida ko’ring va chizib oling.
3. Jinsiy ko’payish organlari — anteridiy va arxegoniylaming tirgovuchlarda joylashgan o’rni bilan tanishing. Anteridiy qismidan kesma tayyorlab, mikroskop ostida ko’ring va chizib oling.
4. Yetilgan sporogoniyning tuzilishi bilan tanishing. Ko’sakchada rivojlangan spora va elateralarni preparatlardan foydalanib, mikroskop ostida kuzating uiarning shaklirii chizing.
2 - rasm. Oddiy marshansiya - Marchantia polymorpha:1 - savatcha, 2-arxegoniy, 3 - sporagon, 4 - sporalar va elatera, 5, 6 - tallomning mikroskopik ko’rinishi, 7 - anteridiy, 8 - anteridiyning ko’ndalang ko’rinishi 9 - arxegoniyning bo’yiga ko’rinishi
Umumiy tushunchalar. Yungermaniyakabilar - Jungermaniidae sinfcha (ajdodcha) si
Bu sinfchaga 250 turkum va 5 mingdan ziyod tur kirib, ularning ko’pchiligi tropik va subtropik zonalarda tarqalgan. Ayrim vakillari esa epifit va epifil holda uchraydi.
Yungermaniyanamolar - Jitngermaniales qabilasi. Bu qabilaga 195 turkum va 8000 ga yaqin tur kiradi. Tuban vakiilarining tallomi dixotomikravishda shoxiangan bo’lib, yer bag’irlab yotadi. Yuqori darajali vakillari esa poya va bargli boiadi. Anteridiy bilan arxegoniylar to’g’ridan-to’g’ri tallom bilan shoxlarda joylashgan, maxsus tirgovuchlar hosil bo’lmaydi. Chanoqlarda sporalar va prujinachalar yuzaga keladi. Bu qabilaga misol qilib sodda tuzilgan pelliyani olamiz. Murakkab tuzilgan turiga poya-bargli vakillardan xilossifusni olamiz.
Pelliya (Pellia epiphylla) yer bag’irlab yotadigan ingichka lentasimon tallomlar hosil qiladi; bu tallomlar birmuncha ko’p shoxlangan boiadi. Tallomning pastki yuzasidan ko’pgina rizoidlar o’sib chiqib, tallomni yerga biriktirib turadi va suv bilan ta'minlaydi. Tallom nihoyat darajada sodda tuzilgan: u bir-biri bilan mahkam yopishgan parenximatik hujayralardan tashkil topgan. Jinsiy organlar - anteridiy bilan arxegoniyiar to’g’ridan-to’g’ri tallomning ustki tomonida turadi. Anteridiy va arxegoniylar yomg’ir yog’ganda yoki ko’p shudring tushganda ochiladi va otalanadi. Anteridiy uchidan yorilib, spermatozoidlar suvga tushadi. Spermatozoidlar suv bilan arxegoniylarga oqib boradi va kanalcha hujayralaridan hosil bo’lgan shilimshiqqa to’lgan bo’yin kanalidan qorinchaga tushadi. Qorin-chada spermatozoidlarning biri iuxum hujayrasiga qo’shiladi va uni otalantiradi. Otalangan tuxum hujayrasi shu ondayoq bo’lina boshlaydi va sporogoniy hosil qiladi. Yetilgan sporogoniy chanoqcha (kurtak) va yaxshi taraqqiy etgan banddan iborat. Chanoqchada spora va pruji-nachalar taraqqiy qiladi. Sporogoniy avval tallom chuqurchasidaturib, arxegoniy qorin qismi devorining o'sishidan hosil bo’lgan qalpoqcha bilan o’ralgan boiadi. U shu holda qishlab qoladi.
Bahorda sporogoniy bandi tez orada juda tez cho’ziladi. shunga ko’ra chanoqcha qalpoqchani yirtib, tallom ustidan ko’tarilib chiqadi
Shundan keyin, chanoqcha devorchasi to’rt pallaga yorilib, sporalar sochiladi. Ular qulay sharoitga tushgandan keyin unib, yangi pelliya tallomi hosil bo’ladi.
Poyabargli vakillaridan Xilossifus {Chiloscyphus polyanhus)dir. Uning yer bag'irlab o’sgan nozikkina. ingichka poyasi bor. Poyada juda qiyshiq bo’lib chiqqan dumaloq barg ikki qator bo’lib joylash-gan, bular orqa barglaridir. Anteridiy bilan arxegoniyiar har xil o’simlikda, kalta-kalta shoxlarda hosil bo’ladi. Sporogoniysi xuddi pelliyadagidek, yaxshi taraqqiy qilgan banddan va chanoqdan iborat. Bu chanoqchada spora va prujinachalar hosil bo’ladi. Chanoqcha to’rt pallaga ajralib, sporalari sochiladi. Sporalardan yana xilostsifus o’simligi o’sib chiqadi. Shu o’simlik gametofit bo’Iadi, sporofit esa sporogoniydan yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |