1 – 2-laboratoriya ishlari
Mavzu: Tizimning sinflanishi
Ishdan maqsad: tizim, uning hususiyatlari klassifikatsiyasiga ko‘ra sun’iy va tab’iy tizimlar sinflanishiga ko‘ra oddiy va murakkab tizimlar uning tashkil etuvchilari va tizim hususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
Amaliy ishni bajarish uchun ko‘rsatma
Talaba o‘zi uchun birorta tizim tanlab olishi kerak. Bu tizimni funksiyalarini o‘rganib, qolgan talabalarga bu tizimni batafsil yoritib berish kerak. Quyida biz tizimni misol sifatida keltirib o‘tamiz. Yil fasllarining sinflanishi. Bir yilda to‘rt fasl almashinadi. Bu almashinish tizimi murakkab tizim hisoblanadi. Biz bu tizimni toshbaqa ko‘rinishida tasvirladik. Chizmada toshbaqaning oldinga yurishi xuddi yilning o‘tishini ifodalaydi. Uning to‘rtta oyoqlari esa bir yilda mavjud bo‘lgan to‘rtta faslni bildiradi.
- Bahor;
- Yoz;
- Kuz;
- Qish;
Fasllardagi oylarni esa har bir oyoq barmoqlarida tasvirladik.
Bahor: Mart, Aprel, May.
Yoz: Iyun, Iyul, Avgust.
Kuz: Sentabr, Oktabr, Noyabr.
Qish: Dekabr, Yanvar, Fevral
Nazariy qism:
Tizim – bir vaqtning o‘zida yagona obyekt hamda maqsadga erishish usgun to‘plam elementlari yig‘indisi sifatida tushuniladi. Axborot tizimi tushunchasi Tizim tushunchasi juda xam keng tarqalgan termin bo‘lib, juda xam ko‘p ma’noni anglatadi. Ko‘p xollarda texnika vositalari va dasturlari yig‘indisiga “TIZIM” deb ataladi. Tizim tushunchasiga “axborot” so‘zini qo‘shsak u holda “tizimning” yaratilish maqsadi va ishlash prinsipi tushuniladi. Axborot tizimi foydalanuvchilarga istalgan muxitdagi axborotlarni saqlash, qayta ishlash, qidirish imkonini yaratadi. Axborot tizimi deb oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish metodlari va vositalari yig‘indisiga aytiladi.
Sinf – bu umumiy belgilarga ega obyektlar birlashmasidir.
Tizim bilan bog‘liq barcha tushunchalarni mantiqan sinflarga ajratish qoidalarini hisobga olgan holda mavjud tasniflashni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, tasniflashga qo‘yiladigan quyidagi talablarni ko‘rishimiz mumkin:
—bir tasniflashda asos 1ta bo‘lishi lozim;
—sinflashtirilayotgan elementlar soni barcha hosil qilingan sinf- lardagi elementlar soniga teng bo‘lishi lozim;
—hosil qilingan sinflar bir-biri bilan kesishmaydigan bo‘lishi zarur;
—qism sinflarga ajratish (ko‘p pog‘onali tasniflashda) uzluksiz olib borilishi kerak, ya’ni iyerarxiyaning bir pog‘onasidan 2-siga o‘tish chog‘ida keyingi tadqiq etish ob’ekti sifatida sinfning iyerarxik tuzilishiga eng yaqin tizimni olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |