C — kiyim-kechaklar, birlik
27-chizma. Tovarlar almashinuvi me’yorining grafikda ko‘rinishi.
Bunday holatlarda iste’molchi bir xil tovar turlarini o‘z ichiga olgan iste’moldagi tovarlar to'plamining mutanosibhkda bo’lishini xohlaydi.
Iste’molchilarni qoniqtiradigan, ularning talabiga mos keladigan holatni ifodalash shartlaridan bin — boshqa bir qancha tovarlardan voz kechib, o‘rniga boshqa bir tovarni xarid qUish yoki tanlashning pirovard me’yori (normasi) MRSning kam bo‘lishi hisoblanadi.1
MRS - vertikal o'qqa tushirilgan tovarlar miqdori bo'lib, iste’molchi gorizantal o‘qdagi tovardan bir birlik olishi uchun undan voz kechadi.
C — kiyim-kechaklar miqdori;
F - oziq-ovqatlar miqdori;
ДС — kiyim-boshlardagi o‘zgarish;
ДҒ - oziq-ovqatlar miqdoridagi o‘zgarish;
ДС/ДҒ — tovar o‘rnini almashtirishning pirovard me’yori.
Yuqoridagi chizmadan A dan В nuqta tomon oziq-ovqat mahsu- lotlarini tanlab olish uchun harakat qilib borilsa, oziq-ovqat mahsulotlari F ning miqdori MRS kiyim-boshlar S 6 birlikka kamayadi: ДС/ДҒ=— (—6)/l =6. Lekin В nuqtadagi tovarlar to‘plamidan C ga qarab surilsa, MRS 4 birlikkacha kamayadi. C va D nuqtalami taqqoslab MRS ning D nuqtada 2 ga tengligini ko‘rish mumkin. D nuqtadan E nuqtaga surilganda MRS ning birga tengligi ma’lum bo'ladi.
Bunda oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish ko‘paygan sari befarqlik egri chizig‘i egilish burchagining absolyut miqdori va MRS ham kamayadi. Natijada befarqlik egri chizig'i ichkariga botgan (yoki tashqariga bo'rtib chiqqan) bo‘ladi.
Befarqlik egri chizig‘i shakllari bir tovami ikkinchisiga almashtirish xohishi turli darajada ekanligini ko‘rsatadi. 28-chizmada ikki kishining befarqlik chizig‘i keltiriladi.
Sharballar Sharballar
28 a-chizmadagi 0‘tkiming befarqlik egri chizig’i uni sharbat iste’mol qilishga befarqligini va ko‘proq alkogolsiz ichimliklami (mineral suv, koka- kola va boshqalami) yoqtirishini ko‘rsatib turibdi.
28-chizma. Tovar yoqtirishdagi individual farqlar.
123
Sharbatning borligi, ko‘pligi 0‘tkirning alkogolsiz ichimliklarni (mineral suv, koka-kola va shunga o‘xshashlarni) iste’mol qilishiga unchalik ta’sir etmaydi. 0‘tkir sharbatga ko‘proq o‘rin beradi, uning borligiga, iste’Ynol qilishga befarq qaraydi. 0‘tkirning befarqlik egri chizig‘i sok o'rniga alkogolsiz ichimlik ichishning pirovard normasining, me’yorining nisbatan pasayib, yo‘qolib borayotganini ko‘rsatadi (28 a-chizma).
28 6-chizmada Ahmadning alkogolsiz ichimlikning o‘rniga nisbatan ko‘proq sharbatlarni ma’qul ko'rish me’yorining yuqori ekanligini ko'rish mumkin. 0‘tkir mineral suv, qola-qolani yaxshi ko‘rsa, Ahmad sharbatlarni yaxshi koTadi. Agar mutlaqo yaxshi ko‘rmasa befarqlik egri chizig‘i to‘g‘ri vertikal holatda bo'lardi.
Iste’molchilarning qaysi xildagi, qanday fason, moda yoki sifat- dagi, modeldagi tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lib, texnika xususiyatlari yaxshi bo‘lgan mashinalarni yoki boshqa buyumlarni yoqtirishini bilish, ularning didini o'rganish yangi buyumlarni yaratishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tovar xususiyatlarini ifoda etuvchi har bir belgini hisobga olib, uni yaratish zarur. Shundagina uni ishlab chi- qaruvchilar yuqori foydaga erishishi mumkin.
Iste’molchi talabining daromadiga ko‘ra cheklanishi
Iste’molchining turli xil tovarlarga bo‘lgan munosabati uning xatti- harakatlarini to‘liq tushuntirib bera olmaydi. Turli xil tovarlar va xizmatlar bohosi yordamida, shuningdek, budjetdagi cheklanishlar alohida kishilarning tovar tanloviga ta’sir etadi.
Budjet chizig‘i
Budjet chizig‘i ma’lum bahodagi tovar miqdorini xarid qilish uchun umumiy xarajatlarning daromadga teng boMishini ko‘rsatadi.
Agar «2 xil tovar bor» deb faraz qilinsa va uni xarid qiluvchi kishining daromadi 40 dollar deb qabul qilinsa, oziq-ovqat mah- sulotining bir birligi 1 (bir) dollar, kiyim-boshlar bir donasining bahosi 2 dollar bo'lsa, 40 dollar daromadning hammasi kiyim xarid qilish uchun sarflansa, u holda kishi eng ko‘pi bilan 20 birlik A turdagi tovardan xarid qilishi mumkin. Buni 6-jadval ma’lumotlari ko‘rsatadi. В, C va D assortimenti (navi) dagi tovarlar to‘plami 40 dollar daromadni sarf qilish imkoniyatlarini koTsatadi (29-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |