2005-yilning real bahosi = ^OOO^yildagijTB x[980-y joriy baho 1980-yildagi 1TBI
Demak, iste’molchini bir qarorga kelishida tovarlarning hozirgi absolyut (mutlaq) bahosi emas, aksincha baho nisbatining o‘zgarishi muhim ahamiyatga ega.
Bozor tizimi va infratuzilmasi — moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning muhim sharti
Ijtimoiy ishlab chiqarishga bozorlar tizimi xizmat qiladi. Bular: tovarlar va xizmat ko'rsatish bozori, ishchi kuchi bozori, ssuda kapitali bozori. Hozirda kapitalning aksionerlik shakllari rivojlanishi bilan qimmatbaho qog'ozlar bozori tashkil etilmoqda. Ular sanoat kapitalini harakatga keltiradi. Bozor kapitalining harakat qilish mexanizmiga markazdan ajratiladigan kapital mablag‘lari; o‘z-o‘zini moliyalashtirish; bankdan olinadigan ssuda; aksionerlik jamiyatlari orqali pul mablag‘larini jalb qilish kiradi. Fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi sharoitida patentlar va Iisenziyalar, shuningdek, xizmat bozorlari rivojlanib bormoqda. Ssuda kapitali bozorida vaqtincha bo‘sh turgan pul kapitali, aholining shaxsiy jamg‘armalarining bir qismi akkumulyatsiya qilinadi va ular ssuda kapitaliga aylanadi. Pul va qimmatbaho qog‘ozlar bilan savdo qilish jarayonida davlat yoki alohida shaxslar, kommersiya tashkilotlarining talablari qondiriladi. Ssuda kapitali bozori qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit berish bozorini o‘z ichiga oladi. Qimmatbaho qog‘ozlar bozori — bu fond birjalari, qimmatbaho qog'ozlar, qarzni to‘lash bo'yicha majbu- riyatlar hisoblanadi. Ularning ichida eng ko‘proq tarqalgani aksiya. Aksiya — qimmatbaho qog‘oz bo‘lib, uning egasi korxona kapitaliga yoki aksionerlik jamiyatiga ma’lum miqdordagi pul bo‘yicha o‘z hissasini qo‘shgan bo‘ladi. Bu degani pul kapitalini ishlab chiqarishga jalb qilishdir. Bozor strukturasida uning subyekti bo‘yicha alohida tovar ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar, vositachilar va shu kishilardan tuzilgan jamoalar, ishlab chiqarish, savdo, vositachi korxonalar, turli
xil assotsiatsiya va kompaniyalar, monopolistik uyushmalar, hududiy korparatsiyalarni tashkil etuvchi jamoalar ajratiladi. Bozor sturuk- turasi lining harakat qilish va boshqarilish mexanizmini belgilaydi. Bozorga xizmat qiluvchi barcha tashkilot va korxonalar bozor infratuzulmasi deyiladi. Xuddi shu infratuzilmada bozorni boshqa- ruvchi asosiy dastaklar to'plangan. Bozor qancha ko‘p rivojlangan bo‘lsa, uning infratuzulmasi ham shuncha ko'p takomillashgan va rivojlangan bo‘ladi. Infratuzilmaning o‘zi yangi bozor munosabatlarini shakllantiradi. Infratuzilmaning tarkibi nihoyatda xilma-xil (1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |