Mavzu: Kodlarni aylantirish
Reja:
Axborotlarni kodlash tushunchasi
Turli xil kodlash usullari
ASCII va boshqa kodlash usullari
1. Inson axborotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash qulay hamda qisqa ko‘rinishda bo‘lishi uchun turli belgilashlardan foydalanadi. Bunga tovushlarni harf va raqamlar orqali, musiqa tovushlarini
notalar orqali, matematik, fizik, biologik qonuniyatlarni formulalar
orqali ifodalanishini misol qilish mumkin. Kodlash – axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo‘lishi uchun ularni aniq bir Axborotlarni kodlash jarayonida har bir belgiga bitta kod, ya’ni
belgi yoki belgilar ketmaketligi mos qo‘yiladi. Kodlangan axborotni
birlamchi ko‘rinishiga o‘tkazish dekodlash deb ataladi. dalar asosida boshqa ko‘rinishga o‘tkazishdir. Kodlashda belgiga mos qo‘yilgan kod uzunligi turlicha bo‘lsa, notekis kodlash usuli, belgiga mos qo‘yilgan kod uzunligi bir xil bo‘lsa, tekis kodlash usuli deyiladi. Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo‘lishi uchun emas, balki axborotni sir saqlash uchun ham qo‘llanilgan. Kodlashning bu ko‘rinishi shifrlash deb ataladi. Shifrlangan axborotni birlamchi ko‘rinishiga o‘tkazish deshifrlash deb ataladi. Qadimda axborotlarni kofdlash - Hayotda axborotni kodlashning ko‘pdan ko‘p usullari mavjud. Birinchi kodlashni qo‘llagan inson Qadimgi Gretsiyaning sarkardasi Lisandro hisoblanadi. U axborotni mahfiy saqlash, ya’ni kodlash uchun ma’lum bir qalinlikdagi «Ssital» tayoqchasini o‘ylab topgan. Kodlashning bu usuli o‘rin almashtirish usuli deb ataladi. Qadimgi Rim imperatori Yuliy Sezar ham axborotning mahfiyligini saqlash uchun matnni kodlash usulini o‘ylab topgan. «Sezar shifri»da matndagi harf alifboda o‘zidan keyin kelgan uchinchi harfga almashtiriladi. Bunda alifbo doiraviy yozilgan hisoblanadi. Bu kodlash usuliga alifboni surish usuli deyiladi. Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin. Ssital va Sezar usullari tekis kodlash usuliga misol bo‘ladi.
2. Semyuel Morze 1837yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838 yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab bchiqqan. Unda harf va raqamlarga nuqta va tirelarning maxsus ketmaketligi kod sifatida mos qo‘yiladi, ya’ni axborot quyidagi uchta belgi yordamida kodlanadi: «uzun signal» (tire yordamida ifodalanadi), «qisqa signal» (nuqta yordamida ifodalanadi), «signalsiz»
(bo‘shliq, pauza bilan ifodalanadi).
3 . ASCII (inglizcha: American Standard Code for Information Interchange) — bosma belgilar va boshqa maxsus kodlar uchun Amerika Qoʻshma Shtatlari standart kodlash jadvali. Ingliz tilining amerika variantida [esqi] shaklida aytiladi, Buyuk Britaniyada esa [asqi] shaklida koʻproq aytiladi; oʻzbekchada ham [asqi] shaklida aytiladi.
ASCII oʻnlik sonlar, lotin va milliy alifbolar, tinish belgilari va boshqaruvchi belgilarni
tasvirlovchi kodlashlarni oʻz ichiga oladi. Dastlab 7-bitlik qilib yaratilgan, keyinchalik 8-bitlik baytga oʻtkazilgan ASCII 8-bitlikning yarmi deb qabul qilina boshlandi. Komputerlarda odatda 8-bit va kod jadvalining ikkinchi yarmi bilan ishlangan ASCII kengaytmasi foydalaniladi (masalan KOI-8).
Do'stlaringiz bilan baham: |