0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot



Download 2,36 Mb.
bet28/266
Sana16.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#378371
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   266
Bozor iqtisodiyoti — faqat bozor bahosi, ya’ni erkin baho bilan nazorat qilinadigan, boshqariladigan, tartibga solinadigan iqtisodiy tizim va bozor munosabatlariga asoslangan xo‘jalik hayotining tashkil etilishi, tuzilishi va holatidir.

Bozor munosabatiari — tovar muomalasi, ya’ni pulni tovarga va tovarni pulga ayirboshlash yo'li bilan ishlab chiqamvchilarni manfa- atdorligiga asoslangan iqtisodiy munosabatlardir. Bozor munosabatiari uchun ishlab chiqaruvchilarning mustaqilligi, raqobati ularni iste’mol- ga yunaltirilishi, bahoni erkin shakllanishi xarakterlidir (xosdir)I.

Bozor iqtisodiyotining asosiy qotiuni ayirboshlash jarayonida namoyon bo'ladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, bunda tovar- larning ayirboshlash ularning foydaliligi asosida amalga oshiriladi. Agar tovarni ishlab chiqaruvchi unga tovarning qiymatidan kam mablag1 sarflagan bo‘lsa, u qo'shimcha foyda ko‘rishi mumkin. Agar ishlab chiqaruvchi korxona mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini bosliqa shunday mahsulotni ishlab chiqaruvchilarga nisbatan oshirib yuborgan bo’lsa, bunday korxona raqobat qonuniga ko’ra zarar ko‘radi. Shuning uchun ortiqcha xarajatlar hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bozorda o‘tmaydi, chunki uning narxi boshqa xuddi shunday tovarga nisbatan yuqori qo‘yilgan bo'ladi. Korxona shu tovarni bozor ko‘taradigan past narxda sotadigan bo'lsa zarar ko'radi. Ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini bozorda sotib foyda ko'rishlari uchun ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib borishlari zarur. Demak, bozor qonunlari xarajatlarning kamaytirilishini rag‘batlantiradi. Xarajatlarni kamay- tirish uchun yangi texnologiya yoki fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini topib, ishlab chiqarishga joriy etishlari zarur.

Umuman iqtisodiyot quyidagi turlarda bo‘ladi:


  1. Pozitiv iqtisodiyotga;

  2. Normativ iqtisodiyotiga;

  3. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotga;

  4. Aralash iqtisodiyotlarga bo‘linadi.

  1. Pozitiv iqtisodiyot.

U iqtisodiyotning bor bo‘lgan (bo'Iadigan) haqiqiy holatini o‘rganadi va subyektiv ravishda iqtisodiyotga baho berishdan ozoddir. Masalan, agar «ishsizlik 7%ni tashkil etdi», «boshqa sharoitlar o‘zgar- maganda agar o’qish narxi oshsa, universitetga kirib o‘qiydiganlar soni kamayadi» deb uqdirilsa, bu pozitiv fikrlash bo‘ladi. Pozitiv iqtisodiyot bilan ishlagan iqtisodchilar o'zlarini boshqa fan sohalarida ham bilag'on deb hisoblaydilar. Ayrim masalalarda ular munozara yuritib, talashib-tortishadilar. Natijada fikrlar keyingi ilmiy izlanish- larda isbotlanadi, o‘z tasdiqini topadi. Nobel mukofoti ham pozitiv iqtisodiyotdagi yutuqlar uchun beriladi.

  1. Normativ iqtisodiyot.

U subyektiv, shaxsiy fikrlashlar asosida ma’lumotlar beradi, nima bo‘lishi kerakligini ko'rsatadi. Yuqoridagi fikrni ishlatadigan bo‘lsak, bu yerda u quyidagicha bo‘ladi:

  • «Ishsizlikni kamaytirish lozim»;

  • «Universitetda o‘qish narxini arzonlashtirish kerak, shunda ko’pgina talabalar ta’lim olishi mumkin bo‘ladi».

  1. Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti.

U bunday tuzumni markazlashgan rejalashtirish yo‘li bilan barcha moddiy resurslarni ijtimoiy mulkka asoslanishi va iqtisodiy qarorlarni jamoa tomonidan qabul qilinishini ifodalaydi.

Ma’muriy buyruqbozlik ishlab chiqarish va iste’mol to‘g‘risidagi barcha qarorlar davlat tomonidan qabul qilinadi. Ma ’типу iqti- sodiyotda davlat nimani, qancha va kimga ishlab chiqarish kerakligini o‘zi hal qiladi. Resurslarni tarmoqlar o'rtasida ham davlat taqsimlaydi.



  1. Aralash iqtisodiyot.

U ma’muriy iqtisodiyotning aksi — erkin bozor iqtisodiyotidir. Erkin bozor iqtisodiyotida resurslarni taqsimlanishida davlat hech qanday rol 0‘ynamaydi. Bunday tuzumda iqtisodiy qarorlar uy xo'jaliklari, korxonalar tomonidan ularning bozordagi o’zaro aloqa- dorligi, bir-biriga ta’siri jarayonida davlat aralashuvisiz qabul qilinadi. Bozor iqtisodiyotida har bir individ, xo'jalik, o‘zining shaxsiy manfaatdorligiga asoslanadi, o‘zining turmushini yoki ishlab chiqarish ahvolini davlat aralashuvisiz yaxshilashga harakat qiladi. Aralash iqtisodiyotning mohiyati jamiyat iqtisodiy hayotini yaratish, tartibga solishning ikki xil prinsiplari, xususan, shaxsiy va umumdavlat manfaatlari, erkin bozor, raqobat, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini birgalikda va bogliq ravishda amal qilishlaridadir. Xuddi ana shunday bog‘liqlik hozirgi iqtisodiyotning yuragi hisoblangan fun­damental bog'liqlikni tashkil etadi.


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish